15 laboratoriya ishi Moy qovushqoqligini aniqlash


Download 430.26 Kb.
bet5/8
Sana11.05.2023
Hajmi430.26 Kb.
#1451182
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15-Лаборатория миой қовушқоқлиги

Ba’zi moddalar uchun  ning  lardagi qiymatlari.
Havo……………………….. 0,00018 16 0C
Suv………………………… 0,0114 15 0C
Gliserin……………………. 13,93 18 0C
Benzin.................................. 0,0053 18 0C
Mineral moy......................... 0,833 50 0C

16 - laboratoriya ishi


Ichki yonuv dvigatellari detonatsion xususiyatlarini tadqiq qilish.

Dizel dvigatellari ish protsessi karbyurator dvigatellarnikidan keskin farq qiladi, chunki ularda yonilg’i havo bilan bevosita yonish kamerasida aralashadi.


Dizel dvigatellari-quvvati, porshenni xarakat tezligi, tirsakli vallar aylanish tezligi, aralashma hosil bo’lish sharoitiga qarab har xil konstruktsiyali bo’ladi.
Tezyurar dizellar siqish darajasi yuqori eq16¸20. Ularda ŝilindrdagi 3,0¸5,0 MPa ga siqilgan va siqilish hisobiga 600-8000S gacha isigan havoga, yuqori bosim nasosi ostida ishlaydigan forsunka orqali yonilg’i portsiyasi purkalanadi. Ŝilindrning yonish kamerasida yonilg’i issiq havo bilan aralashadi. Qisqa vaqt ichida (tirsakli val 20-250S burilguncha) 0,001-0,004 sekundda aralashma hosil bo’lib o’z-o’zidan alangalanadi. Shunday kilib, dizel dvigatellarida qisqa vaqt ichida yonilg’i yonish kamerasiga to’zitilib purkalishi, issiq havo bilan aralashishi, bug’lanishi, oksidlanishi va yonishi kerak.
Dvigatellar ishonchli va tejamli ishlashi uchun yonilg’i to’g’ri tanlanishi, yonilg’i purkalishini ilgarilatish burchagi optimal bo’lishi, yonganda to’liq va batomom yonishi kerak.
Dizel dvigateli avtomobillar xalq xo’jaligining turli soxilarida keng qo’llanilmoqda va xozir ko’p miqdorda ishlab chiqarilyapti. Dizellar karbyuratorli dvigatellarga nisbatan qator afzalliklarga èga bo’lgani, ya’ni tejamliroq, og’irroq, demak arzonroq yonilg’ida ishlashi, yong’in chiqish xavfi kamligi, (qabul qiluvchanligi yuqoriroq) ishonchli va uzoqroq ishlashi tufayli keng tarqalgan.
Dizel yonilg’ilari nisbatan qovushqoq qiyin bug’lanadigan yonuvchan suyuqlikdir. Ularning tarkibida massasi bo’yicha taxminan 87% uglerod, 15% vodorod, 0,5%gacha oltingugurt, juda oz miqdorda kislorod va azot bor. Dizel yonilqisining zichligi 0,78-0,86g/sm3, yonganda chiqadigan issiqligi o’rtacha 42,5 Mj/kg. Dizel yonilg’isi benzin bilan ishlaydigan dvigatelli avtomobillarga qaraganda 25-30% tejamli. Dizel dvigatellaridaga yonilg’i yonganda chiqqan issiqlik katta bo’lib, avtomobillarga 600 km va undan ortiq zapas yo’l yurishga imkon beradi.
Belgilangan quvvat va tejamkorlik ko’rsatkichlarida hamda ishlatilgan gazlarni tutun kam chiqarib dvigatelning ishonchli va uzoq muddat ishlashini ta’minlash uchun dizel yonilg’isining sifati davlat standartlari talablariga javob berishi lozim.

Download 430.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling