15-mavzu. Friksion uzatmalar va variatorlar. Umumiy ma’lumotlar. Uzatmada ishlatiladigan materiallar va dumalash jism­lari ishchi yuzalarining shikastlanish turlari. Friksion uzatmalarni hisoblash. KONUSSIMON Friksion uzatmalarni hisoblash


Friksion uzatmalarning afzalliklariga quyidagilar kiradi


Download 93.9 Kb.
bet3/6
Sana03.12.2023
Hajmi93.9 Kb.
#1800224
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15-MAVZU. FRIKSION UZATMALAR VA VARIATORLAR. UMUMIY MA’LUMOTLAR. (1)

Friksion uzatmalarning afzalliklariga quyidagilar kiradi:

  • Yetaklovchi valning aylana tezliklarini pog‘nasiz o‘zgartirish imkoniyati;

  • O‘ta yuklanishlarda halokatlardan saqlanganligi;

  • Ravon va shovqinsiz ishlashi;

  • Dumalash jismlari (g‘ildirak, rolik, disk) shakllarining oddiyligi.

Kamchiliklari esa tubandagilardan tarkib topgan:

  • Dumalash jismlari, vallar va podshipniklarga tushadigan yuklanishning kattaligi;

  • Ishchi dumalash jismlarini siqish uchun maxsus siquvchi moslamalarning qo‘llanilishi ;

  • Dumalash jismlarining sirpanishi bois uzatishlar sonining doimiy emasligi ;

  • O‘ta yuklanishlarda ishchi yuzalarning shikastlanishi hafvi.

Friksion uzatmalar mashinasozlikda nisbatan kam ishlatiladi. Bunga sabab, ular o‘lchamlarining kattaligi, ishonchsizligi va foydali ish koeffitsientining kichikligidir. Asbobsozlikda esa (spidometrlar, taxo­metrlar,magnitofonlar va boshqalar) shovqinsiz va ravon ishlaganligi uchun nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi.
Variatorlar esa mashinasozlikda va boshqa sohalarda o‘zining munosib o‘rnini topa olgan. Metall qirqish dastgohlari, tikuv va transport mashinalarida ko‘plab ishlatiladi. Friksion uzatmalar 200 kVt gacha quvvatni uzatishda, dumalash jismlarining aylana tezliklari 25 m/s gacha bo‘lganda qulay ishlay oladi. Katta quvvatlar uchun ishqalanish yuzalari katta va ko‘p bo‘lgan maxsus friksion uzatmalar loyihalanadi.


Uzatmada ishlatiladigan materiallar va dumalash jismlari
ishchi yuzalarining shikastlanish turlari
Friksion uzatmalar g‘ildiraklari uchun yuqori ishqalanish koeffitsienti va elastiklik moduli ga ega bo‘lgan materiallar tavsiya etiladi. Bu o‘z navbatida mos holda zarur siqish kuchini , elastik sirpanishni va dumalashdagi yo‘qotishlarni kamaytirishga hizmat qiladi. Bundan tashqari materiallar yeyilishga chidamli hamda namlikni o‘ziga shimdirmasliklari ham lozim.
kabi sharikopodshipnik va legirlangan hamda toblangan po‘latlar, kabi sellyu­loza to‘ldiruvchili friksion plastmassalar, tekstolit, getinaks, fibra, bronza kabi materiallar g‘ildirak uchun ishlatilishi mumkin.
Friksion uzatmalar moyli va moysiz sharoitlarda ishlatilishi mumkin. Moysiz holda ular ishlatilganda yuklanish qobilyati ishqalanish koeffitsi­enti katta bo‘lganligi uchun yuqoriroq bo‘ldi, ammo o‘ta yuklanish chog‘ida kontakt yuzalarning qizishi va shikastlanishi yuz beradi.
Moyli sharoit ishqalanish koeffitsientini kamaytirsada, uzatmaning ish maromini barqarorlashtiradi,umrboqiyligini va ishonchliligini ta'minlaydi. Bu holda ishlash rejimi kontakt – gidrodinamikaviy moylash nazariyasi bilan baholanadi.
Friksion uzatmalarni moylashda maxsus ishqalanish koeffitsientini oshiruvchi moylar, jumladan, Santotrac-50, BTM-1, BTM-2 va boshqa moylar qo‘llaniladi.
Yopiq friksion uzatmalarda to‘liq moylash va abraziv zarracha­lardan muhofaza qilingan ish sharoitlarida toliqishdan uvalanish uchraydi. Siquvchi kuch dumalash jismlarining teginish joylarida davriy ravishda o‘zgaradigan yuqori kontakt kuchlanishlarni hosil qiladi. Bunday yuqori kontakt kuchlanishlarning kattalashuvi va kontakt yuzalarga material dislokatsiyasining jamlanishi hamda chuqurcha­larning paydo bo‘lishi toliqishdan uvalanishga olib keladi.
Toliqishdan uvalanishning oldini olish uchun uzatmaning kontakt mustahkamligi aniqlanadi. Dumalash jismining yuza qattiqligini oshirish kerakli maqsadga yetishtiradi.
Tezkor va kuchli yuklangan friksion uzatmalarning ishchi yuzalarida moy qatlamining yirtilishi oqibatida qadalish yuz berishi mumkin. Bunda dumalash jismlarining teginish joylarida haroratning oshishi, moy pardasining yirtilishi va dumalash jismlarining bevosita ishqalanishi kuzatiladi. Natijada metall yuza zarrachalarining bir-biriga payvandlanishi va keyinchalik ulardan birining yuzadan uzilishi, payvandlangan zarrachalarning ishchi yuzalarini sirpanish yo‘nalishida tirnashi umrboqiylikning va uzatmalar ishonchliligining kamayishiga olib keladi. Qadalishning oldini olish uchun horij moylari, kabi maxsus moylar ishlatiladi.
Ochiq friksion uzatmalarda tezkor yeyilish turli ish jarayonlarida nisbatan ko‘proq uchraydi.
Yuqorida keltirilgan ishchi yuzalarning shikastlanish turlari kontakt kuchlanishlarga bog‘liqdir.



Download 93.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling