15-bob. Rezba kesish stanoklari
\ 15.3. Rezba yo'nish tokarIik stanoklari
Download 185.27 Kb.
|
4 mavzu
\
15.3. Rezba yo'nish tokarIik stanoklari Stanoklar va boshqa mexanizmlar, yuqori aniqlikka ega bo'lgan yurgizish vintlari, shuningdek rezba kesish asboblarijuda katta aniq-likda ishlaydigan tokarlik stanoklarida tayyorlanadi. Bu stanoklar katta bikirlikka ega, kinematik zanjirlari aniq ishlaydi, uchragan xatolarni to'g'rilab turuvchi maxsus qurilmalar ishlatiladi. Masalan, 1622 modelli tokarlik stanogining tezliklar qutisi stanok staninasidan ajratilgan alohida fundamentga o'rnatilgan. BoltIarga rezba ochish stanoklari. Bolt va unga o'xshash detallarga rezba ochish uchun mo'ljallangan (15.6-rasm). Tokarlikstanogiga o'xshash ko'rinishidagi bir shpindelli, boltlarga rezba ochish stanogida zagotovka tiskiga qisilib maxovik yordamida tezda mahkamlab o'rnatiladi. Tiski sup-portga o'rnatilgan, support shpindel bilan bog'langan sxv=6 mm Ii yurgizish vinti yordamida suriladi. Support bolt zagotovkasi bilan birga shpindelga o'rnatilgan o'z-o'zidan ochiluvchi rezba kesish kallagiga qarab siirilib boradi. Kallakda bir necha rezba kesish keskichlari rezba hosil qilinadigan yuzaga urinmalar (tangensial) holidajoylashtirilgan. Rezba kesish kallagi 3,5 kW Ii elektr dvigateldan tasmali uzatma va tezliklar qutisi orqali aylanma harakat oladi. Gaykalarga rezba ochish stanoklari. Yirik seriyali va keng ko'lamli ishlab chiqarish sharoitida gaykalarga rezba ochish maxsus yarim av-tomat va avtomatlarda to'g'ri va qiyshaytirilgan dastakli mashina metchik-Iari yordamida bajariladi. Ikki shpindelli, gaykalarga rezba ochish avtomati egik dastali metchik bilan ishlaydi. Metchik maxsus kallak bilan birga shpindeldan aylanma harakat oladi. Gayka zagotovkalari bunkerdan aylanib turuvchi metchik-ka yaqinlashadi, metchik va uning qiyshaytirilgan dastasi bo'ylab hara-katlanib, rezbasi ochilgan tayyor gaykalar yashikka tushib yig'iladi (15.7-rasm). 15.4. Rezba nakatka qilish stanoklari Rezba nakatka qilish stanoklari yassi va doiraviy plashkalarda ishlov-chi turlarga bo'linadi. Yassi plashkali stanoklarning ish unumdorligi yuqori va aniq rezbalarni hosil qilish imkoniyatiga ega. Zagotovkalar bunkerdan ishlov berish zonasiga qo'zg'aluvchan va qo'zg'almas plash-kalar orasiga kelib tushadi. Qo'zg'aluvchan yassi plashka elektr dviga-tel, tasmali uzatma, tishli g'ildirak uzatmasi va krivoship—shatunli mexanizm orqali ilgarilama-qaytar harakat qiladi (15.8-rasm). Yassi plashkalar yordamida diametri 2...25 mm va uzunligi 125 mm gacha bo'lgan sirtlarda rezba hosil qilinadi. Bu usulning ish unumdorligi yuqori, lekin rezbaning aniqligi doiraviy plashkalar bilan nakatka qihshga qaraganda kamroq. Doiraviy plashkali stanoklarda zagotovka qo'zg'aluvchan va qo'zg'almas doiraviy plashkalar (roliklar) orasidagi tayanchiqqa joy-lashadi. Qo'zg'aluvchan plashka tezda zagotovkaga yaqinlashib, uni qo'zg'almas rolikka bosadi, shu payt rezba yuzasi nakatka qilinadi, zagotovkaning bir necha aylanishlari natijasida to'la rezba hosil bo'ladi. Ikkala rolik bir elektr dvigateldan mexanik uzatma orqali aylanma harakat oladi. Qo'zg'aluvchan rolikning to'g'ri chiziqli surilishi gidroyuritma vositasida bajariladi (15.9-rasm). Bu usulda nakatka qilinadigan rezbaning diametri 100 mm gacha yetadi. Nakatka qilish orqali detallarda silindrik va konussimon roliklar yordamida konussimon rezba hosil qilish ham mumkin. Qadami 2...3 mm Ii ichki rezbalar raskatnik deb ataluvchi asbob yordamida hosil qilinadi. Nakatka qilish usulining afzallikJari quyidagilardir: ish unumdorligining yuqoriligi; mahsulotlar tannarxining nisbatan past bo'lishi; kesib ishlangan rezbalarga qaraganda rezbali mahsulotlarning mustahkamligi va ishqalanishga chidamligi ancha yuqori. Download 185.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling