15. Lakunalar. Nutqiy muoamala. Bilingvizm va uning turlari. Madaniyatlararo muloqot
Download 69.01 Kb.
|
15-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Akkulturatsiya
- Lingvistik shok
Madaniy shok (kultural shok) termini 1955-yilda Raverl Ober tomonidan taklif qilingan. U xorijiy tilni o‘rganuvchining ajablanish, hayron bo‘lish yoki tili o‘rganilayotgan madaniyat omillarining qabul qilmaslik holatini ifodalaydi. Madaniy shok til o‘rganuvchining noto‘liq akkulturatsiyasi yoki u uchun yangi bo‘lgan madaniyat me’yorlarini bilmasligi, tu shunmasligidir. Har qanday xorijlik o‘z boshidan madaniy shok holatini kechiradi. O‘z yurtida yashayotgan odam ham begona muhitga tushib qolganda madaniy shokka duch kelishi mumkin. Madaniy shok o‘zga madaniyat bilan tanish bo‘lishiga qarab va yangi faktlarni qiyoslash
oqibatida o‘zining madaniyatini unuta borgan sari barham topadi57. Madaniy shok holatini o‘z tajribamdan kelib chiqqan holda ba’zi misollar yordamida izohlashga harakat qilaman. 2000-yili Busan chet tillari universitetining taklifiga binoan koreys talabalariga o‘zbek tilidan dars berish uchun Janubiy Koreyaga bordim. Janubiy Koreyadagi hayotimning dastlabki haftasida bir koreys talabaga saqich berdim. U saqichni chapillatib chaynashga tushdi. Talaba qiz juda odobli, tarbiyali va nazokatli edi. Bunday qizning madaniyatning oddiy qoidalaridan bexabar ekanligi meni hayratga soldi. Bu voqeadan 3-4 kun o‘tgach, o‘zbek tili kabinetida choy tashkil qilib, bir guruh talabalarni choyga taklif qildim. Ularni o‘zbek shirinliklari bilan mehmon qildim. Talabalarning aksariyati shirinliklarni chapillatib eyishga boshlashdi. Men madaniy shok holatiga tushdim. Toqatim toq bo‘lib, koreys talabalarini tarbiyalab qo‘ymoqchi bo‘ldim va chapillatib eyish madaniyasizlik ekanligi, boshqalarda yaxshi tasavvur qoldirmasligini tu shuntirdim. Talabalar juda noqulay ahvolga tushishdi, uzr so‘rashdi. Keyin xijolatomuz ohangda chapillatib eyishning Koreyada biron egulik bilan mehmon qilgan kishiga nisbatan hurmat, minnatdorchilik, qolaversa, egulikning juda mazaliligiga ishora ekanligini aytishdi. Men juda noqulay ahvolga tushib qoldim. shundan so‘ng koreys xalqiga, madaniyatiga hurmatim oshdi. Akkulturatsiya – madaniyatlarning o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, u biron bir xalq yoki biron bir xalq vakili tomonidan boshqa xalq madaniyatining to‘liq yoki qisman qabul qilinishini ifodalaydi. Akkulturatsiya quyidagi bosqichlarga ajraladi: 1. Boshlang‘ich bosqich – inson chet elga ketish arafasida hayajon, quvonch yoki xavotir va tashvishga tushadi. Boradigan mamlakat haqida ma’lumotlar to‘playdi, til bilan chuqurroq tanishadi. 2. Insonning yangi mamlakatga kelganining dastlabki kunlarida bu mamlakat madaniyatiga ko‘nikish bosqichi. Bu davrda inson o‘zini musofir his qilib, mazkur mamlakat madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini umuman qabul qilmasligi mumkin. 3. Mosla shuv bosqichi. O‘zini musofir his qilgan inson o‘zga madaniyat bilan murosa qilishga boshlaydi. 4. Osoyishtalik bosqichi ba’zan xorijiy davlatga kelganiga 2-3 yil bo‘lganidan so‘ng boshlanishi mumkin. Insonda mazkur mamlakat haqida u yoki bu darajada obyektiv fikrlar shakllanadi. 5. Uyga ketish arafasidagi mosla shuv bosqichi. Bu davrda uyiga qaytishi kerak bo‘lgan insonda bir xillik muammolari bilan bog‘liq qattiq hayajon alomatlari rivojlanadi. Ya’ni u hali xorijlik bo‘lgani holda xayoli uyida bo‘ladi. 6. So‘nggi bosqich – qaytishga mosla shuv. Xorijdan uyiga qaytgan insonning holati, ya’ni uyiga qaytgan inson o‘z yurtida o‘zini begonadek his qiladi. Ko‘pincha, xorijdagi xotiralari bilan yashaydi, u erda ko‘rganlarini hozir ko‘rayotganlari bilan qiyoslaydi. Madaniyatlararo muloqotda madaniy shokka o‘xshash bo‘lgan lingvistik shok hodisasi ham kuzatiladi. Lingvistik shok ona tili uchun kulgili, g‘alati va odobdan tashqari hisoblangan lisoniy birliklar qo‘llanilgan xorijiy nutqni eshitgan insonning hayratlanish, kulish yoki xijolat bo‘lish holati. Masalan, turk tilida düşmek ―yiqilmoqni, o‘zbek tilida tushmoq ―yuqoridan, balandlikdan pastga tomon yo‘nalmoq; biron transportdan tushmoq va h.k. yoki zor ―juda qiyin, zo‘r ―juda yaxshi ma’nolarni ifodalaydi. Koreys tilida oppa akani, o‘zbek tilida bunga qarama-qarshi ma’nodagi so‘zni anglatadi. Download 69.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling