15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Tayyor mahsulotlarni ombor hisobi


Download 0.63 Mb.
bet53/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

Tayyor mahsulotlarni ombor hisobi.Tayyor mahsulotlar va tovarlarni oborga qabul qilish tartibi va ombor hisobi, materiallarni omborga qabul qilish va ombor hisobi ombor mudirlari, katta avtomatlashtirilgan omborlarda esa shu ish bilan shug’ullanadigan ombor buxgalterlari tomonidan har bir tayyor mahsulotning va tovarning turi, navi, nomenklatura raqamlari bo’yicha ochiladigan № M-17-«Tayyor mahsulotlarni va tovarlarni ombor hisobi kartochkasi»da qo’lda yoki kompyuter texnikasi yordamida olib boriladi10.


§3. Tayyor mahsulotlarni, bajarilgan ishlar va xizmatlarni sintetik va analitik hisobi. Tayyor mahsulotlarni, bajargan ishlarni va ko’rsatilgan xizmatlarni buxgalteriyadagi sintetik hisobi ombor mudirlarining boshqa moddiy javobgar shaxslarning hisobotlariga asoslanadi. Hisobotlar buxgalteriyada mantiqan va arifmetik jihatdan tekshirilgandan keyin ishlov beriladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning «Moliya-xo’jalik faoliyatlarini buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi»da tayyor mahsulotlarni sintetik hisobini olib borish uchun balansga nisbatan aktiv bo’lgan 2800-«Tayyor mahsulotlar hisobga olinadigan schyotlar» schyotida quyidagi ikkinchi darajali sintetik schyotlarda olib boriladi:
2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»;
2820-«Ko’rgazmadagi tayyot mahsulotlar»;
2830-«Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar».
Tayyor mahsulotlarni qabul qilib olishni hisobi. Tayyor mahsulotlar korxonaga asosiy va yordamchi ishlab chiqarish tsexlaridan, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklardan olinadi. Ularni buxgalteriyada quyidagi buxgalteriya o’tkazmalar bilan hisobga olinadi:
1. Asosiy ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotlarni omborga qabul qilish:
Debet 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»,
Kredit 2010-«Asosiy ishlab chiqarish».
2. Yordamchi ishlab chiqarish mahsulotlarini omborga qabul qilish:
Debet 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»,
Kredit 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish».
3. Alohidalangan bo’linmalardan, sho’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan mahsulotlarni omborga qabul qilish:
Debet 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»,
Kredit 6100-«Alohidalangan bo’linmalardan, sho’ba va qaram xo’jalik jamiyatlari schyotlarini to’lovga qabul qilish» schyotining tegishli ikkinchi darajali sintetik schyoti.
4. Tuzatilgan yaroqsiz mahsulotlarni omborga qabul qilish:
Debet 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»,
Kredit 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar».
5. Ko’rgazmadan olingan tayyor mahsulotlarni omborga qabul qilish:
Debet 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»,
Kredit 2820-«Ko’rgazmadagi tayyot mahsulotlar».
6. Komissiyadan olingan tayyor mahsulotlarni omborga qabul qilish:
Debet 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»,
Kredit 2830-«Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar».
7. Qayta baholash natijasida tayyor mahsulotlarni hisob baholari oshganda:
Debet 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»,
Kredit 6230-«Boshqa kechiktirilgan daromadlar».
8. Inventarizatsiya natijasida tayyor mahsulotlarni ortiqcha chiqishi;
Debet 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar»,
Kredit 9390-«Boshqa operatsion daromadlar».

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling