15-Intizomiy jazo Reja: Intizomiy jazo nima. Intzomiy jazo qanday turlari mavjud


Download 19.63 Kb.
Sana23.03.2023
Hajmi19.63 Kb.
#1288631
Bog'liq
15-mavzu



15-Intizomiy jazo
Reja:
1.Intizomiy jazo nima.
2.Intzomiy jazo qanday turlari mavjud
3. Intizomiy jazoning belgilari.
Intizomiy javobgarlik -OʻzRda oʻz mehnat burchlarini qonunga muvofiq ravishda yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun aybdor boʻlgan xodimga taʼsir koʻrsatish vositasi. Xodimning oʻz mehnat vazifalarini jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻlmaydigan darajada, ammo oʻz aybi bilan qonunga muvofiq ravishda bajarmasligi yoki nobop bajarishi intizomga xilof nojoʻya harakat hisoblanadi. Bu, odatda, xodim zimmasiga mehnat shartnomasi yoki korxona, muassasa, tashkilotdagi ichki mehnat qoidalarini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlar bilan yuklangan mehnat vazifalarini buzishda va uning oʻz aybiga koʻra, qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida qilgan harakati yoki harakatsizligida ifodalanadi. Xodim intizomga xilof nojoʻya harakati uchun, odatda, ish be-ruvchi tomonidan I. j.ga tortiladi yoki unga nisbatan boshqa taʼsir choralari qoʻllanadi. Korxona, muassasa, tashkilotga moddiy zarar yetkazgan xodim mehnat huquqi meʼyorlari boʻyicha moddiy javobgar deb topiladi va I. j.ga tortilishi yoki tortilmasligidan qatʼi nazar, undan zarar undirib olinadi. I. j. boʻyicha mehnat intizomini buzganlik uchun jazo choralari va ularni qoʻllanish, olib tashlash, I.j.ning amal qilishi hamda I. j. ustidan shikoyat etish tartibi OʻzR Mehnat kodeksida (181 —184-moddalar) belgilangan. ntizomiy jazolar xodimni ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar (organlar) tomonidan qo‘llaniladi.
Intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim. Tushuntirish xati berishdan bosh tortish jazo qo‘llashga to‘siq bo‘lmaydi.
Har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin.
Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlangandan keyin uzog‘i bilan 1 oy ichida qo‘llaniladi (bu muddatga xodimning kasal yoki ta’tilda bo‘lgan vaqti hisobga olinmaydi).
Nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab 6 oy o‘tganidan, moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasida aniqlanganda esa, sodir etilgan kundan boshlab 2 yil o‘tganidan keyin jazoni qo‘llab bo‘lmaydi (jinoiy ish bo‘yicha ish yuritilgan davr bu muddatga kirmaydi).
Intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish) yoki qaror xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. ntizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kundan boshlab 1 yildan oshmasligi lozim.
Ish beruvchi o‘z tashabbusi bilan, xodimning yoki boshqa shaxslarning iltimosiga binoan jazoni 1 yil o‘tmasdan oldin ham olib tashlashga haqli.
Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi.
ish beruvchi xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun Mehnat kodeksida belgilangan intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli.
Intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim.
Intizomiy jazoni qo‘llanishda sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatning qay darajada og‘ir ekanligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi.
Xodim qo‘llanilgan intizomiy jazodan norozi bo‘lgan taqdirda 3 oy muddat ichida sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat etishga haqli.
Eslatib o‘tamiz, ish beruvchi xodimlar mehnatini tashkil qilishi, qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berishi, xodimlarning ehtiyoj va talablariga e’tibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishi shart.
Download 19.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling