15-Mavzu: Kimyoviy bog’lanish nazariyasi. Kimyoviy bog’lanishning asosiy tavsifi. Kimyoviy bog’lanish va uning turlari


Valent bog’lanishlar metodini quyidagi 2 prinsip orqali tushuntirish


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana06.09.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1673728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
\'15-mavzu

Valent bog’lanishlar metodini quyidagi 2 prinsip orqali tushuntirish 
mumkin. Birinchi printsip: Lokallashgan elektron bulutlari bog‘lani hosil qiladi, 
atom orbitallar bir-birining ustini qoplaydi. Qarama-qarshi spinli elektron 
orbitallari bir-birini qoplaganda yadro orasidagi atom orbitallari orasidagi eng 
yuqori elektron bulut zichligi hosil bo‘lib yadrolar tortishadigan zaryadlar hosil 
qiladi va sistema energiyasi kamayib bog‘ hosil bo‘ladi. 
Ikkinchi printsip: Atom orbitallarining maksimal qoplanishi natijasida bog‘ 
hosil bo‘lishi ya‗ni, yatom orbitallari qancha kuchli bir-birini qoplasa shuncha 
kuchli bog‘lar hosil bo‘ladi. Bog‘dan qaysi atom boshqasini ko‘proq qoplasa shu 
yo‘nalish boylab hosil bo‘ladi.
6
Valent bog‘lanishlar usulining asosiy hollari quyidagilardan iborat: 
1. O‘zaro birikuvchi atomlar orasidagi bog‘, tashqi elektron qavatdagi 
elektronlarda bir qismining umumiy elektron juftlari hosil qilishi natijasida yuzaga 
keladi. Bunda elektronning spinlari antiparallel (↑↓) bo‘lishi kerak va bunday 
elektronning bulutlari bir-birini qoplab o‘zaro birikuvchi atomlar yadrolari 
orasidagi fazoda taqsimlanadi. 
2. O‘zaro birikuvchi 2 atom maydonida juftlashmagan umumiy elektronlar 
zichligi lokallangan, ya‗ni elektronlarning bulutlari bir-birini qoplagan bo‘lishi 
kerak. Bu atomlarni biriktiruvchi (bog‘lovchi) elektron juftlari miqdori, kimyoviy 
bog‘lanishini miqdor birligini yoki uning valentligini bildiradi. 
3. O‘zaro birikuvchi atomlarning orasida elektron juftning hosil bo‘lishida 
faqat juftlashmagan, bitta yacheykani egallagan tok elektronlargina ishtirok etadi. 
Bog‘lanishda ishtirok etmay qoladigan juft elektronlar-ajralmaydigan (ajralmas) 
juft deyiladi. 
6
General chemistry : the essential concepts / Raymond Chang. – 5th ed.(285-290)



4. 2 atomning tok elektronlari o‘zaro bog‘lanib elektron juft hosil qilishlari 
uchun ularning spinlari qarama-qarshi zaryadga ega bo‘lishi kerak, yoki elektronlar 
spinlari albatta antiparallel (↑↓) bo‘lishi kerak. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling