15-ma’ruza Qoraqalpog‘iston Respublikasi toponimlari Reja


Rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasi oronimlari va gidronimlarida topoterminlarning ulushi


Download 13.41 Kb.
bet2/3
Sana20.10.2023
Hajmi13.41 Kb.
#1711900
1   2   3
Bog'liq
15-ma’ruza Qoraqalpog‘iston Respublikasi toponimlari Reja-fayllar.org

Rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasi oronimlari va gidronimlarida topoterminlarning ulushi


Tog‘ jinslari, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi hamda landshaft xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan joy nomlari. Bu guruhdagi nomlarga avvalo, “qumlik”, “qumli cho‘l” ma’nosidagi Jalg‘izqum, Jindiqum, Javanqum, Oqqum, Oqqumovul kabi toponimlarni kiritish mumkin. Chimboy tumanidagi Egizqum “baland qum tepaligi” (egiz so‘zining “qo‘shaloq”, “juft” ma’nosidan tashqari “baland, yuksak” ma’nolari hambor) degan ma’noda.
Sho‘rxok yerlar so‘r deb yuritiladi, Qoraso‘r nomi shunday joy nomi, taqirli yerlarda Qorataqir nomi hosil bo‘lgan. Qo‘ng‘irot tumanida Surja degan joy nomi bor, uning ma’nosi “sho‘r joy” demakdir.
Qo‘riq, haydalmagan, hosildor yerlarga nisbatan bo‘z yer deyiladi. Shunday yerlardagi kichik ariqlar yoki ovullar Bo‘zsolma, o‘rtacha ariqlar yoki ovullar Bo‘zyop deb yuritiladi.
Qo‘ng‘irot tumanida Boyterak degan joy nomi bor, bu “chinor, muqaddas daraxt” degani, shunday nomli urug‘ ham bor. Kegeyli tumanida esa Tarli nomli quruq o‘zan bo‘lib, uning ma’nosi “tariqli, tariqpoya”, haqiqatdan ham mahalliy aholi tariqni tari deyishadi. Amudaryo tumanidagi Olmazor, Gulzor fitonimlari ham shu hududdagi o‘simliklardan darak beradi. To‘rtko‘l tumanidagi Oqqamish, Paxtaobod, Paxtachi, Nukus tumanidagi Oqterek, Qo‘ng‘irot tumanidagi Almazar (Olmazor), Qoratol, Ellikqal’a tumanidagi Paxtachi, Oqoltin nomlari ham o‘simliklar bilan bog‘liq nomlardir.
Ustyurtning qirlar Qoplonqir deb yuritiladi. Bu yerlarda ilgari chindan ham qoplon bo‘lgan, hozirda esa nomi qolgan xolos. Chimboy tumanida Sazanjap degan ovul bor, bu sazan balig‘i nomi bilan bog‘liq, xalq orasida bu baliq zog‘ora baliq nomi bilan yuritiladi. Mo‘ynoq tumanidagi bir ko‘lning nomi – Suenarim, usach (“mo‘ylovli”) balig‘ini mahalliy aholi suen (suvan, so‘gen) deb atashadi. Arim – qoraqalpoq tilida “pastlik, chuqurlik” degan ma’noni beradi.
Mo‘ynoq va Xo‘jayli tumanlarida Qoraboyli degan joylar bor. Ruscha baklan deb ataluvchi turnaga o‘xshash qush o‘zbekcha qoraboy, qoraqalpoqcha qarabay deyiladi. Bo‘zatov tumanidagi bir tog‘ning nomi Qulontaqir. Bu nom ilgarilari shu atroflarda qulon bo‘lganligidan dalolat beradi. Qulontaqir – qulonlar suv ichadigan ko‘lmak demakdir (jadvalga qarang).

Download 13.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling