Psixologiya va xorijiy tillar instituti psixologiya va xorijiy tillar fakulteti Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) magistri Ahadov Yo’ldosh Hamzayevichning
Download 17.65 Kb.
|
Ahadov ichki taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institute psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Z.S. Elov
Psixologiya va xorijiy tillar instituti psixologiya va xorijiy tillar fakulteti Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) magistri Ahadov Yo’ldosh Hamzayevichning “Aholining turli qatlamlariga psixologik xizmat ko’rsatish uslubi” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaga TAQRIZ Magistri Ahadov Yo’ldosh Hamzayevichning “Aholining turli qatlamlariga psixologik xizmat ko’rsatish uslubi” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi talab darajasida yozilgan. Magistrlik dissertatsiyasi kirish, 3ta bob, 7 ta paragraf, xulosa, tavsiya va adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat. Jahonda zamon talablariga mos, ijtimoiy farovonlikni ta’minlashga xizmat qiladigan, innovatsion usullar bilan qurollangan psixologik xizmatning tashkil etilishi bo‘yicha strategiyaga asoslangan ishlar olib borilmoqda. Ushbu strategiya asosida “Xalqaro psixologiya fanlari akademiyasi (Yaroslavl) talablariga muvofiq psixologik xizmatni tashkil etish va rivojlantirishning ilg‘or prinsiplari muntazam ravishda takomillashib bormoqda”, deb qayd qilingan. Ayni paytda, Xalqaro psixologiya fanlari akademiyasi (Yaroslavl) tomonidan muhokama qilinayotgan nazariy va amaliy ishlar psixologik xizmat faoliyatining bugungi kundagi zamonaviy qiyofasini belgilab bermoqda. Shu nuqtayi nazardan, psixologik xizmatni rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlarni takomillashtirishga asoslangan innovatsion natijalarni amaliyotga tatbiq etishga bo‘lgan zarurat tobora ortib bormoqda. Jahon miqyosida psixologik xizmat masalasi hamisha keng ijtimoiy va ilmiy jamoatchilikning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Insonga munosabat sivilizatsiyasi tobora takomillashib borar ekan, aholining turli qatlamlariga psixologik xizmat ko‘rsatish masalasi ham dolzarblashib boraveradi. Magistr dissertatsiya bo‘yicha tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Turli manbalardan olingan ma’lumotlar bir tizimga keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi hamda ushbu faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur tadqiqot ishi ma’lum darajada xizmat qiladi. Psixologik xizmat yo‘nalishining nazariy-ilmiy va metodologik asoslari umumiy psixologiya fani shakllanishi bilan bog‘liq uzoq tarixiy ildizlarga borib taqaladi. Qolaversa, psixologik xizmat jarayoni dastlabki psixologik tushunchalarning paydo bo‘lish va rivojlanish davrlari bilan bevosita bog‘liqdir. Umuman, tibbiyot, fiziologiya, fizika, mantiq, falsafa, antropologiya sohalaridagi yangi yangi kashfiyotlar inson psixologik holatini adekvat tushunish va talqin qilish bo‘yicha muayyan ilmiy yondashuvlarni shakllantirdi. Umumjahon muammolaridan biri hisoblangan psixologik xizmatni ilmiy tadqiq qilish borasida ko‘plab xorijiy va hamdo‘stlik mamlakatlarida, shu jumladan, respublikamizda bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lib, ularda mazkur muammoning kelib chiqishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy–psixologik omillar, statistik, demografik, huquqiy va hududiy xususiyatlar ilmiy tahlil qilingan. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Psixologik xizmat va uning tashkil qilinishi hamda rivojlanishiga ta’sir etuvchi psixologik mexanizmlar hozirgi kungacha bir qator mamlakatimiz va xorij olimlar tomonidan ko‘plab tadqiqotlarning predmetiga aylangan. Ilg‘or psixologiya fani vakillari ijtimoiy psixologiyaning metodologik tamoyillariga amal qilgan holda psixologik xizmat uchun muhim bo‘lgan u yoki bu jihatni nazariy ilmiy tarzda asoslab beradilar. Magistr Ahadov Yo’ldosh Hamzayevichning “Aholining turli qatlamlariga psixologik xizmat ko’rsatish uslubi” muammolarini o‘rganish va mavjud muammolar yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishni o‘z oldiga maqsad qilgan hamda olib borgan izlanishlari natijasiga o‘z maqsadiga erishgan. Dissertatsiyada ayrim imloviy xatolar mavjud bo‘lsada, ishning umumiy ahamiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Ish to‘liq yakunlangan bo‘lib, oldiga qo‘ygan maqsadiga to‘liq erishgan. Ishni ijobiy baholab himoyaga tavsiya etaman. Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institute psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Z.S. Elov Download 17.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling