15-amaliy ish mavzu: Visual C++ muxitida hisobot shaklini tayyorlash va chop etish elementlari. Foydalanuvchi interfeysini loyihalash usullarini oʼrganish. Ishni bajarishdan maqsad


Download 44.3 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi44.3 Kb.
#1402726
  1   2   3
Bog'liq
15-amaliyot , Dasturlash II


15-AMALIY ISH
Mavzu: Visual C++ muxitida hisobot shaklini tayyorlash va chop etish elementlari.Foydalanuvchi interfeysini loyihalash usullarini oʼrganish.
Ishni bajarishdan maqsad: Visual Studio 2012 muhitida C++ dasturlash tilida Openfiledialog, SaveFileDialog, Printdialog va Colordialog komponentalarining xossa va hodisalari bilan tanishish.
Nazariy qism:
OpenFileDialog komponentasi
OpenFileDialog komponentasi Windows muhitida fayllarni ochish uchun xizmat qiladi. Ushbu komponentaning Showdialog() metodi ushbu amalni bajaradi. Agar MultiSelect xossasiga true qiymatni o’zlashitiradigan bo’lsak u holda guruxlab ochish amali bajariladi.
Filter xossasi fayllarni filtrlash uchun xizmat qiladi. Filter xossasi yordamida faqatgina kerakli fayllarni izlashimizda samarali foydalanishimiz mumkin.
OpenFileDialogni Form oynasiga joylashtirmoqchi bo’lsak ushbu oynaning tagida maxsus joy ochiladi va komponenta shu joyga o’rnashadi (ImageList Timer va boshqa komponentalar kabi)
Agar fayllarni papkalar bilan birgalikda ochish kerak bo’lsa u holda FolderBrowserDialog klasidan foydalanish kerak.
OpenFileDialog komponentasining ishlashiga bir misol keltirib o’tamiz.
Yaratiladigan dastur faqat matn formatidagi fayllarni ko’rishi va ochish tugmasini bosgan vaqtda Richtextbox komponentasiga ochib berishi kerak bo’ladi.

Dasturning kodini Ochish tugmasiga buyruq sifatida yoziladi. Dastur kodi quyidagicha
OpenFileDialog^ dig= gcnew OpenFileDialog();
dig->Filter = "Text Files|*.txt";
if (dig->ShowDialog() == System::Windows::Forms::DialogResult::OK)
{
richTextBox1->Text = IO::File::ReadAllText(dig->FileName);

}
Agar ochmoqchi bo’lgan fayl rasm fayl bo’lsa u holda, Richtextbox komponentasi o’rniga Picturebox komponentasidan foydalanamiz:



OpenFileDialog^ dig= gcnew OpenFileDialog();
dig->Filter = "image files|*.jpg";
if (dig->ShowDialog() == System::Windows::Forms::DialogResult::OK)
{
pictureBox1->BackgroundImage = Image::FromFile(dig->FileName);

}


Download 44.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling