15-laboratoriya ishi optoelektron asboblar va qurilmalar ishlashini o‘rganish ishdan maqsad
Download 249.13 Kb.
|
15-laboratoriya ishi
3. ISH JOYINI TA’RIFI
Ishchi joyi o‘z arsenalida maxsus dastur ta’minoti – NI Multisim 10 (MS10) ga ega bo‘lgan shaxsiy elektron hisoblash mashinasi (SHEHM) hisoblanadi. 4. LABORATORIYA ISHINI BAJARISHGA DOIR O‘QUV VAZIFALAR VA USLUBIY KO‘RSATMALAR 4.1. MS10 dasturiy muhitini ishga tushirish. MS10 dasturiy muhiti ishchi maydonda “VA-EMAS” (NAND) mantiqiy elementi chiqishining holati indikatsiya sxemasini yig‘ish (9.4-rasm) va komponentlar (tashkil etuvchilar) dialogli darchalarida ularning ko‘rsatkichlarini yoki ishlash rejimlarini o‘rnatish. Sxemani (9.4-rasm) hisobot sahifasiga ko‘chirib olish. Holat indikatsiyasi mavjud bo‘lgan NAND (“VA-EMAS”) elementini modellashtirish dasturini ikki rangli svetodiodlar VD1 va to‘q sariq rangdagi svetodiod VD2, hamda X1, X2 va X3 sinovchi qurilmalari indikatsiyalari bilan ishga tushirish. Space kalitini tutashtirish (bekitish). Shunday qilib, NAND (“VA-EMAS”) mantiqiy elementini ikkala kirishiga ham mantiqiy “1” signali berilgan (X1 va X2 sinovchi qurilmalar yoritiladi (nur sochadi), unda uni chiqishida mantiqiy “0” signali shakllanadi (X3 sinovchi qurilmasi yoritilmaydi, VD1 va VD2 svetodiodlar esa yoritiladi, ya’ni bunda VCC ta’minot manbaidan ularning anodlariga 5 V kuchlanish berilgan). Space kaliti ajratilganida tutashuvchida NAND (“VA-EMAS”) elementining chiqishida mantiqiy “1” shakllanadi, shuning uchun VD1 va VD2 svetodiodlari, hamda X2 sinovchi qurilmasi o‘chadi (nur sochishni to‘xtatadi), X3 sinovchi qurilmasi esa yonib turadi. R1 potensiometr qarshiligini o‘zgartirgan holda A1 va A2 ampermetrlari yordamida VD1 svetodiodning p-n-o‘tish orqali oqib o‘tuvchi toki aniqlanadi, bunda qizil chiroq yonadi, ikki o‘tish ham so‘nadi va yashil chiroq yona boshlaydi. 4.2. MS10 dasturiy muhiti ishchi maydonda ochiq optik kanalli fototranzistorni sinash uchun sxemani yig‘ish (9.5-rasm) va komponentlarning dialog darchasida ularning ko’rsatkichlarini yoki rasmda keltirilgan MCT6 modelli fototranzistorni koeffitsiyentlarini hisobga olgan holda ishlash rejimini o‘rnatish. Sxemani (9.5-rasm) hisobot sahifasiga ko‘chirib olish. Modellashtirish dasturini ishga tushirish, MST6 fototranzistor o‘tish tavsifini Ichiq(Ikir) olish va tuzish, tok uzatish koeffitsiyenti Ki = Ichiq/Ikir va tokni uzatish differensial koeffitsiyenti Kid = ΔIchiq/ΔIkir ni aniqlash. 9.4-расм. 4.3. MS10 dasturiy muhiti ishchi maydonida tranzistorli optronni sinovdan o‘tkazish uchun sxema yig‘ish va komponentlarni dialogli darchasida ularni ko‘rsatkichlarini yoki ishlash rejimini o‘rnatish. Sxemani (9.6-rasm) hisobot sahifasiga ko‘chirib olish. Sxema yordamida (9.6, a-rasm) Ku = Uchiq(Ukir), Ukir = 1 mV kuchlanishlari bo‘yicha MCT6 tranzistorli optronining (fototranzistor) amplituda-chastotali tavsiflarini olish va tuzish. Signallar o‘tkazish yo‘lakchasiining yuqori chegarasi fv ni aniqlash va uni XBP1 plotter yordamida olingan tavsifning chiziqli uchastkasidagi Ku koeffitsiyentdan 1 ∕ darajadagi qiymati bilan taqqoslash (9.6, b-rasm). 4.4. MS10 dasturiy muhiti ishchi maydonida indikatorlar (sinovchi qurilmalar, displeylar, svetodiodli chizg‘ichlar) ishlashini namoyish qilish uchun sxema yig‘ish va komponentlarni dialogli darchasida ularni ko‘rsatkichlari yoki ishlash rejimini o‘rnatish. Sxema (9.6-rasm) X1, …, X10 sinovchi qurilmalar, 7-segmentli DCD_HEX displeyi, BARGR deshifrlamaydigan ustunli indikatori, LBARGR analogli ustuni, o‘nta erkin svetodioddan tuzilgan LED4 chizg‘ichi, E1, E2 va VCC ta’minot manbalari, XLA1 mantiqiy analizatori, 1, …, 4 uzib-ulagichlari, ST hisoblagichi, DC deshifratori va boshqa komponentlardan tashkil topgan. 9.6-rasmda E1 taktli impluslar generatordan uzatilayotgan yettinchi taktli impulsni CT hisoblagichi kirishiga uzatilgandan keyin indikator qurilmalari holati bo‘yicha quyidagilar qayd etilgan: hisoblagich chiqishidagi razryadli signallar (0110 kodi) DCD_HEX yetti segmentli displeyda 6 raqami indikatsiyasini yoqdi, DC deshifratori chiqishida faqat Q6 liniyasiga mantiqiy nol shakllantirib berildi. Shuning uchun X7 sinovchi qurilmasi va BARGR ustunli diodli indikatoridagi, hamda LED4 svetodiodli chizg‘ichidagi yettinchi yo‘lakchalar yonmagan. 9.5-rasm. Yakkalik rejimda indikator qurilmalarini ishini namoyish qilish uchun Space kalitini ajratish (ochish), 1, …, 4 kalitlar yordamida har qanday kodni terish (0000 dan 1111 gacha) va CT hisoblagichiga uni uzatish kerak. Sxemada (9.6-rasm) LBARGR analogli ustuni E2 = 14,14 V EYUK amplitudali E2 sinusoidal kuchlanish ta’minot manbasiga ulangan. Modellashtirishda indikator ko‘rsatkichi (chiziqchalarning pastdan yuqoriga va teskari holatga o‘tishi) sinusoidal kuchlanish hisobi bilan mos ravishda o‘zgaradi. Boshlang‘ich qiymatlar: kuchlanish 10 V va LBARGR analogli ustunning 500 Om ichki qarshiligi uning dialogli darchasida o‘zgarishi mumkin. Sakkizta erkin svetodiodlardan iborat LED4 chizg‘ichining sxemaga ulanishida (9.6-rasmga qarang) har bir svetodiod ketma-ket ravishda R = 200 Om li qarshiliklar bilan ulangan, ularning qiymatlari svetodiodlar ko’rsatkichlaridan kelib chiqqan holda (15 mA nominal tokda har bir svetodioddagi kuchlanishning tushib ketishi 1,66 V ga teng) va svetodiodlar chizg‘ichi ulanadigan sxema uzellari kuchlanishiga qarab aniqlangan. DC deshifratori kirish signallarining vaqt diagrammalarini XLA1 mantiqiy analizatori ekranidan kuzatish mumkin. 9.6-rasm. Download 249.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling