Savdo korxonalarida tovarlar harakatini hujjatlashtirish. Savdo korxonalari tovarlarni mol yetkazib beruvchilardan oldindan tuzilgan shartnomalar asosida oladilar. Shartnomada tovarlarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
1. Shartnomani predmeti;
2. Tovarlarning tavsifini ko’rsatuvchi belgilar, rangi, navi, texnik xarakteristikasi va boshqa shu kabilar;
3. Tovarlarni miqdori, bahosi, tashib keltirish tartibi;
4. Hisoblashuv hamda kelib chiqqan nizolarni hal qilish tartibi;
Savdo korxonalarida tovarlarni mol yetkazib beruvchi va pudratchilardan kelishi va ulgurj yoki mayoda ulgurji shaklida chiqib ketishi (sotish va boshqa maqsadlarga berish)ni hujjatlashtirish materiallar harakatini hujjatlashtirishga o’xshaydi. Bunda bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmatlar xaridorlarga «Bajarilgan ishlarni qabul-topshirish dalolatnomasi» bilan rasmiylashtiriladi. Chakna savdo shaxobchalarida tovarlarni (bajarilgan ishlarni, xizmatlarni) naqd pulga sotish kassa apparati yoki plastik kartochka terminallarining cheki bilan rasmiylashtiriladi.
Savdo korxonalarida tovarlarni ombor hisobi. Ulgurji va mayda ulgurji savdo korxonalarida tovarlarni oborga qabul qilish tartibi va ombor hisobi, materiallarni omborga qabul qilish va ombor hisobiga uxshaydi. Tovarlarning ombor hisobi ombor mudirlari tomonidan, katta avtomatlashtirilgan omborlarda esa shu ish bilan shug’ullanadigan ombor buxgalterlari tomonidan har bir tovarning turi, navi, nomenklatura raqamlari bo’yicha ochiladigan № M-17-«Tovarlarni ombor hisobi kartochkasi»da qo’lda yoki kompyuter texnikasi yordamida materiallarni qabul qilish va ombor hisobi kabi olib boriladi17.
Savdo korxonalarida tovarlarni sintetik va analitik hisobi.
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning «Moliya-xo’jalik faoliyatlarini buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi»da savdo korxonalarida tovarlarni sintetik hisobini olib borish uchun balansga nisbatan aktiv bo’lgan 2900-«Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar»schyoti belgilangan.
Savdo korxonalarda tovarlarni hisobi 2900-«Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotida quyidagi ikkinchi darajali sintetik schyotlarda olib boriladi:
2910-«Ombordagi tovarlar»
2920-«Chakana savdodagi tovarlar»
2930-«Ko’rgazmadagi tovarlar»
2940-«Prokat buyumlari»
2950-«Tovar idishlari va bo’sh idishlar»
2960-«Komissiyaga berilgan tovarlar»
2970-«Yo’ldagi tovarlar»
2980-«Savdo ustamalari»
2990-«Boshqa tovarlar»
Savdo korxonalarida tovarlarni sotishni hisobini olib borish uchun schyotlar rejasida 9020-«Tovarlarni sotishdan olinadigan daromadlar», 9030-«Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar» 9040-«Sotilgan tovarlarning qaytarilishi»va 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» schyotlari nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |