15-Mavzu: Axborot xavfsizligini ta’minlash usullari. Reja
Download 164,42 Kb.
|
15-mavzu1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.1.Axborot xavfsizligi xaqida tushuncha
15-Mavzu: Axborot xavfsizligini ta’minlash usullari. Reja : 1. Axborot xavfsizligi xaqida tushuncha 2. Kiberxavfsizlik turlari 3. Axborot xavfsizligini ta’minlash chora tadbirlari va ularning turlari 4. Axborot xavfsizligi kontseptsiyasi. 15.1.Axborot xavfsizligi xaqida tushuncha Axborot xavfsizligi nima? Axborot xavfsizligi deb, ma’lumotlarni yo’qotish va o’zgartirishga yo’naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan xar qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi. Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qatiy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi. Kiberxavfsizlik nima? Tarmoq bo’yicha faoliyat yuritayotgan Cisco tashkiloti esa kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif bergan: Kiberxavfsizlik – tizimlarni, tarmoqlarni va dasturlarni raqamli hujumlardan himoyalash amaliyoti. Ushbu kiberxujumlar odatda maxfiy axborotni boshqarish, almashtirish yoki yo’q qilishni; foydalanuvchilardan pul undirishni; yoki normal ish faoliyatini uzub qo’yishni maqsad qiladi. Hozirgi kunda samarali kiberxavfsizlik choralarini amalga oshirish insonlarga qaraganda qurilmalar sonining ko’pligi va buzg’unchilar salohiyatini ortishi natijasida amaliy tomondan murakkablashib bormoqda. Kiberxavfsizlikni fundamental terminlari Konfidentsiallik Tizim ma’lumoti va axborotiga faqat vakolatga ega sub’ektlar foydalanishi mumkinligini ta’minlovchi qoidalar. Mazkur qoidalar axborotni faqat qonuniy foydalanuvchilar tomonidan “o’qilishini” ta’minlaydi. Yaxlitlik (butunlik) Ma’lumotni aniq va ishonchli ekanligiga ishonch hosil qilish. Ya’ni, axborotni ruxsat etilmagan o’zgartirishdan yoki “yozish” dan himoyalash. Download 164,42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling