№
|
Savol
|
Javob
|
1.
|
Ta`lim-tarbiyaga qanday yondashuvlar mavjud?
|
An‘anaviy yondashuv, tizimli yondashuv, texnologik yondashuv, funktsional, kompleks, faoliyatli yondashuvlar
|
2.
|
An’anaviy yondashuvning asosiy xusussiyati nimada?
|
Uning asosiy xususiyati-o‘qituvchi ma‘lum axborotni, gapirib beradi, tushuntiradi, tinglovchi esa bu blimni xotirasida saqlaydi. “Bilim” tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma‘nosida tushuniladi..
|
3.
|
Tizimli yondashuv mohiyati nima?
|
Tizimli yondashuv, ayniqsa tuzilish- vazifasiga ko‘ra bajariladigan tahlilga juda yaqin. Tizimli tahlilning ob‘ekti yaxlit narsa yoki hodisa (tizim) hisoblanadi, u, birinchidan, ob‘ektning turli qismlarini; ikkinchidan, qismlarning o‘zaro bog‘liqligini; uchinchidan, tizimning chegaralarini va to‘rtinchidan, tizimning atrof-muhit bilan bog‘liqligi, aloqadorligini nazarda tutadi.
|
4.
|
Texnologik yondashuvning ahamiyati nimada?
|
Ta‘lim ishiga texnologik yondoshuv:
-o‘qish-o‘qitish jarayonini o‘zaro uzviy bog‘liq etaplar, fazalar, amallarga ajratish, bo‘lishni;
-ta‘limda mo‘ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan xarakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni;
-loyihalashtirilgan ishlar, amallarni barchasini birdek bajarishni nazarda tutadi.
|
5.
|
Ta`lim-tarbiyaga an’anaviy yondashuvning avzallik va kamchiliklarini ko`rsating
|
Ma’lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma’lum tushunchalarni, fanni o’rganishda foydali
O’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi
Vaqtdan unumli foydalanish
Aniq, ilmiy bilimlarga tayanish
O’quvchilar passiv ishtirokchi bo’lib qoladilar.
O’qituvchining to’la nazorati barcha o’quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi
O’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi
Eslab qolish darajasi hamma o’quvchilarda bir xil bo’lmaganligi sababli, sinf bo’yicha o’zlashtirish darajasi past bo’lib qolishi mumkin.
Mustaqil o’rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi
|
|
Ta`lim-tarbiyaga noan’anaviy yondashuvning avzallik va kamchiliklarini ko`rsating
|
O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi
O’z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi
Tushunchalarni amaliyotda qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi
O’qitish usullarining turli xil ko’rinishlari taklif etilishi
Motivatsiya yuqori darajada bo’lishi
Ko’p vaqt talab etilishi
O’quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi
Juda murakkab mazmundagi material o’rganilayotganda ham o’qituvchi rolining past bo’lishi
“Kuchsiz” o’quvchilar bo’lganligi sababli “kuchli” o’quvchilarning ham past baho olishi
|
7.
|
Ta`limni didaktik loyihalash turlari qaysilar?
|
Didaktik loyihalashning an`anaviy turi. An`anaviy didaktik loyihalash uzoq tarixga ega. U Ya.A. Komenskiy yaratgan ilk darslik (Rasmlarda his qilingan narsalar dunyosi yoki dunyodagi barcha narsalar va hayotagi harakatlarning nomlari va rasmalri) dan tortib, hozirgacha davom etmoqda. Bunday loyihalash bolalarning xotirasiga mo’ljallangan bo’lib, unda ikki narsa - bilimlar tizimi va shu bilimlarga oid ko’nikmalar hisobga olinadi. Tafakkurni rivojlantirish ikkinchi darajada bo’ladi.
Didaktik loyihalashning zamonaviy turi. Pedagogik texnologiya g’oyalari, tamoyillari asosida loyihalashning qator afzalliklari bor. Ammo qator zaif tomonlari ham bor.
Didaktik loyihalashning tamoman yangi, original shakli1 ga ko’ra ta`lim etaloni didaktik loyihalash vositasi sifatida o’rganilib, tahlil qilinadi. Yangi kompleks didaktik loyihalar o’quvchilarning tafakkuri hamda xotirasiga mo’ljallab tuziladi. Ularda o’quvchilarning ijodiy faoliyati ham, kayta eslash faoliyati xam optimal hisobga olinadi.
|
8.
|
Fan va o’quv predmeti farqlarini ko`rsating
|
Ma`lum sohada ma`lumotlar tizimidan iborat jarayon
Ta`lim jarayonida qo`llaniladagan barcha jihozlar
|
9.
|
«Ma`lumot mazmuni va ta`lim mazmuni tushunchalarini solishting
|
«Ma`lumot mazmuni - yoshlarning ma`lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasini mo‘ljallab hozirgi zamon fani, texnikasi, ishlab chiqarishi, fikrlashining umumiy asoslarini didaktik ishlov berish yo‘li bilan tanlangan bilimlar, ko‘nikma- malakalar, ijodiy
faoliyat tajribasi va munosabatlardir»
Ma`lumot mazmuni o‘quv rejalari, dasturlari, predmetlari, darsliklari, qo‘llanmalarida moddiylashtiriladi. Shunga qo‘ra bular ma`lumot mazmunini loyihalash vositalari hisoblanadi.
Ta`lim mazmuni ma`lumot mazmunidan tanlab olinadi. O‘qitish va o‘qish uchun
sinfga olib kiriladigan bilim, ko‘nikma-malaka, ijodiy faoliyat tajribasi, shakllantiriladigan munosbatlarni «ta`lim mazmuni»tushunchasi kontekstida qaraymiz. Quv materiallari, o‘quv elementlari, o‘quv savollari, o‘quv ko‘rsatmalari, o‘quv topshiriklari ta`lim mazmunining shakllari bo‘lib, ularni loyihxalashda topshiriq, savol, muammo, test, mustaqil ish kabilar ta`lim mazmunini loyihalash vositasi bo‘lib hisoblanadi.
|
10.
|
Blum taksonomiyasi nima, qayerda ishlatiladi?
|
Tanqidiy fikrlash, talaba tomonidan olingan va tushunilgan bilimlarni tekshirish, baholash, rivojlantirish va qo'llash jarayoni rivojlanmoqda. Faktlarni eslab qolish va ba'zi g'oyalarni tushunish jarayoni tanqidiy fikrlash uchun zaruriy shartlardan biridir. An'anaviy usullar odatda tushunish jarayonining birinchi bosqichi bilan cheklanadi. Biroq, ishlash va keyingi bosqichlarga o'tish kerak. Tanqidiy fikrlashda ijodiy fikrlashning ko'plab elementlari mavjud. Bloom taksonomiyasi deb nomlangan interaktiv usul kognitiv jarayon darajasini hisobga olgan holda uni qurish metodologiyasini beradi:
|