15-ma’ruza Qoraqalpog‘iston Respublikasi toponimlari Reja


Download 13.41 Kb.
bet1/3
Sana20.10.2023
Hajmi13.41 Kb.
#1711900
  1   2   3
Bog'liq
15-ma’ruza Qoraqalpog‘iston Respublikasi toponimlari Reja-fayllar.org


15-ma’ruza Qoraqalpog‘iston Respublikasi toponimlari Reja

15-ma’ruza
Qoraqalpog‘iston Respublikasi toponimlari
Reja
  1. Joyning geografik o‘rni, holati va o‘ziga xos xususiyati hamda relyef bilan bog‘liq nomlar


  2. Suv obyektlari bilan bog‘liq nomlar(gidronimlar).


  3. Tog‘ jinslari, tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi hamda landshaft xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan joy nomlari.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimizning shimoli-g‘arbida, Amudaryoning quyi qismida, Orol dengizining janubiy qismida joylashgan. Hududi geografik jihatdan Qizilqumning shimoli-g‘arbiy qismi, Ustyurt platosi va Amudaryo deltasidan iborat. Amudaryodan ko‘pdan-ko‘p kanallar chiqarilgan, kichik-kichik ko‘llar ko‘p, botqoqliklar, changalzorlar, qamishzorlar ko‘p. Qoraqalpog‘iston tabiati o‘ziga xos, bu geografik joy nomlarida ham aks etgan. Qoraqalpog‘istondagi geografik joy nomlari Q.Seytniyazovning ilmiy ishlarida maxsus tadqiq etilgan.



Respublika geografik joy nomlarida joyning geografik o‘rni, holati va o‘ziga xos xususiyati hamda relyef bilan bog‘liq nomlar kam uchraydi.
O‘rtaqal’a, Arnabo‘yi, Yuqoriqishloq, Toryop, Daryobo‘yi (Amudaryo tumani), Qumboskan, Ullibog‘ (To‘rtko‘l tumani) kabi nomlar joyning geografik o‘rni, holati va xususiyatini aks ettiradi. Respublikada oronimlar ko‘p emas, ular ko‘proq tov(tog‘), shungil (chuqur joy, botiq), jar, o‘y (kichik botiq, chuqur joy) kabi terminlar yordamida hosil bo‘lgan: Jumurtov, Oqtov, Po‘rlitov, Tozaqlatov, Qorajar, Qiziljar, Muratshung‘il, Dumaloqo‘y, Mamiro‘y, Tajeno‘y, Qorao‘y, Qorao‘yovul, Qorao‘ysolma kabi.
Xo‘jayli tumanidagi Oqshung‘il ovuli nomi qoraqalpoqcha shung‘il – “chuqurlik”, “botiq”, “daryoning chuqur qismi” degan ma’noni bildiradi.
Suv obyektlari bilan bog‘liq nomlar(gidronimlar). Bu guruhdagi joy nomlari Respublikada ko‘p, zero, Amudaryo va undan chiqarilgan kanallar, ariqlar, kichik ko‘llar serob.
Ko‘llarning ayrimlari kishi ismlari bilan atalgan: Dovutko‘l, Do‘sanko‘l, Zokirko‘l; rangiga qarab nomlangan ko‘llar ham bor: Ko‘kko‘l, Sariko‘l, Qorako‘l, Qoraaydin; suvda uchraydigan qushlarning nomlari bilan atalganlari ham bor: Birqozonko‘l (birqozon – saqoqush), Quvliko‘l (quv – oqqush), Qo‘tonko‘l (qo‘ton – uzun oyoqli suv qushi), O‘yrekko‘l (o‘yrek – o‘rdak); o‘simliklar nomi bilan atalgan ko‘llar: Jekenliaydin (jeken – yakan), Shilimko‘l – (shilim, chilim – qamishga o‘xshash o‘simlik), Qamisliko‘l (qamis – qamish); o‘xshatib qo‘yilgan nomlar: Oltinko‘l (baliqqa boyligi uchun shunday nom berilgan), Gavmisko‘l (katta, ulkan, yirik ko‘l ma’nosida), Maqbalko‘l (baxmalday tovlanib turganligi uchun shunday atalgan) va boshqalar. Bundan tashqari, bir necha oykonimlar tarkibida ham “ko‘l” termini bor: Adayko‘l, Naymanko‘l, Oqko‘l, Turkmanko‘l, Uyg‘urko‘l, Sho‘rko‘l, Qorako‘l, Qo‘ng‘irotko‘l va boshqalar. Ko‘l termini bilan birga aydin (oydin) so‘zi ham ko‘p qo‘llaniladi: Uzunaydin, Uyrekaydin, Qoraaydin va boshqalar.
Qoraqalpog‘iston gidronimlarining ko‘pchiligi xuddi Xorazm viloyati gidronimlariga o‘xshab arna, jap (yap,yop), solma, soy, buloq topoterminlari yordamida hosil bo‘lgan. Masalan, Paxtaarna, Tentekarna, Shuqurariq (Chuqurariq), Yangiariq, Ashibuloq, Sutbuloq, Kanalsag‘a (sag‘a, saqa – kanalning boshi), O‘rjapsag‘a, Uchyapsag‘a, Ko‘ko‘zek (o‘zek – jilg‘a), Moylio‘zek, Qirqo‘zek, Uchsoy, Bo‘zsolma (solma – kichik ariq), Dusenbayjap (jap, yap, yop – o‘rtacha kattalikdagi ariq), Jalpaqjap, Qanlijapovul, Qorajap, Mayyap, Naymanjap, Qumyap va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin (rasmga qarang).
Shumanay tumanidagi Baqanlijap “baqanli urug‘i qazigan ariq, kanal” degan ma’noni beradi.


Download 13.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling