Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va
undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o‘ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi
jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat
qilishga majbur bo‘lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng
dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir.
M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid
tizimlashtirilgan(strukturalashtirilgan)ma’lumotlarningnomlangan to‘plamidir.
Ma’lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi.
Ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini engillashtirish maqsadida
ma’lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy
dasturlardan
ajratadi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat vositalarining
murakkab
majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi
ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin.
Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib,
bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox,
FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin.
M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i n i b o sh q a r i sh t i z i m i – bu ma’lumotlar bazasini
yaratish, ularni dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur axborotni topish ishlarini tashkil
etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmui va til vositasidir.
STUDENT faylidagi yozuvlar mantiqiy
tuzilishini tavsifi
Har bir MB jadvali o‘zining birlamchi kalitiga ega bo‘lishi mumkin.
Birlamchi
kalit deganda yozuvlar qaytarilmasligini ta’minlovchi maydon (polya) yoki maydonlar guruhi
tushiniladi. Birlamchi kalit sifatida ishlatiladigan maydon eki maydonlar guruhi, bir xil yozuvga
ega bo‘lmaslik shartini bajarishi kerak. Boshqa maydonlarida bir
xil yozuvlar takrorlanishi
mumkin. Shu sabab ular birlamchi kalit bo‘laolmaydi. Birlamchi kalit qisqa va sonli
maydonlardan tashkil topishi maqsadga muvofiqdir. MB jadvaliga birlamchi
kalitni kiritishdan
maqsad, jadvaldagi ma’lumotlarni izlash, tartiblashtirish va tanlab olishda qulaylikni beradi.
Birlamchi kalit kiritish yoki kiritmaslik foydalanuvchi tamonidan MB jadvali strukturasini
tashkil qilishda aniqlanadi.
Bosh jadval yordamida qaram jadvaldagi mos ma’lumotlarni chaqirishni ta’minlash
uchun qaram jadvalda tashqi kalit tashkil qilinadi. “Bitta-ko‘pga” bog‘lanish holatida tashqi kalit
bosh jadvalda tashkil qilinadi. Birinchi va ikkinchi kalitlarni
aniqlashda MBBT avtomatik
ravishda jadvalda indekslarni quradi.