15-Mavzu: Axborot xavfsizligini ta’minlash usullari
Download 280.53 Kb.
|
Effect Edu mchj xalqaro innovatsion universitet 60410400 Moliya
Eramizning 56-yili. Y.Sezar gallar bilan urush vaqtida shirflashning
almashtirish turini qo‘llagan. Ochiq matn alfaviti ostiga sikl bo‘yicha (Sezarda uchta pozitsiyaga) siljitish orqali shu alfavit yozilgan. Shifrlashda ochiq matndagi alfavitlar, ya’ni yuqori qismda joylashgan harflar quyi qismdagi mos harflar bilan almashtirilgan. Bu turdagi shifrlash Y.Sezargacha ma’lum bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin bunday shifrlash usuli uning nomi bilan yuritiladi. Murakkab almashtirishlar shifri sifatida yunonlar shifri – «Polibiy kvadrati» sanaladi. Alfavit kvadrat jadval ko‘rinishida tasvirlanadi. Shifrlashda ochiq matn harfi jadvaldagi ikkita songa almashtirilgan – mos tushuvchi harfning joylashgan ustun va qator raqamlariga. Alfavitni jadvalda ixtiyoriy tarzda joylashtirish va u orqali qisqa xabarni shifrlash zamonaviy qarashlar nuqtai nazari bo‘yicha ham mustahkam shifrlash hisoblanadi. Bu g‘oya birinchi jahon urushida murakkab shifrlashlarda amalga oshirilgan. V asrda Rim imperiyasining yemirilishi fan va san’at, shular qatorida kriptografiya rivojlanishining to‘xtashiga sabab bo‘ldi. U paytlarda cherkov maxfiy belgilar bilan yozilgan xatni ta’qib qilgan va uni afsungarlik va jodugarlik deb hisoblagan. Chunki ma’lumotlarni shifrlash cherkov tomonidan ularni nazorat qilish imkonini bermas edi. Fransuz rohibi va faylasufi R.Bekon (1214–1294) maxfiy yozuvning yettita tizimini bayon etgan. U davrlarda ko‘pgina shifrlar ilmiy axborotlarni yashirish uchun qo‘lla nilgan. XV asrning ikkinchi yarmi. Vatikanda ishlagan, arxitektor va matematik, shifrlar to‘g‘risidagi kitob muallifi Leon Batista Alberta ikkita konsentrik aylana asosida almashtirish shifrini bayon qilgan. Birinchi aylanaga ochiq matnning alfaviti joylashtirgan bo‘lsa, ikkinchisiga shifrlovchi alfavit yozilgan. Bu shifrlovchi alfavitdagi harflar ketma-ket joylashtirilmagan. Matnda harflarning turli darajada qaytarilish xususiyatini Alberta birinchi bo‘lib shifrni yechish uchun qo‘llagan. Shuningdek, shifrlashning mustahkamligini oshirish uchun boshqa shifrlash tizimlari yordamida qayta shifrlashni taklif etgan. Tarixdan ma’lumki, 1546-yilda Fransiya qiroli Fransisk I fuqarolariga shifrlashni taqiqlovchi farmon e’lon qilgan. Vaholanki, u davrdagi shifrlar oddiy bo‘lishiga qaramay, ularni ochib bo‘lmas edi. Germaniyalik Iogann Tritemiy (1462–1516) kriptografiya bo‘yicha birinchi darsliklardan birini yozgan. «Ave Maria» deb nomlangan ko‘p qiymatli almashtirishli original shifrlashni taklif etgan. Ochiq matnning har bir harfi shifrlovchining tanlovi bo‘yicha bir emas, bir nechta harflarga almashtirilishi mumkin bo‘lgan. Bunda harflar harf yoki so‘zlar bilan shunday almashtirilganki, natijada psevdomatn hosil bo‘lgan. ko‘p qiymatli almashtirish usulidan hozirgi kunda ham foydalaniladi (masalan, ARJ arxivatorida). Italiyalik matematik, mexanik, vrach Djirolamo Kardano (1506–1576) Kardano panjarasi deb nomlangan shifrlash tizimini ixtiro qilgan. Ikkinchi jahon urushi vaqtida Buyuk Britaniya harbiy-dengiz qo‘shinlarining mustahkam shifrlaridan biri shu tizim asosida yaratilgan. Panjaralar chizilgan karton bo‘lagida ixtiyoriy tartibda nomerlangan teshikchalar qilingan. Shifrlangan matnni hosil qilish uchun, karton bo‘lagini qog‘ozni ustiga qo‘yib, kartonning teshiklari bo‘lgan joylariga tanlangan tartibda harflar yozib chiqilgan. Karton olib tashlangandan so‘ng, yozilgan harflarning oralari psevdomazmunli jumlalar bilan to‘ldirilgan, shu orqali shifrlangan xabar yaratilgan. Agar harflar orasidagi masofalar katta bo‘lib, so‘zlar uzunligi kichik bo‘lsa (masalan ingliz tilidagi so‘zlar), yashirish oson amalga oshirilgan. XVI asr. Almashtirish shifrlari matematik Djovanni Batista Port va diplomat Bleza de Vijiner ishlarida o‘z rivojini topdi. Vijiner tizimi u yoki bu ko‘rinishda hozirgi paytda ham qo‘lla nilmoqda. Download 280.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling