15-Mavzu: Axborot xavfsizligini ta’minlash usullari. Reja


Download 164.42 Kb.
bet2/7
Sana07.04.2023
Hajmi164.42 Kb.
#1340540
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15-mavzu1

Foydalanuvchanlik

  • Ma’lumot, axborot va tizimdan foydalanishning mumkinligi.

  • Ya’ni, ruxsat etilmagan “bajarish” dan himoyalash.

    O’zbekistonda ma’lumotlarni himoyalash chora va tadbirlari standartlari Davlat standartlarida aks ettirilgan. Biroq, Kompaniyalarning axborot xavfsizligi butun bir choralar majmuasi bilan ta’minlanishi zarur, ularning orasida quyidagilar mavjud:

    • ma’muriy;

    • tashkiliy;

    • texnik.

    Ularning barchasi birgalikda qo’llanishi lozim. Himoya tizimi kompaniya xodimlarini boshqarish va nazorat qilishga tayanishi zarur. Texnik xarakterga ega bo’lgan choralarning ahamiyati ham kam emas, biroq ular tashkiliy choralardan ayri holatda mavjud bo’lolmaydi.
    Ma’lumotlarni himoyalashning huquqiy boshqaruvi ma’lumotning mavqei huquqiy himoyalash ob’ekti sifatida bir nechta qonun hujjatlari bilan boshqariladi. Ularning orasida O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risidagi”, “Davlat siri to’g’risidagi”, “Tijorat siri to’g’risidagi” qonunlari, Fuqarolik kodeksi va boshqalar mavjud.
    Faoliyatida quyidagi ma’lumot ob’ektlari paydo bo’ladi:

    • O’z tijorat siri, uning shartnomalaridagi ma’lumotlar, moliyaviy munosabatlar, buxgalteriya ma’lumotlari;

    • mijozlarning va korxona sheriklarining tijorat sirlari, ularning aktivlari, mulki, to’lovlari, amalga oshirilgan to’lov hodisalari haqidagi ma’lumotlar;

    • kompaniya va uning mijozlari xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari, bu ma’lumotlar o’z ichiga ba’zida avtoulovlar, xaydovchilik guvohnomalari, kredit kartochkalari raqamlarini va boshqalarni qamrab oladi;

    • Ma’lumotlarning keng doiradagi shaxslar orasida tarqatilishi kompaniya va uning mijozlariga moliyaviy zarar etkazishi mumkin. Bunday hollarda axboroti mustaqil qiymatga ega bo’lgan aktivga aylanadi. Shuning uchun axborot xavfsizlik xizmatlari mutaxassislari, ma’lumotlarini himoyalash uchun katta kuch sarflashga majbur.

    Ma’lumotlarning umumiy miqyosi ham qog’oz, ham elektron tashuvchilarda saqlanadi. Ushbu ma’lumotlar noqonuniy harakatlar ob’ekti bo’lishi mumkin, shu sababli, ularning saqlanishi jiddiy xavfsizlik choralarini qabul qilishni talab qiladi. Qonunchilik tomonidan himoyalangan ma’lumotlarga noqonuniy ravishda egalik qilish O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 143, 191 va 278 moddalari bilan belgilangan jinoiy harakat hisoblanadi.



    Download 164.42 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling