15-mavzu buyrak va siydik ayiruv yo’llari kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni parvarishi va kuzatish. Glukozuriyani laborator aniqlash uchun peshob yig’ish qoidalari


Download 448.34 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi448.34 Kb.
#245105
Bog'liq
15 mavzu

BUYRAK VA SIYDIK AYIRUV YO’LLARI KASALLIKLARI BILAN KASALLANGAN BEMORLARNI PARVARISHI VA KUZATISH. GLUKOZURIYANI LABORATOR ANIQLASH UCHUN PESHOB YIG’ISH QOIDALARI

HAR 5-10 MINUTDA BUYRAKLARDAN ORGANIZMDAGI HAMMA QON O’TADI. BIR SUTKADA ESA BUYRAKLARDAN JAMI 1000 LITR QON O’TADI

Diurez- yunoncha ,,diureo” siydik ajratmoq, siydik ajratilishi va uning chiqarilish miqdori. Bu kattalarda qabul qilgan suyuqlukning 50-80% I yoki 1-2 litrni tashkil etadi.

Buyrak va siydik yo’llari kasallilari bilan og’rigan bemorlarda bel sohasida shish , dizuriya, og’riq, siydik ajralishini buzilishi , qon bosimini oshishi kabi alomatlar kuzatiladi

Siydikning rangi uroxrom, urobilinga bog’liq bo’lib, och sariqdan qizg’ish-sariqgacha o’zgarib turadi.Siydik rangi qusish, ich ketish, organizmning suvsizlanishida to’q sariq, pollakuriyada siydik suvdek rangsiz, buyrakda tosh siljishidan qizil bo’ladi. O’tkir nefritda ,,go’sht yuvindisi” rangli gematuriya kuzatiladi.

Gematuriya-(grekchada ,,hematos”-qon , ,,top”-siydik) siydikda qon yoki eritrositlarning paydo bo’lishi

Siydik hidi ammiak hidli bo’lsa siydik yo’llarida bakteriyalar tushgan (o’tkir sistit, o’smaning parchalanishi ). Mevali hid diabetic komada ketonlar hisobiga hosil bo’ladi. O’tkir yoqimsiz hid sarimsoq yeganda hosil bo’ladi.

SIYDIK TINIQLIGI 4 XIL BO’LADI: to’liq noto’liq qisman xiralashgan (ba’zan bu norma hisoblanadi) xira ( piyelonefrit, pastki siydik yo’llari infeksiyasi, tuz ajralganda).

Poliuriya-sutkalik 2 l dan ortiq siydik ajratish. Ko’p suv ichganda, homiladorlikda, kuchli stressda, shish, o’tkir nefrit, piyelonefritda, qandli diabed, surunkali buyrak yetishmovchiligida kuzatiladi poliuriya.

Oligouriya-sutkalik siydik 0.5 litrdan kam bo’lishi. Kuyganda, o’tkir, surunkali nefrit, yurak yetishmovchiligi, buyrak zaharlanishi, qorin bo’shlig’i o’smalari va kichik chanoq o’smalarida kuzatiladi.

Anuriya-siydik ajralishi to’xtashi hisobiga siydik pufagiga siydik tushmasligi. Buyrak yetishmovchligi, siydik ayiruv naylarining o’sma bilan to’sib qo’yilishida kuzatiladi

Ishuriya-siydik pufagi to’lganda ham uni tashqariga . Siydik pufagi atoniyasi va siydik yo’llari torayishida kuzatiladi. Bunda jinsiy a’zolarni issiq suv bilan yoki qov usti sohaga grelka qo’yish yoki kateter qo’yish kerak

Nikturiya-tungi diurezning kunduzgisidan ortib ketishi. Turli buyrak xastaliklarida prostata bezi gipertrofiyasi, qandsiz diabedga chalingan bemorlarda asosan keksalarda kuzatiladi.

Enurez-asosan Yoshi kattalar va qariyalarda nikturiyada siydik tuta olmaslik . Prostata bezi adenomasida kuzatiladi

Dizuriya- siydik siydik ajralishining tezlashishi. Sistit , uterit, piyelonefrit, buyrak tuberklozi va siydik yo’li tosh kasalliklarida bo’ladi.


Download 448.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling