15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Download 0.63 Mb.
bet10/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

Xk = Jk-Qk

Bunda:
Xk-xususiy kapital,


Jk-jami kapital,
Qk-qarzga olingan kapital.

Xususiy kapital bir qancha belgilari bo’yicha tasniflanadi:


1. Moddiyligi bo’yicha;
2. Xizmat muddati bo’yicha;
3. Faoliyatda ishtirok etish darajasi bo’yicha;
4. Turgan joyi bo’yicha;
5. Turi yoki ko’rinishi bo’yicha;
6. Tashkil topish manba’si bo’yicha.

Xususiy kapital moddiyligi bo’yicha, moddiy va nomoddiy qismlarga bo’linadi. Moddiy xususiy kapital xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moddiy ko’rinishdagi aktivlar sifatida namoyon bo’ladi va xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning barcha moddiy aktivlarning bir qismi sifatida buxgalteriya balansining aktiv qismida ko’rsatiladi. Nomoddiy xususiy kapital nomoddiy aktivlar sifatida namoyon bo’ladi va buxgalteriya balansining aktiv qismida ko’rsatiladi.


Xizmat muddati bo’yicha xususiy kapital korxonaga qancha muddatda iqtisodiy samara berishi, ya’ni foyda keltirish bilan tasniflanadi. Xizmat muddati bo’yicha barcha xususiy kapitalni uzoq muddatli va qisqa muddatli xususiy kapitalga ajratiladi. Odatda, bir yildan ko’p xizmat qiladigan xususiy kapital uzoq muddatli, 1 yilgacha amal qiladigan xususiy kapital esa qisqa muddatli xususiy kapital bo’lib hisoblanadi.
Uzoq muddatli xususiy kapitalga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar (patent, litsenziya, turli huquqlar, yangi g’oyalar va boshqalar) va bir yildan kam bo’lmagan muddatga qo’yilgan boshqa moliyaviy qo’yilmalar kiradi.
Qisqa muddatli xususiy kapital aylanma aktivlar shaklida namoyon bo’ladi va shlab chiqarish zaxiralari, tovar moddiy boyliklar, pul mablag’lari va boshqa aylanma mablag’lardan tashkil topadi.
Korxona xususiy kapitalining asosiy qimi Ustav kapitali hisobidan shakllantiriladi va uning xususiy kapitaldagi hissasi ko’pchilik korxonalarda 90 foizgachani tashkil etadi.
Faoliyatda ishtirok etish darajasiga ko’ra barcha xususiy kapitallar faol va faol bo’lmagan guruhlarga bo’linadi. Faol xususiy kapital aylanma mablag’lardan va asosiy vositalarning faol qismi (mashina va mexanizmlar)dan tashkil topadi. Faol bo’lmagan xususiy kapitalga, odatda, binolar, inshootlar, debetor qarzlaridan tashkil topadi.
Turgan joyiga ko’ra xususiy kapital ekspluatatsiyadagi, ya’ni foydalanishdagi va zaxiradagi xususiy kapitalga bo’linadi. Foydalanishdagi xususiy kapitalga xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatida qatnashayotgan kapitaldir, zaxiradagi xususiy kapitalga esa vaqtinchalik qurilishi tugatilmagan binolar, tsexlar, ishlab chiqarishga mo’ljallanib sotib olingan, lekin hali o’rnatilmagan uskuna va jihozlar kiradi.
Turi va ko’rinish ko’ra xususiy kapital binolardan, inshootlardan, stanoklardan, qishloq xo’jaligi texnikasidan, transport vositalaridan, tayyor mahsulotlardan, materiallardan va pul mablag’laridan iborat bo’ladi.
Xususiy kapital quyidagi manba’lardan tashkil topadi:
1. Korxona ta’sischilari tomonidan o’z xususiy mulklarini ustav kapitaliga ulush sifatida qo’shishdan;
2. Boshqa korxonalarning yoki jismoniy shaxslarning Ustav kapitaliga hissa shaklida qo’shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlardan.
Ustav kapital-huquqlar va imtiyozlar olish uchun korxona ta’sischilari tomonidan ta’sis hujjatlariga muvofiq qo’shilgan (to’langan) hamda korxonaning xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklar, pul mablag’lari va xarajatlar majmuidan iborat bo’ladi.
Davlat korxonasining ustav kapitali-davlat tomonidan korxonaning doimiy tasarrufiga tekinga berilgan moddiy va pul mablag’laridan tashkil topadi.
Amaldagi tartibga ko’ra xususiy mulkga asoslangan korxonalarning ustav kapitali uning ta’sis hujjatlarida qayd etilgan miqdoriga, davlat korxonalari ustav kapitali esa yuqori tashkilotning korxonani tashkil etish buyrug’i va ta’sis hujjatida ko’rsatilgan miqdorga teng bo’ladi. Zaruriyat bo’lganda korxonaning ustav kapitali hajmini mahaliy hokimiyatni va yuqori tashkilotning ruxsati bilan o’zgartirish mumkin.
Aktsiyadorlik jamiyati ustav kapitali uning aktsiyadorlari sotib oladigan aktsiyalarining nominal qiymatidan iborat bo’ladi. Aktsiyadorlik jamiyatining ustav kapitali miqdorini ko’paytirish yoki kamaytirish qo’shimcha aktsiyalarni joylashtirish yoki aktsiyalarni hisobdan chiqarish yo’li bilan amalga oshiriladi. Aktsiyadorlik jamiyatlarida qo’shimcha aktsiyalar ustavida belgilangan (e’lon qilingan aktsiyalar) miqdorida joylashtiriladi.
Aktsiyadorlik jamiyati ustav kapitalini kamaytirish favqulodda hollarda yuz beradi va aktsiyalar umumiy sonining qisqarishi bilan bog’liq bo’ladi.
Ma’suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faqat ta’sischilarning hissalari hisobiga tashkil topadi va uning ko’payishi yoki kamayishi hammaning roziligi bilan yoki hissa qo’shuvchilarning ko’payishi yoki kamayishi bilan yuz beradi. Ma’suliyati cheklangan jamiyat ishtirokchisi ustav kapitalidagi hissasini jamiyat ro’yxatga olingan sanadan keyin bir yil muddatdgacha to’lashi lozim.
Qo’shma korxona O’zbekiston hamda xorij korxonalari hissalari asosida tashkil topadi. Qo’shma korxonaning ustav kapitaliga hissa tariqasida tabiiy resurslar va intellektual mulkdan foydalanish huquqi, nou-xau, moddiy va pul vositalari, shu jumladan, chet el valyutasi kiritilishi mumkin.
Quyidagilar xususiy kapitalni shakllantirish va undan foydalanishni hisobga olishning vazifalari bo’lib hisoblanadi:
1. Ustav kapitalini shakllanishi va undan foydalanishni nazorat qilish;
2. Korxona ta’sischilari haqida, kapitalning shakllanish va aktsiya turlari haqidagi axborotlarni shakllantirish;
3. Ustav kapitalining holati va harakati to’g’risidagi hisobotni tuzish bo’yicha ma’lumotlar olishni ta’minlash;
4. Qo’shilgan kapital hamda rezerv kapitalining shakllanishi va ulardan foydalanish bilan bog’liq muomalalarni o’z vaqtida hisobda aks ettirish;
5. Korxona sof foydasining shakllanishi va uning taqsimlanishini o’z vaqtida hisobga olish hamda nazorat qilish.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling