15-Ma’ruza. Qattiq materiallarni maydalash jarayonlari va apparatlari (2 soat) Reja


 Maydalash mashinalarining umumiy tasnifi


Download 259.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi259.4 Kb.
#1506812
1   2   3
Bog'liq
15-Ma’ruza. Qattiq materiallarni maydalash jarayonlari va apparatlari

15.2. Maydalash mashinalarining umumiy tasnifi 
Materiallarni maydalash va tuyish uchun mo‘ljallangan mashinalar vazifalari va 
ishlash prinsiplariga ko‘ra quyidagi kuchlar ta’sirida ishlaydi. Siqish (15.2-rasm, a), 
zarb (15.2-rasm, b), kesish (15.2-rasm, v), sindirish (15.2-rasm, g), sidirish (15.2-
rasm, d) va ular quyidagi turlarga bo‘linadi. 
Maydalash mashinalari ishlash prinsipi bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi 
(15.2-rasm). 
Jag‘li - materialni siqish va kesish ta’siri ostida maydalaydi va oz miqdorda 
sidiradi (15.2-rasm, a). 
Konusli -materialni siqish, sindirish orqali maydalaydi (15.2-rasm, b) 
Valikli - siqish va sidirish orqali materialni maydalaydi (15.2-rasm, v). 
Zarbiy maydalagich - bu maydalagichlar ikkiga bo‘linadi (15.2-rasm). g-
bolg‘ali va d - rotorli. Materiallni maydalash zarb orqali va sidirish orqali amalga 
oshiriladi. 
Barabanli - zarb bilan va sidirish orqali tuyadi (15.2-rasm, e). 
O‘rta yurar mayatnikli tegirmon - sidirish va siqish orqali materialni tuyadi 
(15.2-rasm, j). 
Zarbiy tegirmon - zarb orqali materialni tuyadi (15.2-rasm, z). 
Struyali tegirmon - bu tegirmonda material zarb orqali va ishqalanish orqali 
tuyiladi (15.2-rasm, i). 
Materiallarni maydalash va tuyish maydalagichlar va tegirmonlarga xos bo‘lib, 
bu jarayonlar mexanik usulda amalga oshiriladi. Ishchi organlarni maydalanuvchi va 
tuyiluvchi material bilan o‘zaro ta’siri natijasida materiallar maydalanadi va tuyiladi. 
Hozirgi kunda materiallarni maydalash va tuyish uchun yangi usullar ham ishlab 
chiqilmoqda. Masalan, ultrozvukli tebranishlar, tez o‘zgaruvchi yuqori va past 
temperatura, lazer nurlari, yuqori tezlikdagi suv oqimi energiya va boshqalar. 


15.2-rasm. Maydalagichlarning turlari 

Download 259.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling