6-ma’ruza: Rudani portlatib qazib olish usuliga qo’yiladigan talablar. Konlarda portlatib qazib olish parametrlarini hisoblash xususiyatlari.
Reja
Portlatish orqali tog’ jinsi maydalanishini boshqarish tasnifi
Skvajina diametrining portlatish ishlariga ta’siri
1.
2.
Portlatish orqali tog‘ jinsi maydalanishini boshqarish usullari tasnifi birinchi marta М.Ф.Друкованный
tomonidan ishlab chiqilgan.
I. Zaryadlarni alohida yoki bo‘laklarga bo‘lib turli vaqtda portlatish:
Bir qatorli nimsekinlashgan portlatish – asosan, ishlab chiqarish quvvati kichik bo‘lgan karerlar (rudniklar)da birdaniga, soni kam bo‘lgan skvajinali zaryadlar portlatganda ishlatiladi;
Ko‘p qatorli nimsekinlashgan portlatish –ishlab chiqarish quvvati yirik bo‘lgan karerlarda ishlatiladi;
Skvajina ichidagi qisqa fursatli portlatish – elektrportlatish yoki maxsus detonatsiya piligi bo‘lgan sharoitlarda ishlatiladi.
II. Detonatsiya maxsulotlarini siqish yoki kuchlanish maydonlarini shakllantirish:
oraliq havo bo‘lagidan tashkil qilingan zaryadlar – barcha karerlarda qo‘llaniladi;
oraliq suv bo‘lagidan tashkil qilingan zaryadlar – oraliq suv bo‘lagidan tashkil bo‘lgan zaryadlarni tayyorlash sharoitlarida ishlatilishi mumkin;
?
?
kombinatsiyalangan va katta energiya ajratib chiqarishga xamda skvajinalarning pastki qismiga joylashtirishga mo‘ljallangan zaryadlar – suvga to‘yingan xamda skvajinali zaryadlarning pastki qismida qattiq va o‘ta qattiq tog‘ jinslari joylashgan sharoitlarda ishlatiladi;
oraliq detonatorlarni skvajinali zaryadning pastki qismiga joylashtirish birinchi navbatda portlatish ishlarini amalga oshirish – barcha karer va rudniklarda qo‘llaniladi.
?
?
III. Portlovchi moddalar kimyoviy reaksiya maydonini uzaytirish:
kimyoviy reaksiya maydoni uzaytirilgan granulali portlovchi moddalarni ishlatish – barcha karer va rudniklarda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |