15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja
Tijorat banklarida faktoring operatsiyalarini rivojlantirish masalalari
Download 0.63 Mb.
|
2 5208956230877321573
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Faktoringni ishlash tizimi.
Tijorat banklarida faktoring operatsiyalarini rivojlantirish masalalari.
Tijorat banklari tomonidan faktoring operatsiyalarini amalga oshirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 1. Cotuvchi va xaridor o’rtasida to’lovni kechiktirilish ko’zda tutilgan shartnomani tuzish. 2. Tovarni yetkazib berish. 3. Faktorining shartnomasini tuzish. 4. Bank tomonidan moliyalashtirishni amalga oshirish. 5. Xarid qiluvchi (debitor) tomonidan to’lovni amalga oshirish. Odatda, bank yoki faktor kompaniyasi korxonadan ariza murojaatnomani olib, 1-2 hafta mobaynida mijozning moliyaviy va iqtisodiy ahvolini, uning xo’jalik faoliyati xususiyatlarini o’rganib chiqadi. Agar korxona bankning mijozi bo’lib qolgan bo’lsa, u holda u bankka xaridor uchun taqdim etiladigan barcha hisob- fakturalarni beradi. Bank barcha hisob- fakturalarni, shuningdek, xaridorning to’lovga qobilligini to’liq o’rganib chiqadi. Bu muddat 24 soatdan 2 haftagacha cho’zilishi mumkin. SHundan so’ng bank to’lovni belgilangan muddatda yoki undan oldinroq ham amalga oshirishi mumkin. 2-rasm. Faktoringni ishlash tizimi. Faktoring operatsiyalarida bank hisob - faktura qiymatining, odatda, 80 foizi miqdorida, ayrim holatlarda esa, masalan, korxonaning mazkur bank uchun juda ishonchli mijozga aylanib qolganligi sababli ham mahsulot qiymatining 90 foizigacha miqdorini o’tkazib berishi mumkin. Qolgan 10-20 foizi esa, zaxira hisoblanadi, ya’ni to’lovning qolgan qismi debitor tomonidan barcha qarz summalari qaytarilgandan so’ng bank tomonidan amalga oshiriladi. Faktoring operatsiyalari hisobi banklarda boshqa barcha operatsiyalar singari, O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan ro’yxatdan o’tgan «O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining buxgalteriya hisob varaqalari rejasi» asosida olib boriladi. Unga muvofiq: 11101 – Sotib olingan debitor qarzdorlik yoki faktoring. Bu hisobvaraqda ko’rsatilishi mumkin bo’lgan operatsiyalar quyidagilardir: – hisobraqam debetida sotib olingan yoki mijozga to’lab berilgan summa va diskont summasi yotadi; – hisobraqam kreditida esa, to’lovchidan undirib olingan summa, muddati o’tgan faktoring, sudda ko’rilayotgan faktoring va boshqa qonunda ko’zda tutilgan holatlar bo’lishi mumkin. 11103 – Muddati o’tgan faktoring. 11105 – Sud tomonidan ko’rilayotgan faktoring. 11195 – Sotib olingan debitor qarz bo’yicha diskont summasi, keyinchalik u 45217 hisobraqamiga olib boriladi. 11199 – Sotib olingan debitor qarzdan qutilishi mumkin bo’lgan zararga ajratilgan zaxira, ushbu summa 56814 - hisobvaraqqa olib boriladi. Banklarning faktoring operatsiyasini amalga oshirish bosqichlari quyidagilardan iborat: Birinchi bosqich shartnoma deb ataladi, chunki bu bosqichda ikkita korxona o’rtasida biron-bir tovar yoki xizmatlar uchun o’zaro shartnoma tuziladi. Ikkinchi bosqichda oldindan qisman to’lash jarayoni, ya’ni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 12 maydagi 1154-Farmoniga asosan, 15 foizdan kam bo’lmagan to’lov amalga oshiriladi. Uchinchi bosqich - bu yetkazib berilgan tovar yoki ko’rsatilgan xizmatlar va to’rtinchi bosqich - mol yetkazib beruvchi tomonidan to’lovchining hisobraqamiga to’lov talabnomasi qo’yishdir. Beshinchi bosqichda faktoring operatsiyasini amalga oshirish uchun mol yetkazib beruvchi va uning banki bilan shartnoma tuziladi. Ko’zda tutilmagan holatlar bo’yicha ushbu hisobraqamda faktoringni balansdan tashqari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobraqamning debetida sotib olingan debitor qarz summasi, kreditida esa, to’liq yopilgan faktoring turadi. Oltinchi bosqichda bank shartnoma asosida memorial order bilan quyidagi buxgalteriya yozuvlarini amalga oshiradi: 1. Dt 11101 Kt 20208 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan mamlakatimizda xo’jalik yurituvchi korxonalarda debitorlik kreditorlik qarzdorligini inventarizatsiya qilish va aniqlangan o’zaro qarzdorlikni o’zaro singdirish hamda da’vo muddati o’tganlarini (O’zbekiston Respublikasi Fukorolik kodeksining 157 moddasiga asosan respublikamizda debitor-kreditor qarzdorlikning da’vo muddati 3 yil deb belgilab quyilgan) majburiy ravishda korxonaning foydasiga (kreditorlik qarzi) yoki zarariga (debitorlik qarz) olish to’g’risida maxsus qaror ishlab chiqish lozim. Ushbu qarorni ishlab chiqarilishi va amaliyotga kiritilishi respublikamizdagi juda ko’plab korxonalardagi o’zaro qarzdorlikni keskin ravishda qisqartirishga olib keladi. O’zbekiston Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan xo’jalik sub’ektlari tomonidan ular o’zlari to’g’risida xo’jalik-moliyaviy xolatis to’liq, xaqqoniy ma’lumot oshkoraligini amaldagi qonunchilik asosida tartibga solish lozim. Bu xolat esa tijorat banklarida faktoring shartnomasida ishtirok etayotgan mijozlar to’g’risidagi xaqqoniy, to’liq ma’lumotni olish imkoniyatini beradi va bu bilan faktoring operatsiyasidagi pasayadi. SHuni ta’kidlash lozimki, faktoring shartnomasida ishtirok etayotgan sub’ektning biri bankning mijozi bo’lmasligi mumkin SHuni uchun,bizning fikrimizcha,respublikamiz bank tizimida faoliyat ko’rsatayotgan (mulkchilik shaklidagi qat’iy nazar) tijorat banklarida mijozlar to’g’risida tuliq ma’lumot bazasini yaratish va lozim vaqtda bu ma’lumotlardan (faktoring shartnomasi tuzilayotgan vaqtda) rasmiy ravishda o’zaro foydalanishlikni amaliyotga kiritish lozim. Faktoring yuqori daromad keltiruvchi operatsiya bo’lishi bilan bir qatorda, o’ziga yarasha risk darajasiga ega. SHunday qilib, tijorat banklarining faktoring operatsiyalari ular uchun daromad keltirish manbai bo’lishi bilan birga o’zaro hisob-kitoblarni tezlashtirish va noto’lovlarni qisqartirishning muhim vositasi hisoblanadi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling