15-Ma’ruza. Qattiq materiallarni maydalash jarayonlari va apparatlari (2 soat) Reja
Download 259.4 Kb. Pdf ko'rish
|
15-Ma’ruza. Qattiq materiallarni maydalash jarayonlari va apparatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.1. Xom ashyoni maydalash usullari
- Sindirish
15-Ma’ruza. Qattiq materiallarni maydalash jarayonlari va apparatlari (2 soat) Reja: 15.1. Xom ashyoni maydalash usullari 15.2. Maydalash mashinalarining umumiy tasnifi Tayanch iboralar: maydalash, maydalash darajasi, diametri, fraksiya, sheben, shag‘al, qum, o‘lchamlari, jag‘li, konusli, valikli, zarbli, barabanli, o‘rta yurar mayatnikli, tegirmon, zarbli tegirmon. 15.1. Xom ashyoni maydalash usullari Maydalash deb - qattiq material donalarining boshlang‘ich o‘lchamini navbatma - navbat talab qilingan o‘lchamgacha kamaytirish jarayoniga aytiladi. Maydalash jarayonining quyidagi ko‘rinishlari mavjud: • yirik - ... 100350 mm • mayda - ... 0,10,05 mm • o‘ta mayda - ... 0,05 mm dan kichik. Materialni maydalash jarayoni 2 ta ketma-ketlikdan iborat. Maydalash va tuyish. Maydalash jarayoni o‘z navbatida berilgan tog‘ jinslarini boshlang‘ich o‘lchamiga nisbatan, yirik, o‘rtacha vam ayda maydalash ko‘rinishlariga bo‘linadi. Materiallarning maydalashni quyidagi usullari mavjud (3.1-rasm). Tuyish jarayoni esa dag‘al, Mayin va o‘ta Mayin ko‘rinishga ega. 1. Siqish (15.1-rasm, a). Material donalarini siqish yo‘li bilan maydalash ikki tomondan ma’lum bir yuza orqali asta-sekinlik bilan bosimni ortirish natijasida hosil qilinadi. 2. Zarb (15.1-rasm, b). Material donalariga bolg‘a yoki urgichlar yordamida katta tezlikda zarb berilib maydalanadi. 3. Kesish (15.1-rasm, v). Material donalari ikki tomondan o‘tkir qirrali maxsus pichoqlar yordamida kesib maydalanadi. 4. Sindirish (15.1rasm, g). Material donalari maxsus tayanchlarga o‘rnatilib, maxsus moslamalar yordamida kuch berilib maydalanadi. 5. Sidirish (15.1-rasm, d). Material donalari bir-biriga qarama-qarshi xarakatlanayotgan yuzalar orasida hosil bo‘lgan ishqalanish kuchi hisobga maydalanadi. Maydalash jarayonining samaradorligini aniqlash uchun maydalash darajasi tushunchasi ishlatiladi. 15.1-rasm. Materiallarning maydalashni usullari a-siqish; v-kesish; d-sidirish; b-zarb; g - sindirish. Berilgan material o‘rtaga o‘lchamini maydalangan material o‘rtaga o‘lchamiga nisbati maydalash darajasi deyiladi va quyidagicha aniqlanadi. i D d УР УР = (15.1) Maydalash jarayoni maydalanuvchi material donalarining yirikligi bilan xarakterlanadi. Bu bo‘laklarning yoki donalarning yirikligi to‘g‘ri chiziqli o‘lchamda quydagicha belgilanadi: uzunligi – a; eni – b; qalinligi - c Bu uch o‘lchamni umumiy holatda uning diametri bilan xarakterlash mumkin. ya’ni d =(a+b+c)/3 - o‘rtacha arifmetik o‘lcham. d abc = 3 - o‘rtacha geometrik o‘lcham. d b c = + 2 2 Maydalangan bo‘lakning o‘rtacha xarakterli o‘lchamini aniqlash uchun saralovchi g‘alvir yordamida material bir necha fraksiyaga ajratiladi, har bir fraksiyadagi eng katta va eng kichik bo‘lakning o‘rtacha o‘lchami quyidagicha aniqlanadi. d d d y = + max min 2 (15.2) Aralashmadagi bo‘lakning o‘rtacha xarakterli o‘lchami quyidagicha hisoblanadi. d d m d m d m св m m = + 1 1 2 2 100 ........ (15.3) bu erda d 1 , d 2 , d m - sinflarning yoki fraksiyalarning o‘rtacha o‘lchami; m 1 , m 2 ,...m n - berilgan sinflarning foizli miqdori. Qurilish materiallari sanoatida eng ko‘p tarqalgan norudaviy materiallardan sheben, shag‘al, kum. Sheben- tog‘ jinslarini maydalash natijasida olinadi. SHeben o‘lchamlari bo‘yicha quyidagi guruxlarga bo‘linadi. 5-10; 10-20; 20-40; 40-70 mm. SHebenlar uch xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin kubsimon, plastinkisimon va ignasimon. Shag‘al - donador material bo‘lib, yirikligi 3-70 mm li ovalsimon forma ko‘rinishida. Tog‘ jinslarining tabiiy parchalanishidan hosil bo‘ladi. Shag‘al donalari o‘lchamlari 70 - 150 mm bo‘lsa yirik hisoblanadi. Shag‘al qurilish ishlarida quyidagi fraksiyalarga bo‘linadi: 5-10; 10-20; 20-40; 40-70. Qum-qurilish sanoatida foydalanilib quyidagilarga bo‘linadi: tabiiy, boyitilgan, fraksiyalangan va maydalangan. Qumning o‘lchami 0,145 mm ni tashkil qiladi. Download 259.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling