15 laboratoriya ishi Moy qovushqoqligini aniqlash
purkalish fakeli qiska bo’ladi
Download 430.26 Kb.
|
15-Лаборатория миой қовушқоқлиги
purkalish fakeli qiska bo’ladi.
Qovushqoqlik oshib ketganda ham yonuvchi aralashma hosil bo’lish sifati yomonlashadi, yirik tomchilar hosil bo’lib, yonilg’i bug’lanishiga ko’p vaqt kerak bo’ladi. Yonilg’i to’liq yonmaydi, sarfi ortadi. Yonilg’i porshen tubiga va kamera devorlariga o’tirib qolishi natijasida qurum hosil bo’lishi ko’payadi, ish bajargan gazlar qorayib chiqadi. purkalish fakeli uzun bo’ladi. Qovushqoqlik meyorida bo’lganda yonilg’i bir xil tartibli tomchilar tarzida to’zitiladi. Bug’li aralashma yonish protsessi yaxshilanadi. Oquvchanlik yaxshi bo’ladi, trubalardan, mayin tozalash filtri, yuqori bosim nasoslaridan yonilg’i oson o’tadi. Yilning sovuq vaqtida dizellar yaxshi ishlashini ta’minlash uchun qishki sort dizel yonilg’isining qovushqoqligi pastroq bo’ladi. 10-rasm. Dizel yonilg’isi qovushqoqligi(n)ning, harorat(t0S)ga bog’liqligi. 1-yozgi: 2-qishki; 3-shimoliy. Dizel yoqilg‘ilarining setan sonini oshiruvchi qo‘ndirmalari. Dizel yoqilg‘ilarining me’yorida ishlashi uchun o‘z-o‘zidan yonish optimal davriga ega bo‘lgan, shu jumladan, optimal setan soniga ega bo‘lgan yoqilg‘ilar kerak. Yuqori harakatli dvigatellari — teplovoz, avtomobil va traktorlarga setan soni 45—50 bo‘lgan yoqilg'ilar talab etiladi. Neftdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydab olingan dizel yoqilg‘ilari bu talabga javob beradi va setan soni 45 ga teng. Biroq ayrim neftlarning haydashdan setan sonini 45 dan kichik bo‘lgan dizel yoqilg‘ilarini olinadi va ulaiga maxsus qo‘ndirmalar qo‘shiladi. Setan sonini oshiruvchi qo‘ndirmalar sifatida yoqilg‘ioksidlanishining tezlashtirishi va o‘z-o‘zidan yonishni osonlashtiruvchi qo‘ndirmalar ishlatiladi. Effektiv qo‘ndirmalar alkilnitrat va perikisli birikmalardan topilgan. Perikisli qo‘ndirmalar dizel yoqilg‘ilarining uzoq muddat saqlanish sharoitlariga chidamli emas, natijada yoqilg'ilarning setan soni kamayib ketadi, cho‘kmalar hosil bo'ladi. Setan sonini oshirish uchun izopropil, arnil va siklogeksilnitratlar qabul qilingan. Alkilnitritlarni dizel yoqilg‘ilariga har xil tipdagisi qo‘llaniladi: Destruktiv jarayonlardan olingan yoqilg‘iga nisbatan to‘g‘ridan-to'g‘ri haydashdan olingan yoqilg‘i qabul qilishi ortiq bolgan yoqig‘ilar. Alkilnitratlarning birinchi ulushi oxirigi ulushiga nisbatan setan sonini ko'proq oshiradi. Alkilnitritlarning sarfini % ning 10 dan 1 ulushlarida setan soni 10—12 birlikka oshadi. 1% dan ortiq alkilnitritlar qo‘shish maqsadga muvofiq emas. Dizel yoqilg‘ilarining setan sonini oshirish qo‘ndirmalari oldindan ma’lum, lekin tayyor yoqilg‘ilarga ular qo'shilmaydi. YoqiIg‘ilaming to‘liq yonishini oshiruvchi qo‘ndimialar Yoqig‘ilarning dvigatellarda to‘liq yonmasligi natijasida kamera devorlarida cho'kindilar hosil bolishi va qayta ishlangan gazlarda taksik moddalar hosil bo‘ladi. Yonish kamerasida yoqilg‘ilarni to‘liq yonmasligidan hosil boMgan cho'kindilaming klapanlarda, purkash oynalarida, forsunkalarning ignalarida hosil bo‘lishi ulaming ishonchliligi, mashina va mexanizm ishlarining iqtisodiy effektivligini pasaytiradi. Qo'ndirmalarni yoqilgMlarga qoldiqlami kamaytirish, tarkibini o‘zgartirish uchun va qo‘shimcha xossalarni kamaytirish uchun qo‘shiladi. 5.13. Depressorli qo‘ndirmalar Ko‘p parafin uglevodorodlari hatto musbat haroratlarda hamqattiq moddalar ko‘rinishida bo‘ladi. Lekin boshqa uglevodorodlar aralashmasida suyuq faza sifatida namoyon bo'ladi. Biroq yoqilg'ilaming sovushida bu uglevodorodlaming aralashishi kamayadi va qattiq kristallar ko‘rinishida cho‘kadi. Kristallar filtmi berkitib, yoqilg'i uzatilishini to'xtatadi. Sovushni davom etishi kristallaming qattiq karkas holiga kelishiga olib keladi va yoqilg‘i oquvchanligi yo‘qotadi. Uni ko'chirish mumkin emas, baklarga to'ldirish va olish mumkin emas. Dizel va og‘ir yoqilg'ilaming past haroratli hossalarini yaxshilash uchun dipressor qo'ndirmalari ishlatiladi. Ulaming eng effektililigi polimer brikmasidir. Etilenning vinil atsetat bilan ayrim sopolimerlari dizel yoqilg'ilari va mazutlar uchun depressor qo'ndirmalari sifatida ishlatiladi. Bu qo'ndirmalar 0,002—0,001 % qo'shilishida dizel yoqilg'isini o'zgartirmaydi, lekin qotish harorati 20—30°C ga pasayadi. Download 430.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling