10 - yo‘naltiruvchi moslama.
Agar ko‘taruvchi tros 1 salqi qilinsa, cho‘mich o‘z og’irligining ta’sirida 1- holatdan pastga, kovlanadigan joyga tushadi, tuproqqa tishlari bilan botadi, tortuvchi tros cho‘michni to‘lgunicha tortadi. To‘lgan cho‘michni ko‘tarayotib platforma tuproq to‘kiladigan joygacha buriladi. Tortuvchi tros salqi qilinadi, cho‘mich o‘z og’irligi bilan pastga qarab burilib, tuprog’ini to‘kadi. Cho‘mich yana 1- holatni egallaydi.
Teskari cho‘mich qisman buriluvchan g’ildirakli gidravlik ekskavatorning asosiy qismidir. Bunday ekskavator g’ildirakli traktor bazasida tayyorlangan bo‘lib, qishloq xo‘jaligida ko‘p ishlatiladi. Ekskavatorning asosiy qismlari: rama 2, buriluvchan platforma, xartum 5, dastak 6, cho‘mich 8, nasos 13, gidrosilindrlar 4, 1, 10 va 12, tayanch boshmoqlar 11 dir. Buriluvchan platforma cho‘michni 160° ga burilishini ta’minlaydi (194- rasm).
Kerakli vaziyatda teskari cho‘mich to‘g’ri cho‘michga aylantirilishi mumkin. Bunday ekskavatorlar almashuvchan greyferli cho‘mich, kran yuk ko‘targich, somon ortish uchun xaskashli cho‘mich va boshqa ishchi qismlar bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, buldozer surgichi bilan ham jihozlanadi.
194- rasm.G’ildirakli traktor bazasidagi gidravlik ekskavator sxemasi:1 - traktor; 2 - rama; 3 - buriluvchi platforma; 4, 7, 10 va 12 - gidrosilindrlar; 5 - xartum; 6 - dastak; 8 - cho‘mich; 9 - sharnir;tayanch boshmoqlar; 13 - nasos; 14 - buldozer surgichi;15 - buldozer surgichining gidrosilindri.
Do'stlaringiz bilan baham: |