15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


-ma’ruza: Mehnat va ish haqi hisobini tashkil etishning vazifalari va mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish


Download 0.65 Mb.
bet90/106
Sana12.10.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1699827
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   106
Bog'liq
15-ma’ruza Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol ye-fayllar.org

11-ma’ruza: Mehnat va ish haqi hisobini tashkil etishning vazifalari va mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish.
Reja:

  1. Mehnat va ish haqi hisobini tashkil etish hamda uning vazifalari.


  2. Mehnat munosabatlarini tartibga solish.


  3. Korxonaning shaxsiy tarkibi, mehnatga haq toʻlash tizimlari, shakllari va turlari.


  4. Mehnat va ish haqini dastlabki hujjatlarda rasmiylashtirish hamda umumlashtirish.





Shaxsiy tarkib va uni hisobga olish bo’yicha hujjatlar
Shaxsiy tarkibni hisobga olishda quyidagi hujjatlardan foydalaniladi:
1. Ishga qabul qilish haqidagi buyruq;
2. Xodimlarning T-2 va T-2DX shakldagi shaxsiy kartochkasi;
3. T-3 shakldagi lavozimlar jadvali;
4. Ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlarning T-4 shakldagi hisobga olish kartochkasi;
5. Boshqa ishga o’tkazish haqidagi buyruq;
6. Mehnat me’yori berish haqidagi buyruq;
7. Mehnat me’yori berish haqidagi jadval;
8. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruq;
9. Xizmat safariga yuborish haqidagi buyruq;
10. Xizmat safari guvohnamasi;
11. Xizmat safari topshirig’i va uni bajarilganligini qayd qilish kartochkasi;
12. Xodimni rag’batlantirish haqidagi buyruq.
Ishga qabul qilish to’g’risidagi buyruq xodimlar bo’limi tomonidan tayyorlanib korxona rahbari va boshqa mutasadi (huquqshunos, bo’lim boshlig’i, xodimlar bo’limi boshlig’i va boshqalar) ma’sullar tomonidan imzolanadi.
Buyruqda ishga qabul qilinuvchi shaxsning mansabi, malakasi, sinov muddati, bajaradigan ishining xususiyati, ishga olish shartlari hamda qaysi bo’limga ishga olinayotganligi va boshqalar ko’rsatiladi.
Ishga qabul qilingan xodim rahbar tomonidan imzolangan buyruq bilan tanishtiriladi va tanishganligi haqida imzo chekadi. Buyruq asosida mehnat daftarchasida ishga qabul qilinganligi haqidagi yozuv amalga oshirilib, xodimning shaxsiy kartochkasi to’ldiriladi, buxgalteriyada esa xodimga ish haqi hisoblash shaxsiy schyoti ochiladi.
Ishga qabul qilish haqidagi buyruq, mehnat daftarchasi, pasport, harbiy bilet, o’quv yurtini tamomlaganligini tasdiqlovchi hujjat, davlat pensiya idorasining sug’urta guvohnomasi, soliq idorasida hisobga olinganligini tasdiqlovchi va qonunchilikda yoki korxona mehnat jamoasi tomonidan nazarda tutilgan boshqa hujjatlar hamda ishga qabul qilinayotgan hodimning o’zi haqidagi bildirishlariga asosan har bir ishlovchiga T-2 va T-2DX shakldagi shaxsiy kartochka ochiladi va to’ldiriladi.
Ilmiy, ilmiy-izlanish, ilmiy-ishlab chiqarish, ta’lim va shu kabi boshqa ilmiy faoliyat bilan shug’ullanadigan muassasalar ilmiy xodimlarini hisobga olish uchun T-2 shakliga qo’shimcha T-4 shakldagi ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlarni hisobga olish kartochkasi to’ldiriladi. T-4 shaklidagi kartochka ilmiy daraja haqidagi diplom, ilmiy unvonni tasdiqlaydigan attestat va hodimning tastiqlangan ilmiy ishlar ro’yxati asosida to’ldiriladi.
Har bir korxonada lavozimlar tarkibini va sonini rasmiylashtirish maqsadida lavozimlar jadvali tuziladi. Lavozimlar jadvalida bo’linmalar, lavozimlar, lavozim birliklari, lavozim okladlari, oylik ish haqi fondiga qo’shimchalar ko’rsatiladi. Shtatlar jadvaliga kiritiladigan o’zgartirishlar asoslangan tartibda korxona rahbarining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
Ishlovchilarni boshqa xizmat lavozimiga o’tkazish xodimlar bo’limi tomonidan tuzilib korxona rahbari tomonidan imzolanadigan «Boshqa ishga o’tkazish» haqidagi buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Xodim buyruq bilan tanishganligi to’g’risida imzo chekadi. Shu buyruqqa asosan xodimning mehnat daftarchasiga, shaxsiy kartochkasiga va buxgalteriyadagi ish haqi hisoblash haqidagi shaxsiy schyotiga tegishli o’zgartirishlar kiritiladi.
Xodimlarga mehnat qonunchiligida, mehnat shartnomasida, jamoa shartnomasida va boshqa me’yoriy hujatlarda nazarda tutilgan mehnat me’yori berish xodimlar bo’limi tomonidan mehnat me’yori jadvaliga asosan tuziladigan va korxona rahbari imzolaydigan buyrug’ bilan rasmiylashtiriladi. Bu haqida xodim tanishtiriladi va tanishgani haqida imzo chekadi. Shu buyruqqa asosan xodimning shaxsiy kartochkasiga, buxgalteriyadagi ish haqi hisoblash haqidagi shaxsiy schyotiga tegishli yozuv amalga oshiriladi va mehnat me’yoriga tegishli bo’lgan ish haqi hisoblanadi.
Mehnat me’yori jadvali korxona tarkibiga kiruvchi barcha bo’linmalarda faoliyat ko’rsatayotgan ishlovchilarni yil davomida oylar kesimida mehnat me’yoriga chiqarish haqidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun belgilangan. Mehnat me’yori jadvalini tuzishda mehnat qonunchiligi talablari, korxona ish faoliyatining xususiyatlari va ishlovchining xohishi inobatga olinadi.
Mehnat me’yori jadvali korxona kasaba uyushmasi bilan kelishib tuziladi. Xodimlar bo’limi va bo’linma rahbarlari tomonidan imzolanib korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Agar mehnat me’yori muddatini xodim va bo’linma rahbari bilan kelishib boshqa vaqtga ko’chirilsa mehnat me’yori jadvaliga tegishli o’zgartirish kiritiladi.
Mehnat shartnomasi harakatini to’xtatish (bekor qilish) haqidagi buyruq ishlovchilarni ishdan bekor qilinganligini rasmiylashtirish va hisobini olib borish uchun foydalaniladi. Xodimlar bo’limi tomonidan rasmiylashtirilib korxona rahbari imzolaydi va xodimga yozma ravishda uning imzosi bilan ma’lum qilinadi. Buyruqqa asosan xodimning shaxsiy kartochkasiga, buxgalteriyadagi ish haqi hisoblash haqidagi shaxsiy schyotiga, mehnat daftarchasiga tegishli yozuvlar amalga oshiriladi.
Xodimlarni hizmat safariga yuborishga xodimlar bo’limi tomonidan tayyorlanib korxona rahbari tomonidan imzolanadigan buyruq asos bo’ladi. Buyruqda safarga yuborilayotgan shaxsning familyasi ismi sharifi, xizmat lavozimi, qaysi bo’linmada ishlashi hamda safar muddati, maqsadi, safar joyi va safar xarajatlarini to’lash manba’lari aniq ko’rsatiladi.
Safar guvohnomasi xodimni safarda bo’lishini tasdiqlovchi hujjat bo’lib, safarga yuborish haqidagi buyruqqa binoan yoziladi. Guvohnomaning orqa tomoni safar joyiga kelganligi va ketganligi haqida mutasadi shaxslarning imzosi qo’yilib korxona muhri bilan tasdiqlanadi.
Safarga borib kelgan shaxs me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilgan muddatlarda, odatda, 3 kun ichida korxona buxgalteriyasiga safar xarajatlari hisoboti taqdim etadi. Hisobotga safar xarajatlarni tasdiqlovchi barcha hujjatlar ilova qilinadi.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling