14-ma’ruza O‘simliklarda moddalar tashiluvi reja
Download 293.05 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq14-MA\'RUZA
14-ma’ruza O‘SIMLIKLARDA MODDALAR TASHILUVI Reja 1. О‘simliklarda uzoq masofali moddalar transporti. 2. О‘simliklarda yaqin masofali moddalar transporti. 3. Suv va unda erigan mineral moddalarning tashiluvi. 4. Organik moddalarni harakatlanish bosqichlari. O‘simliklar tanasida sodir bo‘layotgan hayotiy jarayonlarning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri moddalarning harakatidir (transporti). Ayrim organlarda hosil bo‘lgan yoki shimib olingan birikmalarning boshqa organlarga siljishi, o‘tishi va taqsimlanishi natijasida barcha fiziologik jarayonlarning o‘zaro birligi ta’minlanadi. Bunday transport o‘z navbatida o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorlik darajasini tavsiflaydi. O‘simliklarda moddalar transporti asosan ikki yo‘nalishda sodir bo‘ladi: pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga yo‘naladigan oqimlar mavjud. O‘simliklar ildizi orqali qabul qilgan suv va unda erigan mineral moddalarning pastdan yuqoriga qarab harakati tanadagi ksilema naylari bo‘ylab sodir bo‘ladi (2.2.-va 5.5.- bo‘limlarga qarang). Barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar floema naylari bo‘ylab pastga yo‘naladi (66-chizma). Oqim yo‘nalishlari ikki xil: yaqin va uzoq masofali xususiyatga ega. Yaqin masofali transport hujayra va to‘qimalarda bo‘lib, asosan uch yo‘l orqali amalga oshadi. 1. Simplast oqim sitoplazma va plazmodesmalar vositasida harakatlanadi. 2. Apoplast oqim hujayralarining devori orqali harakatlanadi. 3. uchinchi yo‘l — vakuolalar tizimi orqali amalga oshadi. Yaqin masofali transport juda qisqa, hatto millimetrlar bilan o‘lchanib, moddalarning barg mezofilidagi, ildiz va poyadagi radial trans-portini o‘z ichiga oladi.Uzoq masofali oqim ksilema va floema naylari orqali sodir bo‘ladi. Odatda bu naylar o‘simlik tanasidagi hamma qism-larni tutashtiradi, natijada organik moddalar bir necha o‘nlab santimetr-dan to o‘nlab metrlargacha harakat qiladi (ayniqsa, daraxtlarda). Yaqin va uzoq masofali transportlarda vaqt, energiya sarflanadi. A.L.Kursanovning (1976) ko‘rsatishicha, organik moddalarning hara-katlanishi bir necha bosqichlardan tashkil topgan. Dastlabki bosqichda xloroplastlarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar — sodda birikmalar fosfoglitserin kislotasi (FGK), fosfoglitserin aldegidi (FGA), fosfodioksiatsetoni (FDA) yoki suvda eriydigan sha-karlar xloroplast membranasi orqali sitoplazmaga o‘tadi. Sodda organik birikmalarning xloroplastlardan sitoplazmaga o‘tishi hujayra ichidagi yo‘l bo‘lib, yaqin masofali harakatdir (67-chizma). Ikkinchi bosqichda sitoplazmaga o‘tgan sodda uglevodlardan fruktoza- difosfat va fruktozafosfat-glyukoza-fosfat hosil bo‘ladi. Bu moddalarning bir qismi hujayra metabolizmi ( nafas olish va boshqa jarayonlar) uchun sarflanadi. Qolgan asosiy qismi suvda yaxshi eriydigan glyukozagacha o‘zgaradi va yonma-yon joylashgan hujayra-larga simplast, apoplast oqimlar orqali o‘tadi. Bu oqimlar oraliqhujayralargacha yetib boradi. Oraliqhujayralar mezofill hujayralari bilan elaksimon hujayralar o‘rtasida joylashgan. Download 293.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling