15 – Mavzu. Agrar munosabatlar va agrobiznes. Reja: Agrar munosabatlar va uning bozor tizimidagi xususiyatlari


Ishchi kuchi bandligi tugrisida xar xil nazariyalar


Download 398.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana08.01.2022
Hajmi398.07 Kb.
#244594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
15 Agrar munosabatlar va agro biznes

2.Ishchi kuchi bandligi tugrisida xar xil nazariyalar.  

Inson resurslari – bu zarur o„quv-farosatga, bilim va mahoratga, ishlash qobiliyati va 

malakasiga  ega  bo„lgan  jamiyat  a‟zolari,  mehnat  ahlidir,  ya‟ni  inson  resurslari 

haqiqiy va salohiyatli hodimlardan iborat. Inson resurslari moddiy ne‟matlarni ham 

ishlab  chiqaruvchi  ham  iste‟molchisi  hisoblanadi.  Ularning  jinsi,  ijtimoiy  kelib 

chiqishi,yoshi,oilaviy ahvoli, ma‟lumot darajasi, mehnat layoqati singari o„ziga xos 

ko„rsatkichlar  ular  orasidagi  tafovutni  belgilaydi.  Shu  o„rinda  inson  resurslarining 

iqtisodiy rivojlanish omillari sifatidagi o„rniga alohida e‟tibor qaratish lozim. 

Ishchi  kuchi  –  insonning  qobiliyatlar  va  sifatlar  egasi  ekanligini  ifodalab, 

mehnat  jarayonida  faol  ishtirok  etadi.  Olimlarning  fikricha  ishchi  kuchi  tovarlar 

ishlab  chiqarish  yoki  xizmatlar  ko„rsatishdan  iborat  mehnat  jarayonida  inson 

tomondan  foydalaniladigan  o„z  jismoniy  va  ma‟naviy  salohiyatidir.  Boshqacha 

qilib aytganda ish kuchi shaxsning mehnat qilish va ne‟matlar yaratish layoqatidir

1



Mehnat  resurslari  -  mehnatga  qobiliyat  yig„indisi  bo„lib,  ular  moddiy  boylik 

ishlab chiqaradi va xizmatlar ko„rsatadi. 

Xalqaro Mehnat Tashkilotining tavsifi bo„yicha mehnat resurslari mehnatga 

layoqatli  yoshda  bo„lgan  mehnatga  layoqatli  aholi  hamda  mehnatga  layoqatli 

yoshdan  tashqari  yoshda  (pensionerlar  va  o„smirlar)  mehnat  qilayotgan 

shaxslarning yig„indisidir

2

.  


                                                           

1

  Экономєка  труда  (соцєально-трудовые  отношенєя)    //  Под.ред.Абдурахманова  К.Х.,  Волгєна  Н.А.  є 



Одегова Ю.Г. –М.: «Экѓамен», 2006. -С. 33-34. 

2

Утєнова С.С. Методологєческєе подходы к аналєѓу проблем ѓанятостє є рынка труда // -М.: Ж.Вопросы 



статєстєкє. 2003. № 7. - С. 34. 


Inson  kapitali  tushunchasi  esa  insonning  o„z  bilimlarini  amalga  oshirish 

ob‟ekti  sifatida  o„z  intellektual  bilimlari  orqali  ishlab  chiqarishning  rivojlanishini 

ruyobga chiqaruvchisi hisoblanadi. 

Insonlarni boshqarish  korxona va tashkilotlarni boshqarishning tarkibiy  qismi 

bo„lib, tabiiy va moddiy resurslarni boshqarish bilan bir o„rinda belgilanadi. Inson 

resurslarini boshqarish quyidagi usullar orqali farqlanadi: 

insonlar  intellektga  (aql-idrokka)  ega  bo„lib,  ularning  tashqi  muhit  reaksiyasi 

hissiy-o„ylangan,  anglab  etilgan  reaksiyadir.  Inson  va  tashkilot  o„rtasidagi  o„zaro 

ta‟sir ko„rsatish jarayoni ikki tomonlama o„rganiladi; 

insonlar doimo takomillashib, rivojlanib borib kasbiy ko„nikmalarini oshiradi, 

ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko„rsatish  ob‟ektlari  esa    uning  kasbiy  layoqati 

takomillashib borishidan manfaatdor bo„ladi. 

Inson resurslarini boshqarish nazariyasi dastlab merkantilistlar, fiziokratlar va 

klassik  maktabi  vakillarining  nazariyalarida  bayon  qilingan.  Merkantilizm 

g„oyaviy  oqimi  tarafadorlari  odamlarning,  jamiyatning  boyligi  puldan,  oltindan 

iborat,  boylik  savdoda,  asosan  tashqi  savdoda  –  muomala  jarayonida  paydo 

bo„ladi,  ko„payadi,  savdoda  band  bo„lgan  mehnat  unumli  mehnat,  boshqa 

mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntirib keldilar. Keyinchalik ayirboshlash, ya‟ni 

savdo  jarayonida  hech  qanday  boylik  yaratilmasligi,  qiymatning  ko„paymasligi 

ma‟lum  bo„lib  qoldi.  Faqat  ayriboshlashning  ekvalentlik  tartibi,  ya‟ni  teng 

mehnatga  teng  boylik  muvozanati  buzilgan  taqdirda  boylik  birovlar  foydasiga 

qayta  taqsimlanadi,  natijada  kimdir  boyib,  kimdir  xonavayron  bo„lib  boradi  deb 

ta‟kidlaganlar.  

Fiziokratlar  maktabi  vakillari  esa  boylik  qishloq  xo„jaligida  yaratiladi  va 

ko„payadi, degan g„oyani olg„a surdilar. Ularning vakili bo„lgan F.Kene mashhur 

«Iqtisodiy  jadval»  asarini  (1758)  yozdi  va  unda  fiziokratizm  maktabi  asoslarini 

yaratdi.  F.Kenening  ta‟limotida  sof  mahsulot  nazariyasi  markaziy  o„rin  egallaydi. 

Uning  fikricha

3

,  yalpi  ijtimoiy  mahsulot va  ishlab  chiqarish xarajatlari o„rtasidagi 



farq  sof  mahsulot  hisoblangan.  F.Kene  sof  mahsulot  bilan  qo„shimcha  qiymatni 

chalkashtirib,  ikkalasini  aynan  bir  narsa  deb  tushunadi.  U  qo„shimcha  qiymat 

dehqonlarning qo„shimcha mehnati samarasi sifatida yuzaga keladi deb izohlaydi, 

ayrim  joylarda  esa  qo„shimcha  qiymatni  tabiatning  sof  hadyasi  deb  qarab,  uni 

yaratishda  tabiat  ham  ishtirok  etadi,  deb  tushuntiradi.  Fiziokratlarning  ta‟limoti 

bo„yicha  qishloq  xo„jaligida  band  bo„lgan  mehnat  birdan-bir  unumli  mehnat  deb 

hisoblanib, boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz mehnat deb hisoblangan. 

Keyingi  maktab  vakillari  klassik  maktab  namoyondalari  bo„lmish  A.Smit, 

U.Petti,  D.Rikardo  kabi  atoqli  iqtisodchi  olimlar  boylik  faqatgina  qishloq 

xo„jaligidagina  emas,  balki  shu  bilan  birga  sanoat,  transport,  qurilish  va  boshqa 

xizmat  ko„rsatish  sohalarida  ham  yaratilishini  isbotlab  berdilar  va  hamma 

                                                           

3

А.Раѓѓоқов., Ш.Тошматов., Н.Фрмонов. Иқтєсодєѕ таълємотлар тарєхє. Т.: «Молєя». 2002, 147-149-бет. 



 


boylikning  onasi  yer,  otasi  mehnat,  degan  qat‟iy  ilmiy  xulosaga  keldilar.  Shuni 

aytish kerakki, A.Smitning “ko„rinmas qo„l” prinsipi hozirgi kunda juda ko„p tilga 

olinmoqda.  U  o„zining  “Xalqlar  boyligining  tabiati  va  sabablari  to„g„risida 

tadqiqot”  (1776)  degan  kitobida  insonni  faollashtiradigan  asosiy  rag„bat  xususiy 

manfaatdir  deb  ko„rsatadi.  Inson  o„z  xususiy  manfaatini  amalga  oshirishga,  ya‟ni 

foyda  olishga  intilib,  mehnat  taqsimoti  sharoitida  qandaydir  tovar  yoki  xizmat 

turini  yaratadi,  boshqalarga  etkazib  beradi,  o„z  kapitalini  ko„paytiradi  va  shu 

intilishda  o„zi  bilmagan  holda  jamiyat  taraqqiyotiga  hissa  qo„shadi  deb 

tushuntiradi. U kapital, mehnat, tovar, ishchi kuchi va boshqa resurslarning yerkin 

harakatini ta‟minlash prinsipini ilgari suradi.  

O„zbekiston    Respublikasida  iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  davrida   

tashabbuskor, bilimdon xodimlarni  shakllantirishga  ehtiyoj oshib bormoqda. Shu 

o„rinda inson  taraqqiyoti  konsepsiyasiga  ko„ra,  jamiyat  rivojlanishi  markazida 

faqatgina    oddiy    iqtisodiy    ko„rsatkichlar    emas,    balki    avvalo    inson    turishi 

kerak.    Taraqqiyotning    pirovard    maqsadi    va    samarasining    bosh    mezoni    - 

kishilarning    imkoniyatlarini    kengaytirish,    ularning    tabiiy,    jamiyatda    umum 

e‟tirof  etilgan  qadriyatlarga  mos  keladigan  ma‟naviy  va  moddiy ehtiyojlarini  

sifatli  qondirish,  yanada  yuqori  turmush  darajasiga  yerishish demakdir.  Inson  

taraqqiyoti    –    kompleks    xarakterga    ega    bo„lib,    o„z    ichigainsonning    ham  

moddiy,    ham    ma‟naviy    ehtiyojlarini    qondirishni,    uning  sog„liqqa,    ta‟lim,  

ijtimoiy  ta‟minot  olishga,  o„zini  ifoda  qilish yerkinligiga,  bugungi  va  kelgusi  

avlodlar  xavfsizligiga  bo„lgan  huquqlarini ta‟minlashni  qamrab  oladi.  Yaqqol  

ifodalangan    strategiyasiz    barqaror  ijtimoiy    taraqqiyot,    hokimiyatning    turli  

tarmoqlari    va    darajalarida  xatti-harakatlarni    muvofiqlashtirish,    resurslar    va  

kuchlarning  optimal taqsimlanishiga yerishish mumkin emas.  

O„zbekistonda    «Inson    taraqqiyoti    konsepsiyasi»    to„g„risida    to„qqizta 

ma‟ruza    e‟lon    qilingan    bo„lib,    ular    ijtimoiy    siyosat,    iqtisodiy    o„sish, 

islohotlarni  o„tkazishda  davlatning  roli,  kichik  va  o„rta  biznesni rivojlantirish,  

davlat    boshqaruvini    markazlashtirishni    cheklash,    sog„liqni  saqlash,    ta‟lim  

tizimini    rivojlantirishga    bag„ishlangan.    Inson    taraqqiyoti  haqidagi    ma‟ruza  

faqatgina    qiziqarli    statistik    ma‟lumotlarni    qamrab    olgan  ommabop    material  

emas.  Bu,  avvalo,  inson  taraqqiyoti  borasidagi  mamlakat strategiyasi amalga 

oshirilishi jarayonini aks ettiradi.  

«Inson  taraqqiyoti  konsepsiyasi  –  samarali  va  barqaror  iqtisodiy o„sishni  

ta‟minlash,    fuqaro    uchun    kafolatlarni    ta‟minlash,    shaxsning  imkoniyatlarini  

kengaytirish,    ularning    iqtisodiy,    ijtimoiy,    siyosiy    huquq  va    yerkinliklarini  

ro„yobga    chiqarish,    bugungi    va    kelgusi    avlodlarning  ma‟naviy  va  moddiy 

ehtiyojlarini qondirishdir»



4

.  


Bugungi    kunda    «aholining    barcha    toifalari    bilan    doimiy    muloqotda 

bo„lish,  fuqarolarning  qonuniy  talab  va  ehtiyojlarini  nafaqat  o„rnatish, balki  

                                                           

4Фѓбекєстон:    Барқарор    єђтємоєѕ-єқтєсодєѕ    рєвођланєшнєнг    ва    єнсон    тараққєѐтє    прєнцєпларєнє    амалга  ошєрєшнєнг    парламент    томонєдан  

таъмєнланєшє.  Фѓбекєстон  Республєкасє  Олєѕ  Мађлєсє  Сенатє. Фѓбекєстондагє БМТ Тараққєѐт дастурє. Амалєѕ қўлланма. 2011. 7- Б.

 



ularni  ta‟minlashdan  iborat»

5

. Barcha  darajadagi  davlat  hokimiyat organlarining  



inson    taraqqiyoti    borasida    belgilangan    marralarga    so„zsiz  yerishishni  

ta‟minlash    bo„yicha    O„zbekiston    Respublikasi    Vazirlar  Mahkamasining 

Birlashgan    Millatlar    Tashkilotining    Ming    yillik  O„zbekiston:    Barqaror  

ijtimoiy-iqtisodiy    rivojlanishning    va    inson    taraqqiyoti    prinsiplarini    amalga 

oshirishning    parlament    tomonidan    ta‟minlanishi.  maqsadlarini    O„zbekistonda  

amalga    oshirish    bo„yicha    qo„shimcha    chora-tadbirlar  to„g„risida”gi    maxsus  

qarori    qabul    qildi.    Qarorda    O„zbekistonda    BMT    Ming  yillik    rivojlanish  

maqsadlariga    muvofiq    aholi    turmush    darajasi    va  sifatini    izchillik    bilan  

ko„tarish    uchun    zarur    qo„shimcha    choralarni    amalga  oshirish    maqsadida  

vazirliklar,    idoralar,    hokimiyatning    markaziy    va  mahalliy    organlarining  

mamlakatda    inson    salohiyatini    muttasil  rivojlanishini    ta‟minlashga    qaratilgan  

kompleks  harakat  dasturi belgilandi

6



 



 


Download 398.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling