15-ma’ruza. Linux operatsion tizimi. Linux distributivlari Reja: Linux operatsion tizimi haqida Linux va Windows ot lari qiyosiy tahlili


Download 436.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana15.08.2023
Hajmi436.29 Kb.
#1667250
  1   2   3   4
Bog'liq
15-document



15-ma’ruza. Linux operatsion tizimi. Linux distributivlari 
Reja: 
1. Linux operatsion tizimi haqida 
2. Linux va Windows OT lari qiyosiy tahlili
1. Linux operatsion tizimi haqida 
Operatsion tizim - bu bir-biri bilan bog‘langan tizimli dasturlar majmuasidir, 
uning maqsadi foydalanuvchilarning kompyuter bilan o‘zaro aloqasini va boshqa 
barcha dasturlarning bajarilishini tashkil etishdir. 
Operatsion tizim kompyuter uskunalari va foydalanuvchi bajariladigan 
dasturlar o‘rtasida bog‘lovchi vazifasini bajaradi. 
Dunyodagi eng mashhur operatsion tizimlar Microsoft koorporatsiyasidan 
taklif qilingan va qo‘llab quvatlanadigan Windows operatsion tizimidir. Uning 
barcha foydalanuvchilar operatsion tizimlari orasidagi o‘rtacha ulushi 90%dan 
ko‘proqni tashkil qiladi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar kompyuterda ishlash uchun 
Windows operatsion tizimi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Hamma 
foydalanuvchilar ham muqobil yoki boshqa operatsion tizimlar haqida bilishmaydi, 
lekin oxirgi besh yillikda foydalanuvchilar, ayniqsa axborot texnologiyalari 
sohasida ta’lim oluvchi talabalar va ishlovchi xodimlar Linux operatsion tizimidan 
foydalanishga o‘tishmoqda. 
Linux operatsion tizimi 1991 yil Xеlsinkidagi univеrsitеtlardan birida taxsil 
oluvchi talaba Linus Torvaldsning disеrtatsiya ishi natijasida, UNIX opеratsion 
tizimi asosida yangi opеratsion tizimi sifatida yuzaga kеldi. Avvaliga Torvalds yangi 
operatsion tizimni Freax (inglizcha "free", "freak" so‘zlari hamda UNIX oilasiga 
mansubligini bildiruvchi "X" xarflari birlashmasi) deb atamoqchi edi. Biroq kernel 
birinchi bor joylashtirilgan FTP serverning administratori hamda Torvaldsning 
do‘sti Ari Lemka kernelga tegishli jildni linux deb nomladi. Shu-shu bu operatsion 
tizim ushbu nom bilan atala boshlandi. 
Opеratsion tizim Intеrnеt tarmog‘iga joylashtirishi natijasida tеz orada o‘z 
foydalanuvchilari va muxlislariga ega bo‘ldi va ko‘pgina dasturchi 
(programmist)larni o‘ziga jalb qilishi Linux opеratsion tizimining kеskin 
rivojlanishi uchun katta omil sifatida xizmat qildi. 
1991 yilda Linux ning 0.01 versiyasi vujudga kelgan. Linux OT turli 
mamlakatlarning dasturchilari tomonidan yaratilgan bo‘lib, ochiq kodli operatsion 
tizim bo‘lib, internet mahsuloti hisoblanadi. 


OT quyi darajadagi dasturiy ta'minot bo‘lib, ma'lumotlarni saqlash va printer, 
ekran, klaviatura, sichqoncha, printer kabi periferiya qurilmalariga interfeysni 
ta'minlab beradi. OT ikki qismdan iborat: yadro va tizim dasturlari. Yadro 
kopmyuterdagi barcha dasturlar uchun CPU, qattiq diskdan, tezkor xotira kabi 
mashina resurslarini taqsimlab beradi. Tizim dasturlari yuqori darajadagi 
topshiriqlarni, klient/server qismiga oid vazifalarni bajaradi. 
Bugungi kunda dunyo miqyosidagi opеratsion tizimlar ichida o‘ziga xos 
o‘riniga egadir. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, Linux erkin tarqatiladigan 
ta’minotlardan biridir, ya’ni har bir foydalanuvchi dastlabki tizim kodlarini Intеrnеt 
tarmog‘i orqali yoki bo‘lmasa kompakt-diskdagi nusxasini sotib olish imkoniyatiga 
ega. Bu opеratsion tizimning 2 ta ishlash uchun mo‘ljallangan intеrfеyslari bo‘lib, 
ular GUI (Graphic User Interface) - grafikali intеrfays hamda CLI (Command Line 
Interface) - konsol, ya’ni komandalar qatoridan iboratdir. 
So‘ngi yillarda Linux OT, Unix oilasiga mansub OTning innovatsion 
mahsulotlari ichida eng yaxshisi bo‘lib kelmoqda. Linux OT ning avzalliklari: 
Ilovalar: Linux OT ning pullik va pulsiz versiyalari uchun keng ko‘lamda 
ilovalarning mavjudligi hamda web server, tarmoq havsizligi, administratsiyalash, 
grafik instrumentlarining keng mashtabdaligi bilan avzal hisoblanadi. Dunyoning 
yirik kompaniyalari Linux ilovalarining doimiy yangilab borishini, Linuxning 
yadrosiga doimiy qo‘shimchalar kiritib borish qiziqishlarini bildirishgan. Masalan 
IBM kompaniyasi Linuxning doimiy hamkori hisoblanadi. Linux POSIX 
standartining barcha talablariga javob beradi. 
Periferiya qurilmalari: Barcha kompyuter qurilmalari bilan tez oson ulanishi 
bilan ajralib turadi. 
Dasturiy ta'minot: Foydalanuvchilarga dasturiy mahsulotlardan foydalana olish 
imkoniyati, nafaqat dastur kodi (source code) balki uning kompilyatsiyalangan 
versiyasi, dasturlarning oson or'natilishi va tezda ishga tushishi bilan muhim 
hisoblanadi. Bunday dasturlarga Java ni qo‘llab quvatlovchi ochiq kodli dasturiy 
ta'minot Netscape ni keltirishimiz mumkin. Shu bilan birgalikda Mozilla, 
Thunderbird, Firefox ham ular qatorig kiradi. 
Platforma: Linux nafaqat Intel bazasidagi platformalar uchun balki, Apple 
(PPC Linux), Compaq's alfa, MIPS, Motorola 68K asoslangan mashinalar, 64 bitli 
tizimlar va IBM S/390x platformalari uchun mo‘ljallangan. Linux ko‘pprotsessorli 
hisoblash mashinalarida ishlaydi. 
Emulyator: Linux boshqa OT uchun mo‘ljallangan dasturlarni, Linux muhitida 
ishlashini ta'minlab beruvchi emulyator dasturlarini qo‘llab quvatlaydi. Emulyator 
yordamida DOS, Windows va Macintosh dasturlarini Linux ostida ishlatishni 
ta'minlaydi. Ochiq kodli dastur bo‘lgan Wine Unix/Linux oilasiga mansub bo‘lgan 


x86 arxitekturali tizimlarda Windowsning 16-32-64 bitli ilovalarini ishlatishni 
amalga oshirib beradi. 
Linux ixcham (portable) tizim hisoblanib, har xil hisoblash mashinalarida 
ishlashi mumkin. Linux oilasiga mansub barcha OT ning 95 foizi C dasturlash tilida 
yozilgan bo‘lib, hisoblash mashinasiga bo‘g‘liq bo‘lmagan dasturlash tili 
hisoblanadi. 
Linux portativ hisoblangani uchun, turli xil hisoblash mashinalarning asosiy 
talablariga to‘liq javob bergan holda moslashadi. Masalan Linux mobil telefonlar, 
Televizor kabel qurilmalari kontrollerlariga o‘rnatish mumkin. Fayl tizim strukturasi 
qattiq disk bilan tez ishlashi uning ustunligi hisoblanadi. Linux OT 
ko‘pfoydalanuvchi OT sifatida qaraladi.
Linux ОT Internet tarmog‘idagi ochiq sistemalar va protokollar standartlarini 
qo‘llab-quvvatlaydi hamda Unix, Dos, MS Windows sistemalariga mos keladi. 
Sistemaning 
barcha 
komponentiari, 
dastlabki 
matnlar 
bilan 
birgalikda 
chegaralanmagan holda barcha foydalanuvchilarga ochiq nusxa olish va o‘rnatish 
uchun litsenziya bilan birga tarqatiladi. 
Linux ОT Internet PC Pentium Pro platformalarida keng tarqalgan va qator 
boshqa platformalarda ham joy egallamoqda (DEP AXP, Power Macintosh va h.k.). 

Download 436.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling