15-Ma’ruza. Qattiq materiallarni maydalash jarayonlari va apparatlari (2 soat) Reja


Download 259.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi259.4 Kb.
#1506812
  1   2   3
Bog'liq
15-Ma’ruza. Qattiq materiallarni maydalash jarayonlari va apparatlari



15-Ma’ruza. Qattiq materiallarni maydalash jarayonlari va apparatlari
(2 soat) 
 
Reja: 
15.1. Xom ashyoni maydalash usullari 
15.2. Maydalash mashinalarining umumiy tasnifi 
 
Tayanch iboralar: maydalash, maydalash darajasi, diametri, fraksiya, sheben, 
shag‘al, qum, o‘lchamlari, jag‘li, konusli, valikli, zarbli, barabanli, o‘rta yurar 
mayatnikli, tegirmon, zarbli tegirmon. 
15.1. Xom ashyoni maydalash usullari 
Maydalash deb - qattiq material donalarining boshlang‘ich o‘lchamini 
navbatma - navbat talab qilingan o‘lchamgacha kamaytirish jarayoniga aytiladi. 
Maydalash jarayonining quyidagi ko‘rinishlari mavjud: 
• yirik - ... 100350 mm
• mayda - ... 0,10,05 mm
• o‘ta mayda - ... 0,05 mm dan kichik. 
Materialni maydalash jarayoni 2 ta ketma-ketlikdan iborat. Maydalash va 
tuyish. 
Maydalash jarayoni o‘z navbatida berilgan tog‘ jinslarini boshlang‘ich 
o‘lchamiga nisbatan, yirik, o‘rtacha vam ayda maydalash ko‘rinishlariga bo‘linadi. 
Materiallarning maydalashni quyidagi usullari mavjud (3.1-rasm). 
Tuyish jarayoni esa dag‘al, Mayin va o‘ta Mayin ko‘rinishga ega. 
1. Siqish (15.1-rasm, a). Material donalarini siqish yo‘li bilan maydalash ikki 
tomondan ma’lum bir yuza orqali asta-sekinlik bilan bosimni ortirish 
natijasida hosil qilinadi. 
2. Zarb (15.1-rasm, b). Material donalariga bolg‘a yoki urgichlar yordamida 
katta tezlikda zarb berilib maydalanadi. 
3. Kesish (15.1-rasm, v). Material donalari ikki tomondan o‘tkir qirrali maxsus 
pichoqlar yordamida kesib maydalanadi. 
4. Sindirish (15.1rasm, g). Material donalari maxsus tayanchlarga o‘rnatilib, 
maxsus moslamalar yordamida kuch berilib maydalanadi. 
5. Sidirish (15.1-rasm, d). Material donalari  bir-biriga qarama-qarshi 
xarakatlanayotgan yuzalar orasida hosil bo‘lgan ishqalanish kuchi hisobga 
maydalanadi. 
Maydalash jarayonining samaradorligini aniqlash uchun maydalash darajasi 
tushunchasi ishlatiladi. 


15.1-rasm. Materiallarning maydalashni usullari 
a-siqish; v-kesish; d-sidirish; b-zarb; g - sindirish. 
Berilgan material o‘rtaga o‘lchamini maydalangan material o‘rtaga o‘lchamiga 
nisbati maydalash darajasi deyiladi va quyidagicha aniqlanadi. 
i
D
d
УР
УР
=
(15.1) 
Maydalash jarayoni maydalanuvchi material donalarining yirikligi bilan 
xarakterlanadi. Bu bo‘laklarning yoki donalarning yirikligi to‘g‘ri chiziqli o‘lchamda 
quydagicha belgilanadi: 
uzunligi – a; eni – b; qalinligi - c 
Bu uch o‘lchamni umumiy holatda uning diametri bilan xarakterlash mumkin.
ya’ni
d =(a+b+c)/3 - o‘rtacha arifmetik o‘lcham.
d
abc
=
3
- o‘rtacha geometrik o‘lcham. 
d
b
c
=
+
2
2
Maydalangan bo‘lakning o‘rtacha xarakterli o‘lchamini aniqlash uchun 
saralovchi g‘alvir yordamida material bir necha fraksiyaga ajratiladi, har bir 
fraksiyadagi eng katta va eng kichik bo‘lakning o‘rtacha o‘lchami quyidagicha 
aniqlanadi. 
d
d
d
y
=
+
max
min
2
(15.2) 
Aralashmadagi bo‘lakning o‘rtacha xarakterli o‘lchami quyidagicha 
hisoblanadi. 
d
d m
d m
d m
св
m
m
=
+
1
1
2
2
100
........
(15.3) 
bu erda d
1
, d
2
, d
m
- sinflarning yoki fraksiyalarning o‘rtacha o‘lchami; 
m
1
, m
2
,...m

- berilgan sinflarning foizli miqdori. 
Qurilish materiallari sanoatida eng ko‘p tarqalgan norudaviy materiallardan 
sheben, shag‘al, kum. 


Sheben- tog‘ jinslarini maydalash natijasida olinadi. SHeben o‘lchamlari 
bo‘yicha quyidagi guruxlarga bo‘linadi. 5-10; 10-20; 20-40; 40-70 mm. SHebenlar 
uch xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin kubsimon, plastinkisimon va ignasimon. 
Shag‘al - donador material bo‘lib, yirikligi 3-70 mm li ovalsimon forma 
ko‘rinishida. Tog‘ jinslarining tabiiy parchalanishidan hosil bo‘ladi. Shag‘al 
donalari o‘lchamlari 70 - 150 mm bo‘lsa yirik hisoblanadi. Shag‘al qurilish ishlarida 
quyidagi fraksiyalarga bo‘linadi: 5-10; 10-20; 20-40; 40-70.
Qum-qurilish sanoatida foydalanilib quyidagilarga bo‘linadi: tabiiy, boyitilgan, 
fraksiyalangan va maydalangan. Qumning o‘lchami 0,145 mm ni tashkil qiladi.

Download 259.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling