9-mavzu: Dunyo aholisi va zamonaviy demografik vaziyat Reja
Download 32.1 Kb.
|
9-mavzu 261120202108
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushunchalar
- 8-jadval
- Aholi tabiiy ko‘payishi № Hududlar Tug’ilish 1000 kishiga
- Nazorat ushun savollar
9-mavzu: Dunyo aholisi va zamonaviy demografik vaziyat Reja: Demografik portlash tushunchasi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda demografik vaziyat. Oraliq nazorat – 1. Asosiy tushunchalar: Aholi soni, tug‘ilish, o‘lim, aholining tabiiy o‘sishi, demografik portlash, demografik o‘tish, demografik vaziyat, demografik siyosat. XIX asrgacha dunyo aholisining soni ancha sekin o‘sib, 1820-yilga kelib 1 milliard kishiga yetdi. Bu jarayon aholining tabiiy o‘sishi pastligi bilan belgilangan edi, chunki o‘tgan tarixiy bosqichlarda ham tug‘i lish, ham o‘lim ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, ular orasidagi farq juda kichik darajada edi. Lekin 1 milliarddan 2 milliardgacha ko‘payish uchun insoniyatga birmuncha kamroq vaqt, ya’ni 107 yil kerak bo‘ldi (1820–1927-yillar orasi). Keyingi yillarda dunyo aholisi soni yanada tezroq o‘sib bordi. 1960-yilga kelib dunyo aholisi 3 milliard kishiga yetdi. 1975-yilga kelib 4 milliard kishi, 1987-yilda 5 milliard kishi, 1999-yilda 6 milliard kishi, 2011-yilga kelib esa 7 milliard kishiga teng bo‘ldi. 2017-yil holatiga jahon aholisi soni 7,5 milliard kishi atrofi da va o‘sishi davom etmoqda. Demak, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib jahon aholi sonining ko‘payishi keskin tezlashdi. Bu jarayon fanda demografi k portlash deb ataladi. Bu hodisaning sababi – ijtimoiy-iqtisodiy va fan-texnika taraqqiyoti tufayli aholining turmush darajasi yuksalishi, yashash sharoiti yaxshilanishi va sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishi, odamlarning o‘rtacha umr davomiyligining o‘sishi, o‘lim darajasi esa pasayib ketganligidir. Dastlab demografi k portlash XIX asrning boshi – XX asrning birinchi yarmida G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada ro‘y bergan bo‘lsa, XX asrning ikkinchi yarmida esa Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyadagi rivojlanayotgan mamlakatlar aholi sonining yuqori sur’atlar bilan o‘sishida o‘z aksini topdi. Rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi yuqori tezlik bilan o‘sib kelgan bir paytning o‘zida, Yevropa davlatlari va Yaponiyada aholining tabiiy ko‘payishi keskin sekinlashdi. Hattoki, ayrim hollarda tug‘ilish o‘limdan ham pastroq darajaga tushib ketib, aholining tabiiy kamayish (depopulyatsiya) jarayoni ham ro‘y berdi. Demografi k portlashdan keyingi tug‘ilishning pasayib ketish jara yoni sabablarini demografi k o‘tish nazariyasi yordamida izohlash mumkin. Bu nazariyaga ko‘ra, jamiyatda aholining takror barpo bo‘lishi 4 ta bosqichdan o‘tib o‘zgarib boradi (7-rasm). Dastlabki, 1-bosqichda tug‘ilish bilan o‘lim juda yuqori bo‘lib, orasidagi tafovut, ya’ni aholi tabiiy ko‘payishi minimal darajada saqlanadi. Bunday demografi k vaziyat “an’anaviy turg‘unlik” deb ataladi. Keyingi, 2-bosqich davomida o‘lim darajasi keskin kamayib, yuqorida ta’rifl angan demografi k portlash hodisasi ro‘y beradi. Demografi k o‘tishning 3-bosqichida o‘limning pasayish jarayoni o‘z poyoniga yetib, tug‘i lish darajasi kamayishni boshlaydi. Tug‘ilishning pasayib ketishi aho li ning yashash tarzi o‘zgarganligi (shaharlashuv, sanoatlashuv, mehnat unumdorligining yuksalishi, tibbi yotning rivojlanishi, ayollarning jamiyatdagi o‘rni o‘zgarishi va hokazo) natijasida yuzaga keladi. Yakuniy, 4-bosqichda esa tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari ancha past bo‘lib, tabiiy ko‘pa yish minimal darajada kuzatiladi va “zamonaviy barqarorlik” Demografik o‘tish bosqichlari deb ataluv chi demografi k vaziyat vujudga keladi. Ba’zida demografi k o‘tish jarayoni bu holat bilan chegaralanib qolmasdan, depopulyatsiya bosqichiga ham o‘tib ketadi. Dunyoning turli mamlakatlari demografi k o‘tishning har xil bosqichini boshdan kechirmoqda. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi rivojlangan mamlakatlar 4-bosqichda bo‘lib, tug‘ilish va aholi tabiiy ko‘payishining pastligi bilan ajralib turibdi. Osiyoda Janubiy va Shimoliy Koreya, Singapur, Tailand va hattoki aholi soni jihatidan dunyoda yetakchilik qilayotgan Xitoy ham demografi k o‘tishning yakuniy bosqichiga kirdi. Lotin Amerikasi va Okeaniyaning ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarida ham o‘xshash demografi k vaziyat kuzatilmoqda. Tug‘ilish va aholining tabiiy ko‘payishining eng past ko‘rsatkichlari esa Vengriya, Bolgariya, Serbiya, Ruminiya, Latviya, Litva, Ukraina kabi Yevropaning o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlariga xos. Bu davlatlarda bir necha yildan buyon aholining tabiiy kamayishi sodir bo‘lmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligi demografi k o‘tishning 3-bosqichini kechirmoqda, ularda tug‘ilish ko‘rsatkichlari asta-sekin pasayib bormoqda. Demografi k o‘tish jarayonining eng past sur’atlari esa Afrika davlatlari uchun xos. Ayniqsa, G‘arbiy, Markaziy va Sharqiy Afrika mamlakatlarida tug‘ilish va aholi tabiiy ko‘payishining yuqori darajalari saqlanib qolmoqda. Jumladan, 2016-yil yakunlari bo‘yicha, jahonning aholi tabiiy ko‘payish sur’atlari bo‘yicha 10 ta yetakchi davlat ichida 9 tasi Afrika materigida joylashgan, birinchi beshlikdan esa faqat Afrika mamlakatlari (Malavi, Uganda, Burundi, Niger, Mali) joy olgan. Demak, dunyoning eng rivojlangan davlatlari hamda o‘tish iqtisodiyotidagi ko‘p davlatlar demografi k o‘tishni yakunlab qo‘ygan bo‘lsa lar, Afrikaning ijtimoiy-iqtisodiy jihatidan eng sust rivojlangan mamlakatlari 2-bosqichdan 3-bosqichga o‘tish arafasida turibdi. Shuning uchun hozirgi sharoitda dunyo aholisi, asosan, rivojlanayotgan va eng qoloq mamlakatlar hisobiga ko‘payib bormoqda. Hozirgi davrda dunyo aholisi har yili o‘rtacha 70–80 mln kishiga ko‘paysa, bu ko‘payishning 97% Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlariga to‘g‘ri keladi (8-jadval). Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning demografi k vaziyatidagi tafovutlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, shaharlashuv, aholining turmush tarzi va an’anaviy qadriyatlarning saqlanganlik darajasi kabi omillar bilan bog‘liq. 8-jadval. Dunyo va yirik regionlarning asosiy demografik ko‘rsatkichlari (2016-y.)
Tabiiy ko‘payishning yuqori sur’atlari saqlanishi yoki o‘ta past darajaga tushishi mamlakat iqtisodiyoti uchun turli muammolarni keltirib chiqaradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu muammolar ishsizlik, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi kamchiliklar bo‘lsa, rivojlangan davlatlarda ular mehnat resurslari yetishmasligi, nafaqa va soliq tizimlarining beqarorligida bilinadi. Ayrim davlatlar demografi k vaziyatini o‘zgartirish maqsadida maxsus moddiy, ma’muriy va targ‘ibot choralarini qo‘llab kelmoqda. Davlat tomonidan ishlab chiqilgan va amalga oshiriladigan bunday choralar tizimi demografi k siyosat deb ataladi. Demografi k siyosat, asosan, ikki xil: mamlakat aholisi tabiiy o‘sishini kamaytirishga qaratilgan yoki uni ko‘tarish maqsadini ko‘zlaydigan bo‘ladi. Birinchi yo‘nalishdagi demografi k siyosat tajribalari Xitoy, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Eron va boshqa rivojlanayotgan davlatlarda mavjud bo‘lsa, ikkinchisi Yevropa mamlakatlarida amalga oshirilmoqda. Nazorat ushun savollar: 1. Demografik portlash tushunchasi nimani anglatadi va u nima sababdan ro‘y beradi? 2. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda demografik vaziyat qanday farqlanadi? 3. Turli maqsadlarga yo‘naltirilgan demografik siyosat haqida fikringizni bildiring. Download 32.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling