Kichik biznesning mohiyati va kichik korxonalarni tashkil qilish asoslari


Download 156.5 Kb.
bet1/8
Sana07.02.2023
Hajmi156.5 Kb.
#1173675
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KORXONALARNI BIZNES FAOLIYATI MAQSADI VA VAZIFALARI


KORXONALARNI BIZNES FAOLIYATI MAQSADI VA VAZIFALARI
Reja:


  1. Kichik biznesning mohiyati va kichik korxonalarni

tashkil qilish asoslari

2. Kichik biznesni belgilovchi mezonlar

3. Kichik biznesning xususiyatlari va imkoniyatlari

4. Kichik biznesning iqtisodiyotda tutgan o’rni

5. O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash

6. Kichik biznes va tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning xorij tajribasi


Kichik biznesning mohiyati va kichik korxonalarni tashkil qilish asoslari




Kichik biznes, kichik korxonalar, xususiy firmalar kabi tushun-chalar bozor iqtisodiyoti leksikasining ajralmas qismiga aylangan. Bular qanday tushunchalar, ki­chik korxonalarning shakllanish asosi va ular faoliyatlarining tamoyillari nimalardan iborat?
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar kichik biznesning sub’ektlari bo’ladilar, ular xodimlarning o’rtacha soni qonun tomonidan belgilangan chegaraviy darajadan oshib ketmaydi.
Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishga shaxsiy va boshqa shaxslarning jalb qilingan mulklari asosida shaxsiy mehnatni va yollash bo’yicha mehnatni qo’llash vositasida tavakkalchilik va mulkiy javobgarlik ostida foyda (daromad) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar xususiy tadbirkorlikning sub’ekt­lari bo’ladilar.
Yuridik shaxsni tashkil qilmagan tadbirkorlik faoliya­ti bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar ham kichik va xu­susiy tadbirkorlikning sub’ektlari hisoblanadilar.
Kichik korxonalar quyidagicha tashkil qilinishlari mumkin:

  • fuqarolar, oila a’zolari va boshqa shaxslar tomonidan;

  • davlat, ijara, jamoa, hissadorlik jamiyatlari, xo’jalik assotsiatsiyalari, qo’shma korxonalar va boshqalar tomonidan;

  • jamoat tashkilotlari tomonidan;

  • aytib o’tilgan idoralarning hamkorligi asosida;

  • mulk egasining roziligi bilan jamoa tashabbusi bo’yicha amaldagi korxonalar tarkibidan ajralib chiqish natijasida.

Bundan tashqari, kichik korxonalar, birlashmalar va kor­xonalarning tashabbusi bilan (monopoliyaga qarshi idoraning qarori bo’yicha) majburan tashkil qilinishlari mumkin.
Kichik korxonalar avvalo xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish va maishiy xizmatlar ko’rsatish uchun tashkil qilinadi. Ammo ular xalq xo’jaligining har qanday sohalarida ham tashkil qilinishi, mulkchilikning har qanday shakllari asosida harakat qilishi mumkin. Bir yoki bir necha yuridik yoki jismoniy shaxslar kichik korxonalarning ta’sischilari bo’lishi mumkin.
Kichik biznesning faoliyati sohasi keng yoyilgan bo’lib, u xo’jalik faoliyatining barcha turlarini (agar ular qonun to­monidan man etilmagan bo’lsa) omalga oshirishi mumkin. U bitimlar tuzish, mulkni harid qilish, tashqi bozorga chiqish, savdo vositachiligi va boshqa bitimlarni amalga oshirish huquqiga ega.
Kichik biznes bu xo’jalik yuritishning mustaqil mavjud bo’ladigan va faoliyat yuritadigan shaklidir. U ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hajmi va turlarini mustaqil belgilashi, uni o’z ixtiyoriga ko’ra sotishi, tovarlar va xizmatlarga narxlarni belgilashi, rivojlanish fondlari, ijtimoiy soha, rezerv fondiga foyda ajratmalarining me’yorlarini belgilashi, yollanma xodimlar mehnatlarsha xaq to’lash shakllari va miqdorlarini mustaqil belgilashi mumkin.
Barqaror faoliyat yuritish maqsadlarida kichik korxonalar, uyushmalar birlashishlari, har xil kooperativlarning tarkibiga kirishlari mumkin.
Shunday qilib, kichik korxona xo’jalik yurituvchi sub’ektning yangi shaklidan iborat emas. U boshqa korxonalardan faqat kichikroq ko’lamlari bilan farqlanadi, xolos.



Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling