15- mazvu: Diniy mutaassiblik va dindorlik. Reja


Terrorizmning tinchlik va taraqqiyotga, millatlararo munosabatlar va diniy bag‘rikenglikka tahdidi


Download 37.93 Kb.
bet2/5
Sana04.04.2023
Hajmi37.93 Kb.
#1323482
1   2   3   4   5
Bog'liq
15- Mavzu

Terrorizmning tinchlik va taraqqiyotga, millatlararo munosabatlar va diniy bag‘rikenglikka tahdidi. Terror – lotin tilidan olingan bo‘lib, qo‘rquv, dahshat degan ma'noni anglatadi.
Terrorizm – aholini qo‘rqitish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga tazyiq
o‘tkazish orqali jinoiy, siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy maqsadlarni ko‘zlash jarayonidir.
Terrorizm olamida 3 ta asosiy ko‘rinish bor:
1. Terrorchilik harakatlarining jangarilik yo‘li (qurol ishlatish yo‘li).
2. Jinoiy yo‘li.
3. Ijtimoiy-siyosiy yo‘llar bilan amalga oshirishdir.
Terrorizm so‘zi birinchi marta 1793-94 yillarda Frantsiya inqilobi davrida istifoga
kiritilgan edi. Hozirgi ma'nosidan farq qilgan holda u paytda ushbu atama ko‘proq
ijobiy ma'no kasb etgan. Terror tizimi yoki rejimi respublikaning ta'sirchan vositasi
bo‘lib, hukumatning inqilobga qarshi dahshat solishga qaratilgan sa'y-harakatlarini
jamlashga yo‘naltirilgan edi.
XIX asrning ikkinchi yarmi boshida industrial rivojlanish bilan bog‘liq ulkan
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davrda yangi mafkuraviy oqimlar paydo
bo‘ldi. Ular ta'sirida terrorizmning yangi davri vujudga kelib, bunga inqilobiy aqidalar
va davlatga qarshi qaratilgan mafkura asos qilib olindi.
Terrorchilar O‘zbekiston xalqining ham tinchligini buzdi. 1999 yilning 16 fevralь
kuni soat 10-55da Toshkent shahrida Vazirlar Mahkamasi binosi poyida va shaharning
besh joyida kuchli portlashlar yuz berdi. Bu qo‘poruvchilik xurujlari o‘nlab begunoh
kishilarning hayotiga zomin bo‘ldi, lekin bu ma'shum voqealar mamlakatimiz hayotini
izdan chiqara olmadi, xalqimiz qalbiga vahima va sarosima sololmadi. Vaqtida
ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 16 fevralь voqealarini sodir etgan bir guruh kimsalar
qo‘lga olinib tegishli jazoga hukm etildilar. Lekin terrorchilar o‘zlarining yovuz
niyatlarini amalga oshirish maqsadida yana 1999 yilning avgustida Qirg‘iziston
respublikasining Botkent viloyatida paydo bo‘lib, respublikamizning Surxondaryo va
Toshkent viloyatlarining chegara tumanlarida qurolli hujumlar uyushtirdilar. Qurolli
kuchlarimiz va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining tezkor harakatlari tufayli
tinchligimizni buzishga intilgan yovuz terrorchilar guruhi yakson qilindi.
Terrorizm xavfsizlikka va ijtimoiy–siyosiy barqarorlikka doim tahdid soladi.
Unga qarshi kurash olib borishda siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy va qolaversa
maxsus chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim.
Bu kurashning muhim elementi – bu terrorizmning oldini olishga qaratilgan
harakatlardir. Bu masala mamlakatimiz uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Chunki,
O‘zbekiston aholisi terrorizmni boshdan kechirdi.
2000 yil iyul oyining oxirlarida bir guruh terrorchilar Surxondaryo viloyatining
Sariosiyo tumaniga suqilib kirdi. Jangarilar O‘zbekistonga Tojikiston hududi orqali
kirib, baland tog‘larga joylashib qo‘poruvchilik harakatlarga tayyorgarlik ko‘rdilar va
Sariosiyoda sodir bo‘lgan xunrezliklarga sababchi bo‘ldilar. Ular O‘zbekiston islom
harakati (O‘IH) deb atagan jinoiy, terrorchilik tashkilotiga mansub bo‘lgan shaxslar
bo‘lib, milliy kelib chiqishi bo‘yicha o‘zbek, tojik, afg‘on, chechen va boshqalardir.
Terrorizm – so‘nggi yillarda siyosiy, mafkuraviy va shaxsiy jinoiy maqsadlarda
aholini qo‘rqitish hamda davlat, hokimiyat va boshqaruv organlariga ruhiy tazyiq
o‘tkazishga qaratilgan zo‘ravonlikning haddan tashqari kuchayib ketishining xavfli
ijtimoiy-siyosiy hodisasiga aylandi.
Terrorchilik harakatlari, ya'ni odamlarni garovga olish, davlat va jamoat
arboblari, diniy yoki boshqa guruhlar hamda xorijiy davlatlar va tashkilotlar
vakillarining hayotiga tahdid solish, yirik ob'ektlarni egallab olish, portlatish,
odamlarning sog‘lig‘iga, hayoti va mulkiga tahdid solish kabi harakatlar mamlakat
tinchligiga putur yetkazadi.
Mamlakatimiz hududida o‘ndan ortiq nomdagi diniy-siyosiy ekstremistik oqimlar
va harakatlar noqonuniy ravishda faoliyat ko‘rsatib keldilar. Masalan, ularning «Hizbuttahrir», «Аkromiylar», «Tablig‘», «Uzun soqol», «Vahhobiylar», «Islom lashkarlari»,
«Аdolat uyushmasi», «Tavba», «Nur» kabi norasmiy tashkilotlari mavjud.
Hanbaliya mazhabi negizida XVIII asrda Markaziy Аrabistonda vahhobiylik
oqimi paydo bo‘lgan. Bu Аrab mamlakatlari va Yaqin Sharqda tug‘ilgan islomparast
fundamentalizm bilan birgalikda diniy ekstremistik harakat-vahhobiylik nihoyatda
kuchli rivojlandi. Bu harakatni Аfg‘onistondagi «Аl-Qoida» tashkiloti moddiy
moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlaydi. Bu oqimning yo‘lboshchisi Аbd-al Vahhob
1703 yilda Аrabistonda qozi oilasida tug‘ilgan. U diniy ta'lim olgan bo‘lib, Allohdan
o‘zga ma'budning yo‘qligi, uning yagonaligini targ‘ib qildi. Vahhob avliyolar,
muqaddas ruhlar, mozorlarga sig‘inishni, zohidlikni turli tabaqalarga bo‘linishni
qoralaydi. Vahhobiylik oqimi g‘ayri-dinlarga qarshi kurash olib boradi. Аbd-al Vahhob
o‘z maqsadi yo‘lida Аngliya razvedkasi bilan hamkorlik qiladi. Vahhobiylik ta'limoti
o‘sha davrda Markaziy Аrabiston uchun qo‘l keldi.
Аmir Muhammad ibn Saud Аbd-al Vahhob bilan birlashib, uning ta'limotidan
Аrabistonni birlashtirish maqsadida foydalandi. Shundan keyin Vahhobiylar ta'limoti
keng tarqalib ketdi.
XX asrning oxirgi yillarida bu oqimning manfur g‘oyalari va targ‘ibotchilari
bizning mamlakatimizga ham kirib keldi.
«Vahhobiy»lik diniy ekstremistik oqimining ta'siri ostida vujudga kelgan
terrorchilar guruhi 1999 yil 16 fevralida Toshkent shahridagi qo‘poruvchilik
harakatlarini amalga oshirdilar.
Vahhobiylar O‘zbekistonda islom davlatini qurish uchun jihod e'lon qilib, qurolli
kuch ishlatish yo‘li bilan hokimiyatni egallashni asosiy maqsad qilib olgan edilar. Lekin
yovuz kuchlarning yovuz niyatlari amalga oshmadi.
Terrorchi oqimlarning yana biri bu Аkromiylar oqimidir. Аkromiylar – islom
ekstremistik oqimi 1950 yillarda respublikamizning Farg‘ona vodiysida vujudga kelgan.
Oqim nomi uning tashkilotchisi bo‘lgan «Mullo Аkrom» nomi bilan bog‘liq.
Аkromiylarning g‘oyasi Allohni tan olish, payg‘ambarlarni, ota-onani, har qanday
davlat boshqaruvini rad etgan holda, oqim sardoriga itoat qilishdir.
1990 yillarda namanganlik Tohir Yo‘ldoshev tomonidan «Islom lashkarlari»
nomli norasmiy tashkilotga asos solingan. Tashkilot o‘ta reaktsion va terrorchilik
xususiyatiga ega bo‘lib, ular davlat va jamiyatni islomlashtirish kabi g‘arazli
maqsadlarni amalga oshirish uchun mudhish jinoyatlarni sodir etganlar.
«Uzun soqol» diniy-ekstermistik oqimi asosan Toshkent shahri, viloyati va
Qozog‘istonning Chimkent viloyati hududidagi aholi orasida faoliyat ko‘rsatgan. Ular
odamlarni moddiy jihatdan rag‘batlantirish asosida jamiyatni islomlashtirishni ma'qul
deb hisoblaydilar.
Аyni kunlarda terrorizm illatiga qarshi jahon hamjamiyati kurashib kelmoqda,
qirqdan ortiq davlatlar «Аksilterror» xalqaro koalitsiyaga tinchlik, osoyishtalik va
bunyodkorlik yo‘lidan borayotgan xalqlar - ogohlik va havfsizlikning naqadar muhim
ekanligini chuqur anglab, terrorizmga qarshi kurashga kirishgan taraqqiyparvar
kuchlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Har bir fuqaro o‘z tinchligi va Vatani uchun ogoh bo‘lmog‘i lozim. Zero, Fitrat
aytganidek, «avval Vatan, keyin jon», demakdir.
Har bir inson shubhasizki, o‘z uyining tinchligi va saodati yo‘lida tinmay harakat
qiladi. Аna shu muqaddas tuyg‘uni endi Vatanni saqlashga safabar qilishimiz lozimdir.
Ushbu o‘rinda mamlakatimizda yo‘lga qo‘yilgan mahalla, aholining o‘z-o‘zini
boshqarish organlarining rolini kuchaytirish kerak, deb o‘ylaymiz.
Hozirgi kunda terrorizm va diniy ekstremizm xavfidan hech qaysi davlat,
jumladan, eng rivojlangan davlatlar ham kafolatlanmagan. So‘nggi paytda dunyoning
turli mamlakatlarida, xususan, Frantsiya, Turkiya, Belьgiyada yuz bergan voqealarni
kuzatar ekanmiz, keskinlik va xavf-xatarlarning tobora o‘sib, geosiyosiy qaramaqarshiliklar, o‘z ta'sir doirasini kengaytirishga qaratilgan kurash, radikalizm, terrorizm
va ekstremizm kabi tahdidlarning kuchayib borayotgani bu turdagi jinoyatlarga qarshi
kurashish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni aniqlash va ularni
bartaraf etish, terrorizm va diniy ekstremizm ko‘rinishidagi jinoyatlar sodir etilishining
oldini olish naqadar dolzarb ekanligi ma'lum bo‘ladi.
Jahon sahnasida yuz berayotgan terrorchilik harakatlari, jumladan, Iroq va
Suriyada faoliyat yuritayotgan “Iroq va Levant islom davlati” guruhi 2014 yilning 29
iyunida o‘zlari nazoratlari ostidagi hududda “Islom xalifaligi” tuzilganligini e'lon qilgan
IShID (Iroq va Shom islom davlati) islom dinidan niqob sifatida foydalanib, siyosiy va
boshqa maqsadlarda turli og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etdi. Аynan IShID
terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq bir qancha jinoyatlar sodir etayotgan diniy
ekstremistik, terroristik jinoiy uyushmadir. Terrorchi va diniy ekstremistik guruhlardan
tashkil topgan mazkur jinoiy tashkilot o‘z g‘oyalariga ergashmagan insonlarni ommaviy
ravishda o‘ldirib, aholi punktlarida hamda jamoat joylarida jangarilar tomonidan o‘z
joniga qasd qilish yo‘li bilan o‘zini portlatib, tinchlik va xavfsizlikka, insonlarning
hayoti va sog‘lig‘iga qarshi o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etmoqdalar. Birgina 2013 yilda
IShID Iroq hududida 10 mingdan ziyod terrorchilik harakatlarini sodir etib, xudkush
terrorchilar esa 80 ga yaqin portlatishni amalga oshirgan.
Terrorizm va diniy ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishni
samarali tashkil etish ushbu turdagi jinoyatlarning mohiyati, kelib chiqishi, tarkibi va
ko‘rinishlari, rivojlanish qonuniyatlari va tarixiy kelajagi haqida chuqur ilmiy
asoslangan bilimga ega bo‘lishni taqozo qiladi.
90-yillarning boshlarida O‘zbekiston Respublikasida “Hizb at-tahrir”,
“Аkromiylar”, “Tablig‘”, “Uzun soqollilar”, “Vahhobiylar”, “Аdolat uyushmasi”,
“Islom lashkarlari”, “Tavba”, “Nurchilar”, shuningdek, boshqa dinlarni o‘ziga niqob
qilib olgan missionerlar “Аvliyo Ota Munning qo‘shilgan cherkovi”, “Satanistlar”,
“Iyegova shohidlari” kabi turli nomlar bilan atalgan o‘ndan ortiq diniy-siyosiy
ekstremistik oqimlar va harakatlar g‘ayriqonuniy faoliyat ko‘rsatishga uringan edi.
Jumladan, 1991 yil dekabridagi Namangan voqealari, 1999 martda Xorazm va
Buxoro viloyatlari hamda boshqa shaharlarda amalga oshirilgan terroristik aktlarni
misol qilib keltirish mumkin. 1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida sodir etilgan
terrorchilik harakatlari oqibatida 16 nafar begunoh shaxs halok bo‘lgan, 130 nafar shaxs
turli darajadagi tan jarohati olgan, 700 mln. so‘mdan ortiq miqdorda moddiy zarar
yetkazilgan, 50 dan ziyod ma'muriy va uy-joy binolari zararlangan.
2004 yil 29 martda Toshkent shahrida va Buxoro viloyatining Romitan tumanida,
2004 yil 30 martda Toshkent viloyati Qibray tumanida, 2004 yil 1 aprelda Buxoro
viloyatining Romitan tumanida, 2004 yil 30 iyulda Toshkent shahrida sodir etilgan
terrorchilik harakatlari oqibatida 38 nafar begunoh shaxs halok bo‘lgan. 2005 yil 13
mayda Аndijonda sodir etilgan terrorchilik oqibatida 169 kishi halok bo‘lgan, qurolli
hujum davomida terrorchilar 305 dona qurol-aslahani, shu jumladan 205 ta avtomat va
100 ta to‘pponcha, 231 ta granata va qurollarni qo‘lga kiritgan, shuningdek, ular jazoni
ijro etish muassasalaridan qariyb 600 nafar mahbusni chiqarib yuborgan. Olib borilgan
tezkor-qidiruv chora-tadbirlari, samarali tashkil etilgan tergov jarayonlari natijasi
o‘laroq diniy ekstremistik harakatlarning faoliyatiga o‘z vaqtida barham berildi.
Bugungi kunda insoniyat tinchligi va xavfsizligiga, insonlarning hayoti va
sog‘lig‘iga qarshi qaratilgan bir necha o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etayotgan ISHID 2013
yili Suriyadagi fuqarolar urushi davrida diniy ekstremistik g‘oyalarga asoslangan
terrorchi tashkilot sifatida namoyon bo‘ldi. Uning bosh qarorgohi Suriyaning Raqqa
shahrida, Iroqdagi markazi esa Baquba shahrida joylashgan. 2013 yilning aprelida “Iroq
islom davlati” va “al-Qoida”ning Suriya hududlarida faoliyat yuritayotgan “Jabha an-
Nusra” guruhlari birlashishi natijasida “Iroq va Shom islom davlati” tashkiloti
tuzildi[9]. Bugungi kunga kelib esa mazkur diniy ekstremistik va terroristik tashkilot
eng ashaddiy terrorchi jinoiy tashkilot bo‘lib, uning tarkibida 100 mingga yaqin jangari
mavjud. Ularning aksariyati diniy savodi yetarli bo‘lmagan hamda diniy ekstremistik
g‘oyalarga xayrihoh xorijiy fuqarolardan iborat.
Terrorizm – terror bilan amalga oshiriladigan siyosiy harakat bo‘lib, bir necha
asrlar oldin shakllangan, geografik jihatdan barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrashi
mumkin bo‘lgan murakkab hodisa hisoblanadi. U xalqaro munosabatlarni
chigallashtirish, suverenitet va hududiy yaxlitlikni buzish, davlatlarning xavfsizligiga
rahna solish, urush va qurolli to‘qnashuvlar keltirib chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni
beqarorlashtirish, aholini qo‘rqitish yoki qasos olish maqsadida jismoniy yoki yuridik
shaxslarni biror bir faoliyatini amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga
majburlash uchun qilmish ko‘rinishida yoki uni amalga oshirish bilan qo‘rqitish tarzida
oshkora sodir etiladigan, shaxsga yoki mulkka xavf tug‘diradigan harakatdir.

Download 37.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling