Umumkasbiy fanlarni o‘qitish asosida bo‘lajak muhandislarni loyihaviy-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish metodikasi


Download 1.21 Mb.
bet1/3
Sana26.01.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1123390
  1   2   3
Bog'liq
2Ilmiy rahbar xulosasi


Tadqiqotchi Adilov Boburjon Baxridin o‘g‘lining “Umumkasbiy fanlarni o‘qitish asosida bo‘lajak muhandislarni loyihaviy-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaga ilmiy rahbar


XULOSASI

Jahon miqyosida ishlab chiqarish va taʼlimning integratsiyalashuvi jarayonida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, kasbiy hamda loyihaviy-konstruktorlik kompetentlikni taʼlimning innovatsion texnologiyalari asosida rivojlantirish, muhandislik taʼlimida ilg‘or texnologiya va elektron dasturlar, uskunalardan keng foydalanish, o‘qitishning anʼanaviy va zamonaviy usullarini integratsiyalash masalasi dolzarb vazifalardan biri sifatida etirof etilmoqda.


Bugungi kunda muhandislik yo‘nalishi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etishda kompetensiyaviy yondashuvlarga asoslangan tashkiliy-pedagogik mexanizmlarni takomillashtirish orqali mamlakatimiz intellektual resurslari potensiali ulushini oshirishga alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Tadqiqotchi Adilov Boburjon Baxridin o‘g‘lining tadqiqot ishi Umumkasbiy fanlarni o‘qitish asosida bo‘lajak muhandislarning loyihaviy-konstruktorlik kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan va shu maʼnoda mavzuning dolzarbligi ham shubhasizdir.
Dissertatsiyaning kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi va zururiyati, muammoning o‘rganilganlik darajasi, tadqiqot maqsadi, vazifalari, obʼekti, predmeti, ilmiy yangiligi, amaliy natijasi va natijalarning ishonchliligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining joriy qilinishi, tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi, tadqiqot natijalarining eʼlon qilinganligi pedagogika bo‘yicha falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyasini bajarishga qo‘yilgan talablar asosida yoritilgan.
Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak muhandislarning loyihaviy-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling