15-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalaridan Davlat ta’lim standartining mazmuni
Download 27.99 Kb.
|
4-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot texnologiyalari
- Zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari.
Sanoq sistemalari. Axborotlarni ikkilik sanoq sistemasida ifodalash. Ikkilik sanoq sistemasida arifmetik amallar bajarish. Ma’lumotlarning kompyuterda tasvirlanishi. Axborotli jarayonlarning boshqarilishini o’rganish.
Kompyuterlar. Xavfsizlik texnikasi qoidalari. Sanitariya-gigiena talablari. Mantiqiy amallar va sxemalar. Hisoblash texnikasi taraqqiyot davrlarit (mexanik mashinalargacha bo’lgan, mexanik mashinalar, elektromexanik mashinalar, elektron hisoblash mashinalari davri). EHM avlodlari va ularning tavsifi. SHaxsiy kompyuter, uning arxitekturasi. Kompyuter qurilmalari: protsessor, tezkor xotira, doimiy xotira, tashqi xotira (egiluvchan magnit disk, qattiq disk-vinchester, CD, DVD-disk, strimmer, magnit tasma), klaviatura, sichqoncha, nurli pero, rasm plansheti, monitor, disk yurituvchi, printer, skaner, plotter, joystik, registr, trigger, soundblaster, modem, videoproektor, doimiy quvvat manbayi. Axborot texnologiyalari. Dasturiy ta’minot: sistemali dasturlar (operatsion sistema), amaliy dasturlar, uskunaviy dasturlar. Magnit disklar bilan ishlash (fayl, katalog). Foydalanuvchi, interfeys, qobiq dasturlar. Matn muharriri (belgi, so’z, satr, abzas, matn, blok, hujjat). Kompyuter grafikasi (piksel, matritsa, ekran va tasvir imkoniyatlari, tasvir turlari va rang ko’lami, palitra, grafik fayl formatlari) va grafik muharrir. Elektron jadval (satr, ustun, yacheyka, yacheykalar bloki). Obekt, obektning tavsifi, tavsif qiymati. Kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari. Masalani kompyuterda yechish bosqichlari. Model, model turlari (matematik, fizik, biologik), matematik modellashtirish. Algoritm, ijrochi, algoritmning asosiy xossalari (diskretlilik, tushunarlilik, aniqlik, ommaviylik (umumiylik), natijaviylik), algoritmning tasvirlash usullari (so’zlar orqali, formulalar orqali, jadval shaklida, grafik - blok sxema shaklida, dastur shaklida, algoritmik tilda), algoritm turlari (chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi), yordamchi algoritm. Zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari. Informatsion sistemalar. Informatsion sistemalar taraqqiyoti bosqichlari. Lokal va mintaqaviy tarmoqlar. Modem va elektron pochta. Multimedia. Aloqa vositalari va jahon axborot tarmoqlari. Mijozserver texnologiyasi. Lekin, o’tgan vaqt ichida ushbu fan hamma uchun kerakli fan deb kelindi. Hozirda kibernetika sun’iy tafakkur yaratish uslublarini ishlab chiqishda matematik mantiq bilan psixologiya o’rtasidagi o’zaro aloqani, shuningdek axborotlar bilan ishlash uchun XT vositalarini tatbiq etish muommolarini o’rganmoqda. Hozirda Buyuk Britaniya va AQSHda ushbu fanni computer science (XT haqidagi fan), Rossiyada esa informatique (informatika) deb atashadi. Ushbu fan xorijiy davlatlardan bizga O’zbekstonga ham informatika nomi bilan kirib keldi. O’zbekistonda mazkur fanning taraqqiyotida "Kibernetika" ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasining yetuk olimlari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari V.K.Qobulov, M.M.Komilov, F.B.Abutaliev, T.F.Bekmurodov, N.B.Bondarenko va boshqa bir qancha olimlarning hissalari katta bo’ldi. Informatika-axborotlarni olish, saqlash, ishlov berish,uzatish va undan foydalanishni hamma qirralarini o’rganuvchi fandir. Umumiy o’rta ta’limda informatika kursining maqsadi – o’quvchilarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari, ulardan foydalanish jarayonlari puxta va ongli ravishda o’zlashtirish uchun bilim asoslarini berishni ta’minlashdan, ularga o’quv va keyingi ish faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona foydalanish ko’nikma va malakalarini berishdan, shular asosida yangi axborot texnologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo’shadigan hissasi to’g’risida tasavvur hosil qilishdan iborat. Informatika o’rganish o’quvchilarni amaliy faoliyatda qo’llash, o’zoro bog’liq fanlarni o’rganish, ta’limni davom ettirish uchun zarur bo’lgan informatikaga oid aniq bilimlar bilan qurollantiradi. U o’quvchilarning intellektual rivojlanishiga muhim hissa qo’shadi. Download 27.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling