15-ma’ruza: pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik. Ma’ruza mashg’uloti rejasi


Download 29.16 Kb.
bet1/4
Sana29.03.2023
Hajmi29.16 Kb.
#1306918
  1   2   3   4
Bog'liq
15-maruza mashg`uloti


15-MA’RUZA: PEDAGOGIK KASBIY KOMPETENTLIK VA KREATIVLIK.
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
15.1. Pedagogik kompitentlik tushunchasi va mazmuni.
15.2. Pedagogik kreativlik tushunchasi va mohiyati.
15.3.Mustaqil fikrlash, ilmiy dunyoqarash va milliy g’oyani shakllantirish o’quv- tarbiya jarayonining bosh maqsadi.
Tayanch iboralar: Kompitentlik, kreativlik, arxaik, qadimgi, avestiy, yunon, dogmatik, sxolastik, tushuntirish, tushuntirish-namoyish, muammoli o'qitish, dasturlashtirilgan ta'lim, komputerli o'qitish, innovatsio, masofaviy ta'lim.
15.1. Pedagogik kompitentlik tushunchasi va mazmuni.
Kompetentlik tushunchasi ta’lim sohasiga psixolog-tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai-nazardan, kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxsisning o’zini qanday tutishi, hamkasblari bilan o’zaro munosabatlarda yangi yo’l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to’la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.Inglizcha “competence” tushunchasi lug’aviy jihatdan bevosita “qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi. Mazmunan esa faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olishni nazarda tutadi.
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy foliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar egallanishi va ularning amalda yuqori darajada qo’llay olinishi.Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo’nalish bo’yicha integrative bilimlar va harakatlarning o’zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetentsiya mutaxasislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o’rganishni, eng muhimi, ilmiy ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o’z faoliyatida qo’llay bilishni taqozo etadi.Mutaxassislarning psixologik kompetentligi masalasini tadqiq etishga keying paytlarda qiziqish ancha kuchayib bormoqda. Bu borada qarashlar, fikr-mulohazalrning turli-tumanligi mazkur muammo xususida hozircha tizimlashtirilgan, yagona kontseptual model yaratishga imkon bermayapdi.
O’qituvchining kasbiy pedagogik faoliyati “o’qituvchi-o’quvchi” o’zaro aloqasi negizida olib boriladi, aynan shu jarayonda ta’limiy, tarbiyaviy, korreksion, rivojlantiruvchi va shakllantiruvchi maqsadlar amalga oshiriladi. Shuning uchun o’qituvchi kasbiy-psixologik kompetentligini o’rganishda, eng avvalo, kommunikativ (muloqot) kompetentlikka e’tibor qaratilgani maqsadga muvofiqdir. Zamonaviy psixologiya kommunikativ kompetentlik va uning tarkib topish shart-sharoitlari, omillarini o’rganishga nisbatan bir necha yondashuvlar mavjud. Masalan, bixeviorestik yo’nalish vakillari kommunikativ kompetentlikni shaxsning muayyan vaziyatlarda maqsadga muvofiq xulq-atvor shaklini namoyon qilish, vaziyatni oqilona baholash va shunga mos tarzda faoliyat yurtish ko’nikmalarini egallaganligi bilan belgilaydilar.Kognitiv psixologiya yo’nalishi tarafdorlari esa kommunikativ kompetentlik subyektning kognitiv (aqliy) sohasi darajasi, uning insonlar psixologiyasi borasidagi bilimlari, shuningdek, ijtimoiy tafakkuri, tasavvuri va idrokiga bevosita bog’liq ravishda shakllanadi, deb hisoblaydilar.Insonparvarlik psixologiyasi vakillari shaxsning qadriyatlar tizimi xususiyatlarini birinchi o’ringa qo’yadilar va kommunikativ kompetentlik, eng avvalo, muloqotga kirishuvchilarning samimiyligi, ochiqligi, shaxs rivojlanishiga imkon beruvchi muloqot ko’nikmalarini egallaganligiga bog’liq, deya ta’kidlaydilar.
Turli ijobiy psixologik amaliyot namunalarini qo’llash orqali insonning psixologik salohiyatini yuksaltirishga yo’naltirilgan hozirgi zamon psixologiyasi ayrim namoyondalari esa muloqotga shaxs faoliyat jarayonida o’z hatti-harakatlarini boshqarishning subyektiv modellarini oprabotsiya, sinovdan o’tkazish va taqdim qilishi uchun makon sifatida qaraydilar. Bunda kommunikativ kompetentlik shaxsda subyektiv nazorat malakalarning rivojlanganligi, dunyoqarashning pozitiv shakli tarkib topganligi, muvaffqiyatga nisbatan intilish, yo’l-yo’riqlarning shakllanganligi, munosabatlarni maqsadga muvofiq yo’lga qo’yish qobiliyatining mavjudligida namoyon bo’ladi. Individning ichki psixik muhitini yaxshilashga esa kommunikativ kompetentlikni ta’minlashning garovi sifatida qaraladi.
Kommunikativ kompetentlik shaxs xulq-atvorining boshqalar tarafidan to’g’ri anglanishi bilan ham bog’liqdir. Inson hatti-harakatlari mamunining aynan muloqot jarayonida o’zgalarga to’g’ri yetkazilishi shaxsda ijtimoiy sheriklik subyekti sifatida qoniqish hissini uyg’otadi. Natijada, kommunikativ kompetentlikning yuqori darajasi sotsium, jamiyatda muvaffaqiyatga erishishni ta’minlaydi, bu esa mos ravishda kishining o’zini-o’zi hurmat qilishi darajasiga ham ta’sir qiladi. Kommunikativ kompetentlikning quyi darajasi esa stressga moyillik, xavotirlanish, qo’rquv kabi holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
Kommunikativ kompetentlik hamsuhbat bilan muloqotni qo’llab-quvvatlash, uning “men”ini hurmat qilishda namoyon bo’ladi. O’qituvchining kasbiy faoliyatida o’quvchiga muloqot sherigi sifatida psixologik jihatdan dalda, madad berishi dars va darsdan tashqari vaqtdagi pedagogik muvaffaqiyatning muhim omillaridan hisoblanadi. Shuning uchun hozirgi vaqtda pedagog kadrlar, o’qituvchilar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida kommunikativ kompetentlikni shakllantirishga yo’naltirilgan amaliy kurslar samaradorligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratish lozim.
Pedagogik amaliyot tahlili o’qituvchilar faoliyati davomida duch kelayotgan quyidagi xarakterdagi kommunikativ muammolar mavjudligini ko’rsatdi:
- ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy yo’nalishdagi tadbirlarni tashkil etishda o’quvchilarda o’zaro hamkorlikda ishlash maqsadini, yo’l-yo’riqlarni shakllantirishning qiyinligi;
- ijtimoiy-perseptiv malaka va ko’nikmalarning yetarli darajada tarkib topmaganligi;
- pedagogik muloqot jarayonida yuzaga keladigan turli vaziyatlarga zudlik bilan moslasha olish qobiliyatining rivojlanmaganligi;
- shaxsda o’z kommunikativ xulq-atvorini nazorat qilishi bilan bog’liq muammolarning mavjudligi;
- nizoli vaziyatlarda muammoni to’g’ri hal qilish kompetentsiyalarining yetishmasligi;
- o’quvchi holatini his qilishda kognitiv malakalarning yetishmaslig.
Pedagogik faoliyatda kasbiy psixologik kompetentlik umumiy tuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan yana biri – bu, ijtimoiy kompetentlikdir, zero zamonaviy o’qituvchi nafaqat o’quvchiga bilim beradi, ma’lumot, axborot yetkazadi, balki rivojlanayotgan shaxs va jamiyat o’rtasida vositachi rolini ham bajaradi. "Bola-jamiyat" munosabatlari o’zaro aloqasining maqsadga muvofiq bo’lishi o’qituvchining qanchalik ijtimoiy hayotda kompetentli, omilkor ekangigiga ham bog’liqdir. Ijtimoiy kompetentlikning asosiy vazifalari sirasiga moslashish, jtimoiy yo’nalganlik, shaxsiy va umumijtimoiy tajribalarning uyg’unlashuvi kabi tushunchalarni kiritish mumkin. Shaxs ijtimoiy kompetentligining qay darajada ekanligi o’zaro muloqot, faoliyatni yo’lga qo’yish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, psixologlar o’tkazgan tadqiqotlar natijalariga ko’ra, fuaqrolarning yangi ijtimoiy, globallashuv shart-sharoitlariga moslashuvi jarayonida insonlardagi ijtimoiy kompetentlik darajasining shakllanganligi alohida o’rin tutadi. Ekologik, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy o’zgarishlar nafaqat ijtimoiy tafakkur rivojini belgilaydi, balki insonlarning o’zini o’zi anglashi, hayotiy qadriyatlari, shaxsiy muammolariga ham ta’sir ko’rsatadi. Bu esa psixologiya fani oldiga insonning ijtimoiylashuvi, ijtimoiy moslashuvi bilan bog’liq muammolarni hal qilish borasida uning kompetentlik darajasini yuksaltirishga yo’naltirilgan dasturlar yaratish vazifasini qo’yadi. Nazarimizda, mazkur vazifa nafaqat o’za, balki o’quvchilarining ham barkamol shaxs sifatida shakllanishiga mas’ul bo’lgan pedagoglar faoliyatiga alohida tegishlidir. Ijtimoiy kompetentlik zamonaviy psixologiya fani tadqiq etayotgan psixologik kompetentlikning turli shakllari orasida muhim o’rin tutadi. U insonning ijtimoiy o’zaro sheriklik, hamkorlik sub’yekti sifatidagi yaratuvchilik xususiyatlarini ham aks ettiradi. Shaxsning kompetentsiyaviy ijtimoiy xulq-atvori shakllanishi mexanizmlari, namoyon bo’lish tendensiyalari, motivatsiyasi, mazmuniga bo’lgan qiziqish, avvalo, “inson-jamiyat” o’zaro aloqasi xarakterining ijtimoiy ravnaqi, rivojlanishiga ko’rsatadigan ta’siri bilan tavsiflanadi. Kompetentlik shaxsning o’ziga xos tuzilmaviy xususiyati bo’lib, psixologlar bu tuzilmadagi yana bir komponent autokompetentlikni ham alohida ta’kidlaydilar. Hozirgi zamon pedagogika va psixologiya fanlarida autokompetentlik – subyektning shaxs xususiyalari va xulq-atvor ko’nikmalarini maqsadga muvofiq o’zgartirishga, o’z psixologik imkoniyatlari zaxiralaridan oqilona foydalanishga tayyorligini, buning uchun salohiyati mavjudligini anglatuvchi kategoriya hisoblanadi. Autokompetentlik yangi bilim, ma’lumot, axborotlarni samarali o’zlashtirish, yuqori darajadagi o’zini-o’zi nazorat qilish ko’nikma va malakalarini, muvaffaqiyatga erishish borasidagi irodaviy yo’l-yo’riqlarni mustaqil shakllantirishni ham o’z ichiga oladi. Ayni paytda individning hayot faoliyati jarayonida ekstremal, ko’zda tutilmagan holatlar yuzaga kelganda ichki holatini o’zgartirish orqali qulay, maqbul vaziyat, sharoitlarni yaratish qobiliyati ham autokompetentlikka misol bo’ladi. Shu tariqa autokompetentlik shaxs sifati bo’lib, inson hayotining ma’lum davrlarida shakllanadi va muayyan faoliyat turi bilan samarali shug’ullanishga imkon beradi.Psixologik kompetentlikni tahlil qilish natijalari shundan dalolat beradiki, bu – bir tizimni tashkil etuvchi va o’zaro bog’liq xususiyatlardan iborat murakkab psixologik tuzilma. Psixologik kompetentlik tushunchasi ostida insonning professional faoliyati va hayoti davomida uchrashi mumkin bo’lgan muammolarni ijobiy hal etishga yordam beradigan kasbiy-shaxsiy sifatlari anglanadi. O’qituvchining psixologik kompetentligi mazmuniy va texnologik xususiyatlarga ega bo’lib, turli ixtisoslik va mutaxassisliklarga oid ma’lumotlarni o’zlashtirish jarayonida rivojlana boradi1.
Insonning psixologik kompetentligini rivojlantirish muammosi psixologiya fanida turli nuqtai nazarlardan (sababiyat va oqibat; kasbiy mahoratga erishishda kompetentlikni rivojlantirish yo’nalish va tendensiyalari; yuqori darajadagi kompetentlikka erishishda ichki va tashqi shart-sharoitlarning o’zaro munosabati; psixologik kompetentlik rivoji darajasining mezon va o’lchovlari) tahlil qilib kelingan. O’qituvchida kompetentlikni shakllantirishga nisbatan psixologik tayyorlik, hozirlikning o’ziyoq mazkur jihat tezroq va samaraliroq tarkib topishiga sabab bo’lishi tadqiqotlarda isbotlangan. Shuning uchun o’qituvchi va pedagoglarda kompetentlikka tayyor bo’lishni rag’batlantirishga ham e’tibor qaratilish lozim.
Psixologik nuqtai-nazardan tayyorgarlikning motivatsion, hissiy, axloqiy, kognitiv va xulqiy darajalari mavjud. Tayyorgarlikning faollashuvi shaxs tomonidan mazkur darajalar o’zaro bog’liq, bir butun holda anglangan, idrok etilgandagina yuz beradi. Psixologik tayyorgarlikni quyidagi jihatlarni qamrab oluvchi murakkab dunamik tuzilma sifatida tavsiflash mumkin:

  • pedagogik faoliyat subyektiga xos individual ehtiyoj va talablar, kasbiy vazifalarni anglash;

  • kompetentlikni rivojlantirish maqsadlarini tushunish;

  • faollik namoyon bo’ladigan shart-sharoitlarni, muayyan vazifani bajarish bilan bog’liq tajribani baholash va anglash, esga tushurish;

  • shaxsiy tajriba tahlili va psixologik imkoniyatlari doirasida berilgan topshiriqlarni bajarish uchun eng maqbul usul va vositalarni topish, o’zini o’zi nazorat qilish.

Ichki va tashqi shart-sharoitlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • o’quv topshiriqlarining yangiligi, dolzarbligi, ijodiylikka undashi, mazmuni, murakkablik darajasi;

  • tevarak-atrofdagi shaxslarning xulq-atvor xususiyatlari;

  • faol harakat va natijalarni qo’llab-quvvatlash, rag’batlantirishtizimining o’ziga xos jihatlari;

  • intilishlar darajasi va muvaffaqiyat motivatsiyasi;

  • subyektning o’z tayyorgarligi va psixologik imkoniyatlari, shuningdek, zaruriy irodaviy zo’riqishlarni baholashi;

  • o’z kasbiy kompetentligini mukammalashtirish borasidagi ishlarning turli bosqichlarida ijobiy psixologik iqlim, muhitni yaratish va qo’llab-quvvatlash salohiyati.

Kasbiy psixologik kompetentlikni rivojlantirish psixologik bilim, ko’nikma va malakalar hajmi, miqdorigagina emas, balki subyektning kompetentli kasbiy xulq modelini o’zlashtirish va hayotga tadbiq etish borasidagi intilishlariga bog’liqligi xususida ko’plab fikrlar bayon qilingan. Bunda muayyan individual subyekt, shaxsning qadriyatlar yo’nalishi, tafakkur tarsi, dunyoqarashi, e’tiqod, ideallari, “men” kontsepsiyasi, o’zini-o’zi anglashi, kompetentli bo’lishiga nisbatan motivatsiyasi xarakteri muhim o’rin tutadi. Ayniqsa, motivatsion xususiyatlar mazmuni kompetentlik samarasini belgilashda ahamiyatlidir.
Bu o’rinda insonning o’z kasbiy va shaxsiy sifatlarini rivojlantirib borishga nisbatan intilishlariga e’tiborni qaratish lozim. Shaxsning kasbiy sifatlari taraqqiyotini tadqiq etishga bag’ishlangan motivatsiya psixologiyasi yo’nalishidagi ilmiy-nazariy adabiyotlar tahlilining shahodat berishicha, ushbu jarayonni boshqarish va nazorat qilishda ishtirok etuvchi motivatsion mayllarning ancha-muncha turlari mavjuddir. Subyektning kasbiy va shaxsiy takomilida quyidagi sotsiogen, ijtimoiy ahamiyatga molik ehtiyojlar ham rol o’ynaydi. Bularga: o’zini o’zi namoyon qilish, o’zini o’zi faollashtirish, ijodiy yuksalish, kasbiy yo’l-yo’riqlar, shuningdek, ichki va tashqi ahamiyatga molik faoliyat motivlari. Ushbu ehtiyojlat shaxs professionallashuvi jarayonida o’ziga xos motivatsion fon vazifasini bajaradi. Mazkur muammo xususida tadqiqot ishlari olib brogan pedagog-psixolog olimlarning fikricha, o’zini o’zi takomillashtirib boorish va subyektning kasbiy sohada o’zini namoyon qilish ehtiyojlari eng yetakchi ehtiyojlar sirasiga kiradi2.
Kompetentlik rivojlanishida o’zgalar hatti-harakatini kuzatish natijasida yuzaga keladigan modellashtirish, taqlid, identifikatsiya singari mexanizmlarning rolini ta’kidlash zarur. Shu tariqa o’qituvchi muayyan kompetentlikka ega shaxs sifatida o’quvchilarda yuqorida nomlari zikr etilgan mexanizmlarning ishga tushushi uchun katalizator, sababchi rolini o’ynashi maqsadga muvofiqdir. Natijada kompetentlikni namoyish qilayotgan shaxsga o’xshashga intilayotgan o’quvchilar soni oshib boradi, ularning faolligi kuchayadi.
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, o’qituvchining ilmiy-pedagogik jihatdan salohiyatini takomillashtirishga intilishi kasbiy-pedagogik madaniyat va malakasining maqsadga muvofiq ravishda, o’z muddatida oshirilishiga turtki beradi3.
Bola, o’quvchi shaxsi o’qituvchi uchun, ta’bir joiz bo’lsa, o’ziga xos “tajriba maydoni” sifatida zohir bo’ladi. O’qituvchi aynan o’quvchida o’z ta’sir usullarining samaradorligini, ssenariylari, prognostic modellarining qanchalik hayotiyligini sinab ko’radi. Kattalarning bola bilan muloqoti samaradorligini ta’minlaydigan bunday tajribaviy faoliyati natijaviyligi ko’p hollarda psixologik kompetentlik darajasiga bog’liq bo’ladi.
O’qituvchining o’z kompetentlik darajasini namoyon qilishidan tashqari, muayyan o’quvchida shakllantiriladigan kompetentlik uchun tanlaydigan vositalari, rag’batlantirish usullari, pedagogik tizimi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’pincha o’qituvchi bolalarda kompetentlikni tarkib toptirish, rivojlantirishga e’tibor qaratish barobarida o’zini noo’rin, noadekvat hatti-harakatlarni amalga oshirganini sezmay qoladi. Bu esa bola xulq-atvorida quyidagi salbiy natijalarning namoyon bo’lishiga olib kelishi mumkin:

  • kattalarni kompetentli shaxs, hamkor sifatida idrok etmaslik;

  • kompetentli hayot tarsi qadriyatlarini tan olmaslik;

  • kompetentliksiz bilan maqtanish, quruq chiranish;

  • kompetentli shaxslarga nisbatan tajovuskorlikni namoyon etish;

  • samarasiz ko’rinishdan qo’rqish, shu bilan birga, yordam so’rashdan cho’chish;

  • o’zgalarning tajriba va bilimlarini, shuningdek, ularning ko’nikmalarini inkor etish.

O’qituvchilarda kompetentlikni shakllantirish masalasi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar, konsultativ va korreksion – rivojlantiruvchi amaliyot natijalariga ko’ra, yuqorida sanab o’tilgan kabi holatlar kattalarni muayyan interaktiv xatoliklari tufayli sodir bo’ladi. Ular quyidagilar:

  • bolaga, o’quvchiga “yuqoridan” munosabatda bo’lish;

  • o’qituvchining o’z kompetentligini mutloqlashtirishi;

  • o’quvchilarning yosh va individual-psixlogik xususiyatlarini inobatga olmaslik, pisand qilmaslik;

  • bola bilan konstruktiv munosabatlarni yo’lga qo’yish mumkinligiga ishonmaslik;

  • o’quvchini qo’llab-quvvatlash va unga yordam berishni eplay olmaslik;

  • bolaga nisbatan psixologik hamkorlik, tenglik pozitsiyasiga o’tishni uddalay olmaslik;

  • kompetentlikni egallash borasidagi talablarni tegishli mashqlarni o’zlashtirish imkoniyatini bermasdan turib, ilgari surish.

O’qituvchining kasbiy kompetentsiyaga ega mutaxassis sifatida shakllanishi, eng avvalo, professional jamoada mazkur jarayon refleksiyasini o’zlashtirgach, amalga oshadi. kompetentlik ikki yo'nalishda rivojlanadi:

  • psixologik madaniyatni va psixologik amaliyotning madaniy-tarixiy belgilari tizimini o’zlashtirish;

  • o’ta betartib yoki yangi tajribalarni o’zlashtirish muhitida konstruktiv harakat qilish malaka, ko’nikmalarini rivojlantirib borish.

Albatta, bunday taraqqiyot negizida muayyan darajada shakllangan refleksiv tajriba, prognostik xususiyatlar, psixologik konstruktivlik yotadi. Kasbiy professional psixologik kompetentlikning shakllanishini tadqiq etish tajribasi mazkur jarayon bosqichlarini subyekt darajasida tasavvur etishga imkon beradi.
Dastlab, psixologik savodxonlik qadriyat sifatida qabul qilinishi lozim, bu esa psixologik ma’lumotlarni idrok qilish, o’zlashtirishga nisbatan shaxs ichki imkoniyatlarining safarbar etilishiga olib keladi. Keying qadam insonning o’zini muayyan bilimga va bu bilimlarni zarur paytlarda qo’llash salohiyatiga ega mutaxassis sifatida anglashi bilan tavsiflanadi. Undan so’ng biror-bir o’zgarishlarni amalga oshirish zaruriyati va bundan yuzaga keladigan imkoniyat, imtiyoz va qulayliklar xususida fikr yuritiladi. Bu shaxsning tegishli darajada o’zini-o’zi yo’naltirishi, rulantirishiga asos bo’ladi.
Keying bosqichda o’zlashtirilgan psixologik bilimlar mushohda qilinadi va quyidagi algoritmga mos holda tahlil etiladi: pedagogik-psixologik axborot - shaxsiy tajribada qo’llash imkoniyatlari tahlili - turli faoliyat ko’rinishlarida aprobatsiyadan o’tkazish - tajriba refleksiyasi - mashq qilish - kompetentsiyaviy harakat usulini o’zlashtirish.

Download 29.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling