Kichik biznesning mohiyati va kichik korxonalarni tashkil qilish asoslari
Kichik biznesni belgilovchi mezonlar
Download 156.5 Kb.
|
KORXONALARNI BIZNES FAOLIYATI MAQSADI VA VAZIFALARI
2. Kichik biznesni belgilovchi mezonlarKichik biznesning mezonlarini belgilash zaruriyati kichik korxonalar-ning davlatning jiddiy yordamiga muxtojligidan kelib chiqadi, bu yordam adresli bo’lishi va korxonalar faoliyatining belgilangan tomonlarini yaxshilashga yo’naltirilishi kerak. Kichik korxonalarni alohida kategoriyalarga ajratish ular faoliyatini o’rganish va samaradorlik darajasini tahlil qilish, ularning iqtisodiyot umumiy tizimidagi o’rni va rolini aniqlash uchun zarur. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda kichik korxonalarni belgilashda quyidagi mezonlardan foydalanadilar: miqdoriy ko’rsatkichlar: xodimlarning soni, sotish hajmi, asosiy kapitalning balans qiymati; sifat ko’rsatkichlari: ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning nisbatan kichik soni; cheklangan resurslar va quvvatlar, boshqaruvning kamroq rivojlangan tizimlari va boshqalar; yuqoridagi ko’rsatkichlarning birinchi va ikkinchi guruxlarini birlashtiruvchi kombinatsiyasi. Har xil mamlakatlarda korxonalarni kattaliklariga ko’ra u yoki bu guruhga kirituvchi mezonlari qo’llaniladi. Evropa Ittifoqining metodologiyasi bo’yicha kichik va o’rta korxonalar 2-jadvalda ko’rsatilgan mezonlar bilan belgilanadi. 2-jadval Evropa Ittifoqi metodologiyasi bo’yicha kichik va o’rta korxonalar o’lchamini belgilash mezonlari
Xorijiy mamlakatlarda 1 kishidan 20 kishigacha xodimi bo’lgan korxonalar hunarmandchilik korxonalariga, 20 dan 100 tagacha xodimi bo’lganlari kichik, 100 dan 500 gacha xodimi bo’lganlari o’rta korxonalarga kiritiladi. AQSHda kichik biznes korxonalarini ikki tomonlama guruhlashdan foydalaniladi. Birinchi holda bu tushuncha ishchilar soni 500 kishigacha bo’lgan korxonalarni qamrab oladi. Ikkinchi holda esa korxonalar sohalar bo’yicha yillik tushumlar hajmi bo’yicha bo’linadilar: transport sohasida yillik tushumlar hajmi 3,5 mln dollardan 20 mln dollargacha, qurilishda 9 mln dollardan 21 mln dollargacha, ulgurji savdoda 15 mln dollardan 35 mln dollargacha, chakana savdoda 3,5 mln dollardan 13,5 mln dollargacha, xizmatlar sohasida 2,5 mln dollardan 14,5 mln dollargacha bo’lgan korxonalar kichik firmalar hisoblanadi. Germaniyada ishlovchilar soni va yillik oborot ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Kichik korxonalar ishlovchilar soni 10 kishigacha bo’lgan, o’rtachalarga esa ishlovchilar soni 50 kishigacha va yillik oboroti 100 mln evrogacha bo’lgan korxonalar kiritiladi. Frantsiyada kichik va o’rta biznes tushunchasiga ishlovchilar soni 19 kishigacha bo’lgan mikrofirmalar, xodimlarning soni 20-299 kishigacha bo’lganlari kichik korxonalarga kiradi. Janubiy Koreyada sanoatda va transportda 20 tagacha xodimi bo’lgan korxonalar kichik, 21 dan 200 kishigacha xodimi bo’lgan korxonalar o’rta korxonalar hisoblanadi. Savdo va xizmatlar sohasida 5 tagacha xodimi bo’lgan korxonalar kichik korxonalar, 6 tadan 20 tagacha xodimi bo’lgan korxonalar esa o’rta korxonalar hisoblanadi. O’zbekistonda kichik korxonalarni, unda ishlovchi xodimlar soni bo’yicha guruhlarga ajratish qabul qilingan. Buni 3-jadvaldan ko’rish mumkin. 3-jadval Faoliyat sohalari bo’yicha kichik korxonalar kategoriyasiga kiritiluvchi korxonalar
Yangi mezonlar korxonalarni ayrim kategoriyalarga bo’lishni tartibga solish imkoniyatini beradi. Bu soliqqa tortish bo’yicha imtiyozlarni belgilash, kichik biznesni qo’llab-quvvatlash bo’yicha aniq choralarni qabul qilish, respublika mintaqalarida kichik korxonalar tarmog’ini kengaytirish sohasida infratuzilmaviy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish uchun g’oyatda muhimdir. Xodimlarning soni kichik sub’ektlarining asosiy ko’rsatkichidir. U firmaning barcha xodimlarini, shu jumladan, shartnomalar bo’yicha va o’rindoshlik bo’yicha ishlovchilarni haqiqatdan ishlangan vaqtini hisobga olish bilan hamda vakilliklar, filiallar, korxonaning boshqa ajratilgan bo’linmalari xodimlarini hisobga olish bilan aniqlanadi. Belgilangan sondan oshib ketgan holda kichik korxona oshib ketishga yo’l qo’yilgan davr va keyingi uch oy davomida imtiyozlardan mahrum bo’ladi. Download 156.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling