Kichik biznesning mohiyati va kichik korxonalarni tashkil qilish asoslari
Kichik biznesning iqtisodiyotda tutgan o’rni
Download 156.5 Kb.
|
KORXONALARNI BIZNES FAOLIYATI MAQSADI VA VAZIFALARI
4. Kichik biznesning iqtisodiyotda tutgan o’rniJahonning barcha mamlakatlarida kichik biznes korxonalari milliy iqtisodiyotning poydevori hisoblanadi. YaMM o’sish sur’atlari hal qiluvchi darajada aynan ularga bog’liq, aslida, aholining farovonlik darajasi ham uning qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bozor iqtisodiyotiga yo’naltirilgan ko’pgina mamlakatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik eksport bozorlari faoliyatida faol ishtirok etib, yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning ko’payishiga ko’maklashib va aholi bandligini ta’minlab, iqtisodiyotning asosini tashkil qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda band aholining katta qismi aynan kichik biznesda band bo’lib, ularning mamlakat YaMMni ishlab chiqarishdagi ulushi yuqoridir. Shu sababli rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka iqtisodiy o’sish va aholi turmush darajasining oshishini ta’minlovchi asosiy richaglardan biri sifatida qaralishi bejiz emas. Buni 4-jadvalda keltirilgan ma’lumotlari asosida ham ko’rish mumkin. 4-jadval Xorijiy mamlakatlarda kichik biznesning rivojlanganlik darajasi1
Jadvaldan ko’rinishicha, bir qator mamlakatlarda kichik biznesning umumiy iqtisodiyotdagi ulushi ancha katta va hatto ustuvor-dir. Mehnatga yaroqli aholining yarmidan ko’prog’i shu sohada ishlaydi va bu sohada butun mahsulotning 50-60 foizi ishlab chiqariladi. O’zbekistonda ushbu ko’rsatkichlar nisbatan pastroqdir (5-jadval). Download 156.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling