15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja
Yakuniy moliyaviy natijalarning shakllanish hisobi muomalalari
Download 0.63 Mb.
|
2 5208956230877321573
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni Summa ming so‘m Debet
- Foydaning shakllanishi va ishlatilishi
Yakuniy moliyaviy natijalarning shakllanish hisobi muomalalari
Hisobot yilining yakunlari bo‘yicha korxona foyda olsa (ya’ni, 9910-schyotning kredit tomonidagi saldo), unda hisobda bu operatsiya quyidagi jadvaldagi 10-raqamli yozuv bilan, zarar ko‘rsa (ya’ni, 9910-schyotning debet tomonidagi saldo), 11-raqamli yozuv bilan aks ettiriladi. Yuqoridagi muomalalarni umumiy qilib quyidagi jadvalda keltirish mumkin. Sof foyda miqdorini o‘rganish va unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish ularni chuqur har tamonlama o‘rganish imkoniyatlarni aniqlashga hamda korxona samaradorligini oshirishga olib keladi. Har bir xo‘jalik subyekti o‘z faoliyati natijasida sof foydaga erishishni ko‘zlaydi. Ushbu ko‘rsatkich soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda summasidan foydadan soliq va boshqa soliqlar va ajratmalarni chegirish asosida aniqlanadi. Sof foyda - korxonaning butun ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatining hamma turlari bo‘yicha, shu jumladan, mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bevosita va bilvosita xarajatlar, asosiy faoliyat daromadlar va xarajatlar qoldig‘i, moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va xarajatlar qoldig‘i, tasodifiy foyda va zararlar qoldig‘i bo‘yicha aniqlanadi. Taqsimlanmagan foyda — sof foydaning aksiyadorlar (ishtirokchilar) tomonidan taqsimlanmagan va tashkilotning ixtiyorida qolgan qismi. Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) va o‘tgan yillarning jamg‘arilgan foydasi (qoplanmagan zarari) bir-biridan farq qiladi. Taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar hisobi quyidagi schyotlarda yuritiladi: 8710-“Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”; 8720-“Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)”. Foydadan foydalanilishi 8710-schyot debeti bo‘yicha majburiyatlar, fondlar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan korrespondensiyada aks ettiriladi. Uning taqsimlanmagan qismi esa 8720-“Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)” schyotiga o‘tkaziladi. 1-rasm. Foydaning shakllanishi va ishlatilishi Sof foydaning shakllanishi va uni to‘g‘ri taqsimlash hamda undan oqilona foydalanishda shunday maqbul tartibni qo‘llash kerakki, toki u korxona jamoasi va har bir xodim mehnatining korxona jamoasi va har bir xodim mehnatining xodim mehnatining samaradorligini oshirishga bo‘lgan moddiy manfaatdorligini o‘z-o‘zidan kuchaytirishga olib kelsin. Agar taqsimlanmagan foyda rezerv kapitalini shakllantirishga yo‘naltiriladigan bo‘lsa, 8520-schyot kreditlanadi, 8710-schyot esa debetlanadi. Korxonaning kundalik zararlarini qoplash zarurati yuzaga kelgan taqdirda, rezerv kapitali hisobiga qayta o‘tkazmalar amalga oshiriladi. Sof foydaning korxona ta’sischilari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlanadigan qismi dividendlar deb e’tirof etiladi. 2-jadval Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling