15 Ma’ruza Mavzu: Yarim o’tkazgichli qurilmalar to’g’risida umumiy tushunchalar Reja


Download 209.51 Kb.
bet5/5
Sana13.12.2022
Hajmi209.51 Kb.
#1000114
1   2   3   4   5
Kondensatorli filьtr: a) sxema, 6) tok va kuchlanishlarning grafiklari.

Kondensator kuchlanish ortgan paytda zaryadlanadi. Kuchlanish kamayganda esa kondensator to`plangan elektr maydon energiyasini yuklanishga beradi va natijasida kondensator razryadlanadi. Kondensator o`ziga berilgan kuchla nishning o`zgarishiga nisbatan sekin zaryadlanadi va razryadlanadi. Shuning uchun kondensator va yuklanishdagi kuchlanish juda kam pulьslanadi. Kondensatorli filьtr kichik quvvatli to`g`rilagichlarda qo`llaniladi.


Drosselli filьtr quyidagicha ishlaydi. Drosseldan o`tayotgan tok o`zgarganda unda o`zinduktsiya elektr yurituvchi kuchi hosil bo`ladi. Bu EYuK tokning o`zgarishiga to`sqinlik qiladi. Drosseldan o`tayotgan tok ko`paygan yoki kamaygan paytda o`zinduktsiya EYuK tokka qarama-qarshi bo`lib, uning pulьslanishini kamaytiradi.
Demak, tok ko`payganda drosselda magnit maydon energiyasining to`planishi, tok kamayganda to`plangan energiyaning yuklanishga qaytishi natijasida pulьslanuvchi tok tekislanar ekan. Drosselli filьtr katta va o`rtacha quvvatli to`g`rilagichlarda qo`llaniladi. Bitta yarim davrli to`g`rilagichlarda drosselli filьtrni ishlatishning foydasi yo`q, chunki manfiy yarim davrda tok nolgacha pasayadi, ammo pulьslanish koeffitsiyenti kamaymaydi.
Alohida kondensatorli yoki drosselli filьtr pulьslanishni kerakli darajada tekislab bera olmaydi. Shuning uchun murakkabroq, masalan, G simon filьtrlar ishlatiladi.G simon filьtr yuklanishga ketma-ket ulangan drosselь Dr va parallel ulangan kondensator Sdan iborat (XVIII. 7-rasm). Induktiv qarshilik tenglamasi ga qaraganda drosselь tokning o`zgarmas tashkil etuvchisiga kichik, o`zga-ruvchan tashkil etuvchisiga katta qarshilik ko`rsatadi. Sig`imli qarshilik tenglamasi ga qaraganda kondensator tokning o`zgaruvchan tashkil etuvchisiga kichik qarshilik, o`zgarmas tashkil etuvchisiga katta karshilik ko`rsatadi.
Induktiv-sig`imli filьtrlar tuzilishining soddaligi va tekislash xossalari yaxshi bo`lgani tufayli keng qo`llaniladi.

G - simon filtr.
Nazorat savollari.

  1. Yarim o`tkazgich deb nimaga aytiladi?

  2. P-n” o`tish qanday hosil bo`ladi va u qanday XVsusiyatga ega?

  3. Tranzistorning tuzilishi va ishlashini tushuntiring?

  4. To`g`rilagichlar sxemalarini chizib, ularning ishlashini tushuntiring.

Download 209.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling