15 – mavzu Ta’lim jarayoniga texnologik yondashuv


 Qayta takrorlanish tamoyili


Download 312.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana08.06.2023
Hajmi312.63 Kb.
#1462565
1   2   3   4   5
Bog'liq
15 – mavzu Ta’lim jarayoniga texnologik yondashuv

7. Qayta takrorlanish tamoyili 
Qayta takrorlanish tamoyili, ma’lum fani bo‘yicha ishlab chiqilgan pedagogik texnologik 
xaritani, turli guruhlarda turdosh ta’lim muassasalarida boshqa sub’ektlar bilan ko‘p marotaba 
(takroriy) qo‘llash imkoniyatini anglatadi. 
8. Samaradorlik tamoyili 
Ushbu tamoyil, pedagogik texnologiya o‘qitishning ko‘zlangan natijalariga maqbul 
xarajatlar bilan kafolatli erishish imkoniyatini yaratishini ko‘rsatadi. O‘quv jarayonining 
samaradorligiga pedagogik texnologiyaning yuqorida bayon etilgan tamoyillari: - ilmiylik, 
loyihalanish, tizimlilik, maqsadga yo‘naltirilganlik, faoliyat yondashuvi, boshqariluvchanlik, 
qayta takrorlanuvchanlikni amalga oshirib erishiladi. 
Pedagogik jarayonda shaxsga yo’naltirilganlikning mohiyati. 
Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyaning diqqat markazida turli obrazli hayotiy 
vaziyatlarda ongli tanlashga qobiliyatli, yangi tajribalarni idrok etishga tayyor, o‘z imkoniyatlarni 
o‘zi amalga oshirishga ishtiyoqmand noyob yaxlit inson turadi. Bunday shaxsning muvafaqkiyati 
an’anaviy texnologiyadagi bilim va ijtimoiy me’yorlarni tarbiyalanuvchilarga formal uzatishdan 
farqli ravishda, erkin fikrli shaxsni shakllantirish ekanligini bildiradi. 
Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya har bir bolaning individual o‘ziga xosligi bilan 
bog‘liqlikda ta’lim va tarbiyaning metod va vositalarini izlab topishga harakat qiladi. Shaxsga 
yo‘naltirilgan texnologiya an’naviy texnologiyadagi bolaga avtoritar, mustaqilligini e’tirof 
etmagan xolda qarashga qarama-qarshi qo‘yiladi. Sevish, g‘amxo‘rlik, hamkorlik asosida shaxs 
ijodiyligi va o‘zini-o‘zi rivojlantirishi uchun sharoit yaratadi. 
Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyaning asosiy tamoyillari 

individ doimiy o‘zgaruvchan dunyoning markazida joylashadi: har bir kishi uchun 
borliqni idrok etishda shaxsiy dunyosi muhim ahamiyatga ega. Bu ichki dunyoni hech kim 
tashqaridan oxirigacha bila olishi mumkin emas; 

inson borliqni shaxsiy munosabati va tushunishi asosida idrok eta-di; 

individ o‘zini-o‘zi bilish va o‘zini-o‘zi realizatsiyalashga harakat qiladi, u o‘zini-o‘zi 
takomillashtirishda ichki imkoniyatlarga ega bo‘ladi; 

muloqot natijasida erishish mumkin bo‘lgan rivojlanish uchun zarur o‘zaro bir-birini 
tushunish; 

o‘zini-o‘zi takomillashtirish, rivojlanish muhit, boshqa odamlar bilan o‘zaro harakat 
asosida kelib chiqadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki yashirin aloqalar natijasida erishiladigan 
tashqi baho inson, uning o‘zini-o‘zi bilishi uchun juda muhim. 

Download 312.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling