Fizika kafedrasi Bajardi. Yusupjonov Muzaffar Tekshirdi. Toxirov Ulug’bek Spinli elektronika yoki spintronika — zamonaviy fizikaning yetarlicha yosh sohasi boʻlib, kelajakda juda katta amaliy ahamiyatga ega boʻlishi kutilmoq-da. Uning anʼanaviy elektronikadan asosiy farqi shundaki, odatiy elektr tokida zaryadlangan zarralar harakatlanadi. Spinli elektronikada esa faqatgina elektronlarning spinlari harakatlanadi. - Spinli elektronika yoki spintronika — zamonaviy fizikaning yetarlicha yosh sohasi boʻlib, kelajakda juda katta amaliy ahamiyatga ega boʻlishi kutilmoq-da. Uning anʼanaviy elektronikadan asosiy farqi shundaki, odatiy elektr tokida zaryadlangan zarralar harakatlanadi. Spinli elektronikada esa faqatgina elektronlarning spinlari harakatlanadi.
- Spin (xususiy harakat miqdori momenti) — elektronning ichki xarakteristikasi boʻlib, kvant xususiyatiga ega. Spin qiymati elektronning harakatiga bogʻliq emas. Elektron spini quyidagi ikki qiymatlardan faqat bittasini qabul qilishi mumkin: „spin-yuqoriga“ (modda magnitlanganlik yoʻnalishi bilan spin yoʻnalishi mos kelganda) yoki „spin-pastga“ (magnitlanganlik hamda spin yoʻnalishlari qarama-qarshi boʻlganda).
- Elektronning „aylanishi“ hamda uning yuqoriga yoki pastga orientatsiyalanishi kodlashda ishlatiladi. Yaʼni spini yuqoriga yoʻnalgan elektronni mantiqiy „1“, spini pastga yoʻnalgan elektronni mantiqiy „0“ deb qabul qilishga kelishilgan.
- Oxirgi oʻn-oʻn besh yillar ichida kremniydan ishlangan protsessorlar oʻzlarining mumkin boʻlgan eng yuqori chegaralariga yetib keldilar. Bundan ortigʻiga ularning fizik imkoniyatlari dosh bermaydi (oʻta yuqori chastotada juda qattiq qizib ketish yuz berishi mumkin). Shu sababli olimlar va tadqiqotchilar yangi avlod qurilmalarini yaratishga harakat qilmoqdalar. Ushbu yangi avlod qurilmalari kamroq energiya isteʼmol qilishi hamda qizib ketmasligi kerak.
- Spintronik qurilmalarda esa spin aylanishi amalda hech qanday energiya talab qilmaydi, operatsiyalar oraligʻida esa qurilma taʼminot manbaidan uzib qoʻyilishi mumkin. Natijada esa, deyarli issiqlik ajralib chiqmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |