Koreys tilshunosligi Koreys tilining xususiyatlari Koreys tili leksikasi


Download 34.18 Kb.
bet6/7
Sana06.04.2023
Hajmi34.18 Kb.
#1277588
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1DARS

Koreys tili leksikasi 한국어의 어휘 .
Koreys tili leksikasini o'rganish uchun avvalambor ikki jihatdan ko'rib chiqish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, bugungi kunda koreys tilini tashkil etuvchi tizim haqida izlanishlar olib borilishi va koreys tili leksik tizimida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘rganish mumkin.
Hozirgi koreys tili leksikasi tizimi qanday?
Tizim degani ma'lum mezonlarga ko'ra tasniflash mumkinligini anglatadi va koreys tili leksikasi uchun turli tasniflash usullari mavjud.
So’z turkumlari me’yori(품사 기준). Koreys tili leksikasi so’z turkumlari me’yoriga ko'ra tasnifladi. Ya’ni ot, fe’l, sifatlarga mansub leksikalar kiradi.
Mazmun me’yori(내용 기준). Mazmunga koʻra tasniflash qurilishga oid leksika, qishloq xoʻjaligiga oid leksika va iqtisodiyotga oid lugʻatni oʻz ichiga oladi.
Koreys tili leksikasi 4 guruhga bo’linadi.

  1. tizimli xususiyatlar(체계적 특성)

  2. strukturaviy xususiyatlar(구조적 특성)

  3. semantik xususiyatlar(의미적 특성)

  4. ijtimoiy xususiyatlar(어휘의 사회적)




  1. Tizimli xususiyatlar(체계적 특성) koreys leksikasining kelib chiqishi va turiga ko’ra ham 2 turga bo’linadi: 1-turiga ona tilidan olingan so’z(고유어), ieroglifdan olingan so’z(한자어), xorijiy tildan olingan so’z(외래어)lar kiradi.

고유어(Ona tili)- xitoycha belgilar, xorijiy soʻzlar yoki xorijiy tillar emas, balki koreys tiliga xos boʻlgan soʻzlarni bildiradi. Masalan: 하늘, 땅, 웃다,아름답.
한자어(Ieroglif)- koreys tili leksikasining biri turi bo’lib, bir yoki bir nechta xitoycha belgilarni birlashtirib koreys tilida talaffuz qilish leksikasidir. Masalan: 꽃-화(花), 아래-하(下), 위-상(上)
외래어-Chet tilidan kirib kelgan va koreyscha yozilgan leksikadir. Masalan: 컴퓨터, 핸드폰, 샤워.
2-turiga ibora(관용어), maqola(속담), murakkablashib boradigan so’zlar(연어) kiradi.
관용어(Ibora) ikki yoki undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lib, birgina so‘zlarning ma’nosini butun ma’nodek aniqlay olmaydi ammo alohida ma'noga ega bo'lishini anglatadi. Masalan: 국수를 먹다.
속담(maqola) qadimdan xalq og‘zaki ijodiga o‘tib kelgan oson gaplar.Masalan: 하늘의 별 따기
연어(murakkablashib boradigan so’z) ikki yoki undan ortiq soʻz oʻzining toʻgʻridan-toʻgʻri maʼnosini saqlab, qo’shishni hosil qiladigan soʻzlar turkumidir. Masalan: 간을 보다


  1. Download 34.18 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling