15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Download 0.65 Mb.
bet55/106
Sana12.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1699827
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106
Bog'liq
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org

5-ma’ruza: Tovarlar hisobi.
Reja:

  1. Tovarlar haqida tushuncha va ularning sotish usullari.


  2. Savdo ustamasi va uni hisoblash tartibi.


  3. Tovarlarni hisobga olish tizimlar.


  4. Tovarlar xarakatini sintetik hisobi.





Savdo korxonalarida tovarlarni harakatini hujjatlashtirish, ularni ombordagi va buxgalteriyadagi operativ-saldo hisobi
Savdo korxonalarini tavsifi. Savdo korxonalari iqtisodiyotning hizmat ko’rsatish sohasining tarkibiy qismi bo’lib, ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi o’rtasida bog’lovchi vazifasini bajaradi12.
Ulgurji va mayda ulgurji savdo korxonalari tegishli ruxsatni olgan taqdirda tashqi savdo faoliyati bilan ham shug’ullanishlari mumkin.
Tashqi savdo-bu bir mamlakat ichida ishlab chiqarilgan mahalliy tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish faoliyati sfatida tavsiflanadi.
Me’yoriy hujjatlarda tijorat maqsadlarida foydalanish yoki o’z ishlab chiqarish-xo’jalik ehtiyojlari uchun hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklida xarid qilinadigan tovarlarni sotish ulgurji savdo faoliyati deb e’tirof etiladi13. Huquqiy shaxslarga ulgurji savdo bilan shug’ullanishga tegishli litsenziya olgan taqdirda ruxsat beriladi.14
Ulgurji savdo, tashkilotlararo, tashkilotlar va tadbirkorlararo hamda tadbirkorlararo turlariga bo’linadi.
Savdo korxonalariga «Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to’g’risidagi nizom»ga muvofiq quyidagi savdo hizmatlarini ko’rsatishga ruxsat berilgan15:
1. Ulgurji savdo-qayta sotish yoki o’z ishlab chiqarish-xo’jalik ehtiyojlari maqsadlarida foydalanish uchun hisob-kitoblarning naqdsiz shaklida xarid qilinadigan tovarlarni sotiib olish va sotish;
2. Chakana savdo-tovarlarni aholi va korxonalar iste’moli uchun donalab yoki ko’p bo’lmagan miqdorlarda naqd pulga sotishni nazarda tutuvchi savdo faoliyatidir. Mazkur savdo turini amalga oshiruvchi xo’jalik yurituvchi sub’yektlar chakana savdo korxonalari deb ataladi.
Ulgurji va chakana savdo korxonalari tovarlarni ishlab chiqarish korxonalaridan yoki vositachi korxonalardan shartnoma asosida kelishilgan baholarda sotib oladilar. Savdo tashkilotlari tovarlarni sotishni tashkil qilish jarayonida sodir bo’ladigan sarflarni qoplash va foyda olish maqsadida tovarlarni sotib olish baholariga nisbatan me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilan miqdorlarda16 savdo ustamasi hisoblab, xaridorlarga tovarlarni chakana baholarda sotadilar. Misol: agar savdo tashkilotni tovarni shartnoma asosida 500000 so’m sotib olgan bo’lsa, me’yoriy hujjatlarda tovarning sotib olish bahosiga nisbatan 30 foiz ustama qo’yish nazarga tutilganda, bunday tovarning chakana sotish bahosi 650000 so’m teng bo’ladi (500000 so’m. + 500000 so’m x 30 foiz : 100).
Savdo ustamalari savdoni tashkil qilish va boshqarish sarflarini, tovarlarni tashib keltirish transport ta’riflarini, saqlash (ombor mudirlarining, qorovullarning ish haqlari)ni, sotishga tayyorlash (tovarlarni qadoqlash bilan band bo’lgan ishchilarning ish haqlari, qadoqlash uchun sarflangan idish va idish materiallarini saflari)ni, sotish xarajatlari (sotuvchilarning va boshqa xodimlarning ish haqlari)ni hamda tovarlarni yo’lda, saqlash joylarida tabiiy kamayish me’yorlari miqdorida kam kelishini, shuningdek, sotish joylarida (savdo zallarida) yuz beradigan o’g’riliklarni, tovarlarni sinishini, chirishini, buzilishini (agar ularning aybdorlari topilmaganda) korxona mehnat jamoasi o’rnatgan me’yorlarda qoplashga sarflanadi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling