15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Ulgurji savdo korxonalarida tovarlarni sintetik va analitik hisobi


Download 0.65 Mb.
bet57/106
Sana12.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1699827
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106
Bog'liq
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org

Ulgurji savdo korxonalarida tovarlarni sintetik va analitik hisobi. Ulgurji savdo korxonalarida tovarlarni buxgalteriyadagi sintetik hisobi ombor mudirlarining «Tovar hisoboti» nomli hisobotlariga asoslanadi. Ombor mudirlari korxona hisob siyosatida ko’rsatilgan muddatlarda buxgalteriyaga «Tovar hisoboti» taqdim etadilar. Tovar hisobotida hisobot davri boshiga va oxiriga tovarlar qoldig’i hamda hisobot davrida omborga olingan va ombordan chiqarilgan tovarlar ko’rsatiladi. Tovar hisobotiga ularni, harakatini tasdiqlovchi barcha birlamchi hujjatlar ilova qilinadi. Ombor mudirlarining tovar hisobotlari buxgalteriyada mantiqan va arifmetik jihatdan tekshiriladi. Tekshirilgan tovar hisobotlari tovarlarni buxgalteriya hisobini tashkil qilishga asos bo’ladi.
Ulgurji savdo korxonalarida tovarlar harakatining sintetik hisobi balansga nisbatan aktiv bo’lgan 2910-«Ombordagi tovarlar» schyotida yuritiladi.
Tovarlar harakati quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi:
1. Mol yetkazib beruvchi va pudradchilardan shartnoma asosida tovarlar olinganda:
Debet 2910-«Ombordagi tovarlar»,
Kredit 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar».
Kredit 7010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar».
2. Hisobdor shaxslar orqali olingan tovarlarga:
Debet 2900-«Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetetik schyoti,
Kredit 6970-«Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarz».
3. Savdo korxonasining asosiy va yordamchi tsexlarida qayta ishlangan tovarlarni qabul qilib olish:
Debet 2910-«Ombordagi tovarlar»,
Kredit 2010-«Asosiy ishlab chiqarish»
4. Ustav fondiga hissa sifatida olingan tovarlarga:
Debet 2900-«Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetetik schyoti,
Kredit 4610-«Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi»
5. Tovarlarni qayta baholash natijalari:
-agar qayta baholash natijasida ularning baholari oshgan bo’lsa:
Debet 2900-«Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetetik schyoti,
Kredit 6230-«Boshqa kechiktirilgan daromadlar»
-agar qayta baholash natijasida ularning baholari pasaygan bo’lsa:
Debet 3190-«Boshqa kelgusi davr xarajatlari»,
Kredit 2900-«Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetetik schyoti,
6. Tovarlar qaytarib olmaslik sharti bilan tekinga olinganda:
Debet 2900-«Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetetik schyoti,
Kredit 8530-«Tekinga olingan mulk»
7. Inventarizatsiya natijasida hisobga olinmagan tovarlar aniqlanganda:
Debet 2900-«Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetetik schyoti,
Kredit 9390-«Boshqa operatsion daromadlar»
8. Inventarizatsiya natijasida moddiy javobgar shaxs aybi bilan aniqlangan kamomadga:
Debet 4730-«Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi»,
Kredit 2900-«Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetetik schyoti
9. Tovarlarni xom-ashyo va materiallar tarkibiga o’tkazganda:
Debet 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining ikkinchi tartibli sintetik schyotlari bo’yicha,
Kredit 2900-«Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetetik schyoti,
10. Tovarlarni moliyaviy qo’yilmalar maqsadi uchun foydalanganda:
Debet 9120-«Sotilgan tovarlarning tannarxi»
Kredit 2900-«Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetetik schyoti,
11. Tovarlarni o’zining alohidalangan korxonasiga berganda:
Debet 4110-«Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar»
Kredit 2900-«Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetetik schyoti,
12. Mol yetkazib beruvchi va pudradchilardan olingan tovarlar puli o’tkazib berilganda:
Debet 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti»
13. Chakana savdo va boshqa korxonalardan sotilgan tovarlarning puli hisob-kitob schyotiga kelib tushganda::
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»,
Kredit 4010-«Chakana savdodagi tovarlar»
16. Sotilgan tovarlarning tannarxlari hisob baholarida hisobdan chiqarilganda:
Debet 9120-«Sotilgan tovarlarning tannarxi»
Kredit 2900-«Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetetik schyoti
17. Tovarlarning ulgurji baholariga nisbatan o’rnatilgan savdo ustamalari summasiga:
Debet 2980-«Savdo ustamalari»,
Kredit 9110-«Ombordagi tovarlar».
17. Hisobot davrining oxirida yo’lda qolgan tovarlar summasiga:
Debet 2970-«Yo’ldagi tovarlar»,
Kredit 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»
18. Yo’ldagi tovarlar keyingi hisobot davrida qabul qilinganda:
-o’tgan hisobot oyida tuzilgan buxgalteriya o’tkazma qizil qalam bilan qayta yozilib ilgarigi yozuv bekor qilinadi:
Debet 2970-«Yo’ldagi tovarlar»,
Kredit 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»
-haqiqiy kelgan tovarlar summasiga:
Debet 2910-«Ombordagi tovarlar»,
Kredit 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»
-ularga tegishli bo’lgan ustama summasiga:
Debet 2910-«Ombordagi tovarlar»,
Kredit 2980-«Savdo ustamalari».
Tovarlarning sintetik va analitik hisobi muomalalari tayyor mahsulotlarning sintetik va analitik hisobi kabi 11-jurnal orderda va 16-qaydnomada yuritiladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling