15-Mavzu: Axborot xavfsizligini ta’minlash usullari
Download 280.53 Kb.
|
Effect Edu mchj xalqaro innovatsion universitet 60410400 Moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil va natijalar
- “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №1, февраль, 2021 йил. ISSN: 2181-1016
Tadqiqot metodologiyasi
Tadqiqotni olib borishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida faoliyat yurtuvchi iqtisodiy sub’ektlar uchun axborot va kiberxavfsizlikning ta’siri, bu boradagi xorijiy va mahalliy olimlarning ishlari o’rganildi va tahlil qilindi. Maqolada nazariy mushohada, tizimli yondashuv, kuzatish, umumlashtirish, tahlil, sintez kabi usullar samarali qo’llanildi, shuningdek real sektor korxonalari axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash muammolari va ularning echimlari borasida xulosa va takliflar shakllantirilgan. Tahlil va natijalar Raqamli iqtisodiyotning hozirgi sharoitida har bir tashkilot quyidagi savollarni yechgan holda, oʻzida mavjud axborot xavfsizligi darajasini muntazam ravishda baholab turishi kerak boʻladi [7]: 1. Axborotlar himoyasiga yoʻnaltirilgan moliyaviy resurslar tashkilot xodimlar ta’minoti va raqamli texnologiyasi oʻrtasida qanchalik samarali taqsimlangan? Mavjud raqamli texnologiyalar toʻgʻrisida xabardorlik darajasini oshirmasdan yangi xodimni ishga olish tashkilot axborot xavfsizligini oshirishning kam samarali usuli hisoblanadi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar uzluksiz takomillashib bormoqda va bozorda raqobatbardoshlikni saqlash uchun ma’lumotlarni himoya qilish zamonaviy vositalari taqdim etayotgan barcha imkoniyatlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. 2. Axborot xavfsizligini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarning ahamiyati toʻgʻri baholanyaptimi? Ma’lumotlarning axborot xavfsizligi darajasini aniqlash axborot xavfsizligini ta’minlash turli vositalarining qoʻshayotgan hissasini optimal baholashga yordam beradi. 3. Tashkilotda axborotni himoya qilish tizimida zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish uchun sharoit yaratilganmi? Yangi texnologiyadan foydalanishda uni samarali qoʻllanilishi uchun avval rejalashtirilishi va shart-sharoitlar yaratilishi zarur, bu nosozlik va xatoliklar sonini kamaytirib, texnologiyaning ishlash jarayonini yoʻlga qoʻyish xarajatlarini kamaytiradi. 4. Xizmat koʻrsatish yoki ishlarni bajarish zanjirida axborot xavfsizligi qanchalik ratsional ta’minlanadi? Tashkilot ma’lumot almashadigan koʻplab “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №1, февраль, 2021 йил. ISSN: 2181-1016 sheriklar bilan oʻzarohamkorlikda boʻlganligi bois tashqi iqtisodiy sub’ektlarga axborot uzatish xavfsizligini tahlil qilish zarur boʻladi [11]. 5. Tashkilot boshqaruvi axborot xavfsizligini ta’minlash boʻyicha masalalari bilan samarali shugʻullana oladimi? Xavfsizlik masalalarida chora-tadbirlarni amalga oshirishning muvaffaqiyati koʻp jihatdan xodimlarning harakatlarini muvofiqlashtirishga bogʻliq boʻlganligidan tashkilotni boshqarish axborot xavfsizligini shakllantirishning muhim elementi hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, tashkilotning axborot xavfsizligi darajasini oshirish paydo boʻlayotgan tahdidlarni koʻp bosqichli tahlil qilish orqali ta’minlanishi mumkin: 1-bosqich: tahlilni amalga oshirish. Bu bosqichda paydo boʻlayotgan axborot tahdidlarini tahlil qilish asosida tashkilotda qabul qilingan ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash usullarini qayta koʻrib chiqish zarurati aniqlanadi. Qoidaga koʻra, axborotni himoya qilish boʻyicha qisman bajarilayotgan mavjud choralar aniqlanadi va ma’lumotlarni optimal himoya qilish boʻyicha tashkilotning ichki standartlarini ishlab chiqish talab etiladi. 2-bosqich: jarayonlarni boshqarish. Axborot xavfsizligi alohida jarayonlarga ajratiladi, ularning har biri uchun mas’ullik taqsimlanadi. Download 280.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling