Koreys tilshunosligi Koreys tilining xususiyatlari Koreys tili leksikasi


Download 34.18 Kb.
bet1/7
Sana06.04.2023
Hajmi34.18 Kb.
#1277588
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1DARS


1-DARS
Mavzu: Koreys tilshunosligining tushunchasi

  1. Koreys tilshunosligi

  2. Koreys tilining xususiyatlari

  3. Koreys tili leksikasi



  1. Tilshunolikka kirish

Tilshunoslik - tilning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishini, tillarning ish ko’rish (faoliyat) qonunlari va tarixiy taraqqiyotini o'rganuvchi fan. Demak, tilshunoslik inson tilini o’rganadigan mustaqil fandir. Tiishunoslik termini bilan bir qatorda ilmiy adabiyotlarda lingvistika (< fran. Ungiiistique < lot lingua - til)termini ham qo'llaniladi.
Maqsadi, vazifasi va boshqa belgi-xususiyatlariga ko‘ra tilshunoslikning bir necha yo‘nalishlari bor.
a) umumiy tilshunoslik;
b) amaliy tilshunoslik;
d) xususiy tilshunoslik;
e) struktiual lingvistika;
f) matematik lingvistika;
Umumiy tilshunoslik - xususiy tilshunoslikdan farqli holda, tilni umuman insonga xos hodisa sifatida o'rganuvchi tilshunoslik yo'nalishi, Umumiy tilshunoslik dunyo tillariga xos umumiy belgi xususiyatlarni o‘rganish bilan shug'ullanadi.
Amaliy tilshunoslik - tilshunoslikning lingvistik masalalarni amaliy yo’l bilan o’rganuvchi yo’nalishi bo’lib, u eksperimental fonetika, Leksikografiya, lingvostatistika, grafika kabi sohalarni o‘z ichiga oladi Shuningdek, transkripsiya, transliteratsiya masalalari bilan ham amaliy tilshunoslik shug‘ullanadi.
Xususiy tilshunoslik – ma’lum bir tilning belgi-xususiyatlarini o‘rganuvchi soha. Masalan, o ‘zbek tilshunosligi, rus tilshnnosligi kabi.
Struktural lingvistika (strukturalizm ) - tilshunoslikning o‘z tekshirish manbaini tildagi ichki munosabatlar va aloqalar bilan chegaralovchi, til va tafakkurning o‘zaro munosabati, tilning jamiyat bilan aloqasi kabi masalalarni chetlab o‘tuvchi sohasi.
Matematik lingvistika - tilshunoslikning tilni tadqiq etish va tasvirlashda matematik metodlardan foydalanish imkomyatlarini o'rganuvchi sohasi.
Tilshunoslik fani taraqqiyotida yuzaga kelgan turli lingvistik maktab va oqimlar tilga qanday yondoshib hamda tahlil metodlarini turlicha bo’lishidan qat'iy nazar hozirgi zamon tilshunosligi quyidagi uch asosiy tarmoqqa bo’linadi;

  1. ekstralingvistika;

  2. intralingvistika,

  3. komparativistika.

Til ilmida bularning birinchisi tashqi lingvistika, ikkinchisi ichki lingvistika, uchinchisi qiyosiy-tarixiy tilshunoslik deb ham ataladi.



Download 34.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling