15-Mavzu. Ma’lumotlarning faylli toifasi. Toifali fayllarni dasturlashda qo’llash. Reja


Download 188.5 Kb.
bet1/15
Sana29.12.2021
Hajmi188.5 Kb.
#183776
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5-Ma’ruza. Ma’lumotlarning faylli toifasi. Toifali fayllarni das


15-Mavzu. Ma’lumotlarning faylli toifasi. Toifali fayllarni dasturlashda qo’llash.

Reja

  1. Fayl tushunchasi

  2. Binar fayllar bilan ishlash

  3. Mantiqiy fayllar

  4. Binar fayllarga o’qish va yozish

  5. Matnli fayllar bilan ishlash

  6. Matnli fayllarga o’qish va yozish



Tayanch iboralar: binary fayl, ofstream, fstream, fayllar, mantiqiy fayllar, stаndаrt оqimlаr, sаtrli оqimlаr, fаylli оqimlаr, put, file.eof

Binar fayllar bilan ishlash

Ma`lumotlarni saqlab qo`yish uchun, tashqi xotiraning nomlangan qismiga fayl deyiladi. Bunday fayllar fizik fayllar deyiladi.

Mantiqiy fayllar. Fizik fayllar bilan ishlash uchun, programmalashtirish tillarida maxsus strukturalashgan, toifalangan fayllar kiritilgan. Bunday fayllar mantiqiy (logicheskiy) fayllar deyiladi. Mantiqiy fayllar, hech qanday fizik xotirani band qilmasdan ma`lumotlarning mantiqiy modelini o`zida saqlaydi.

Fizik va mantiqiy fayllar bir - biri bilan fopen funksiyasi orqali bog'lanadi. Fayl bir nechta elementdan tashkil topgan bo`lganligi uchun, faqat fayl ko`rsatkichi ko`rsatayotgan elementga murojaat qilish mumkin. Fayldan o'qish yoki yozish mumkin bo'lgan o'rinni ko'rsatuvhi elementga fayl ko'rsatkichi deyiladi. Fayldan ma'lumot o'qiganda yoki yozganda fayl ko'rsatkichi avtomat ravishda o'qilgan yoki yozilgan bayt miqdoricha siljiydi. Fayl ko'rsatkichini magnitafon galovkasiga o'xshatish mumkin.

Binar fayl - har xil ob'ektlarni ifodalovchi baytlar ketma - ketligidir. Ob'ektlar faylda qanday ketma - ketlikda joylashganini programmaning o'zi aniqlashi lozim.

Fayllar bilan ishlovchi funksiyalardan foydalanish uchun sarlavha faylini programmaga qo'shish kerak bo'ladi.

Fayldan ma'lumotlarni o'qish yoki yozish uchun ochish fopen funksiyasi orqali amalga oshiriladi. FILE * fopen (const char * filename, const char * mode); filename - o'zgaruvchisi char toifasidagi satr bo'lib, faylning to'liq nomini

ko'rsatishi lozim (filename = "D:\Namuna\file\file.txt"). Agar faylning faqat nomi ko'rsatilgan bo'lsa, fayl joriy katalogdan qidiriladi (filename = "file.txt"). mode - o'zgaruvchisi ham char toifasidagi satr bo'lib, faylni qaysi xolatda ochish lozimligini bildiradi.



Download 188.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling