- avtomobillar yordamida yuk va yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan yuridik shaxs.
Avtotransport korxonalarida bajarilgan ishlar (ko‘rsatilgan xizmatlar) - avtotransport yordamida aholiga va yuridik shaxslarga yuk tashish hamda yo‘lovchi tashish bo‘yicha bajarilgan ishlar (ko‘rsatilgan xizmatlar).
Avtotransport korxonasining hisob siyosati – avtotransport korxonasi rahbari tomonidan tanlab olingan buxgalteriya hisobi ob’ektlarini tan olish mezonlari, ular hisobini yuritishga asos bo‘luvchi hujjatlar tizimi, ishchi schyotlar rejasi, boshlang‘ich hujjatlar aylanishi, arxiv ishini tashkil qilish, tovar-moddiy boyliklarni inventarizatsiyasini o‘tkazish jadvali, hisobni yuritishga doir boshqa tartib-qoidalar majmuasi.
MAVZUNI CHUQUR O‘RGANISH UCHUN TAVSIYA ETILADIGAN ME’YORIY-HUQUQIY HUJJATLAR VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
«Transport sohasida alohida faoliyat turlarini litsensiyalashtirish to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida», 2003 yil 21 avgust, № 360-son.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
«O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», 2004 yil 10 mart, 118-son.
BHMS № 1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot. O‘z.R. AV tomonidan
1998 yil 14 avgustda ro‘yxatga olingan, № 474.
Voxidov S.V. va boshqalar. Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi xususiyatlari. - T.: «O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg‘armasi nashriyoti», 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: |